140
•
1. Havolani bosishdan oldin ular qaysi saytga yo‘llashini tekshiring.
Buning uchun havola ustiga sichqoncha kursorini olib boring. Agar sizga bir say-
tga kirish taklif etilayotgan bo‘lsa-yu, havolada boshqa
saytning nomi yozilgan
bo‘lsa, demak bu yerda nimadir bor.
•
2. Shaxsiy ma’lumotlarni kiritishdan oldin brauzerning manzillar qatorini
bir tekshirib ko‘ring. U yerda nimadir shubhali yozuv ko‘rinsa, masalan, odatiy
odnoklassniki.ru o‘rniga odnokashnik.ru yoki vkontakte.ru emas, vkontok-
te.rukabilar yozilgan bo‘lsa, qalbaki saytga kirgan bo‘lasiz.
Bu yerda kiritgan
shaxsiy ma’lmotlaringiz qalloblar qo‘liga tushadi va sizning nomingizdan tanish-
laringizga spamlar, viruslar yuborishda qo‘llanilishi mumkin.
•
3. Pochtangizga, ijtimoiy tarmoqdagi sahifangiz yoki vatsap, m-agent kabi
messenjerlarga keladigan notanish havolalarni bosmang.
Hatto tanish odamlardan
kelgan bo‘lsa ham, juda ehtiyot bo‘ling. Chunki tanishingizning akkaunti buzilgan
bo‘lishi va uning nomidan boshqalar spam tarqatishayotgan bo‘lishlari mumkin.
•
4. Pochtangizga, messenjeringizga kelgan notanish fayllarni ko‘chirmang.
Hatto tanishingiz yuborgan bo‘lsa ham, oldin undan bu nima fayl ekanligini
so‘rab-surishtiring.
•
5. Zamonaviy qidiruv tizimlari va brauzerlar, masalan
Google Chrome, kir-
moqchi bo‘lganingiz saytda viruslar borligi haqida ogohlantiradi. Mana shunday
ogohlantirishga e’tiborli bo‘ling.
•
6. Shubhali reklama bannerlarini bosmang, ayniqsa bir pasda boyib ketishni
taklif qiladigan, o‘ta
manfaatli xizmatlar, bepul servislar taqdim etadigan
reklamalarga umuman yaqinlashmang.
•
7. Saytlar, o‘yinlar va dasturlarni buzish, kodlarini
ochish dasturlari juda
shubhalidir. Noqonuniy xizmat taqdim etayotgan sayt yoki dastur hech qachon toza
bo‘lmaydi. Ularning xizmatidan foydalanaman deb, o‘zingiz qurbonga aylanish-
ingiz turgan gap.
•
8. BitTorrent, DirectConnect va boshqa fayllar almashinuvi tarmoqlaridan
yuklanadigan fayllarga ehtiyot bo‘ling. Ushbu tarmoqlarga fayllar foydalanuvchi-
lar tomonidan yuklangan bo‘lib, ular o‘zlari bilmagan
holda viruslar yuklab
qo‘ygan bo‘lishlari ham mumkin.
•
9. Brauzerlar, ayniqsa Internet Explorerning eski talqinlarini ishlatmang.
Virus yozuvchilar eski talqinlardagi «bag» – nuqsonlarni topib,
ulardan foyda-
lanadilar. Yangi talqinlarda esa nuqsonlar bartaraf etilgan bo‘ladi.
•
10. JavaScriptni o‘chirib qo‘ying. Aksariyat saytlar usiz ham bemalol ish-
layveradi. Mozilla Firefox brauzeridan foydalanadigan bo‘lsangiz, Noscript plagini
yoqib qo‘ying, bu notanish saytlarning skriptlarinigina o‘chirib qo‘yish imkonini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: