Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi arxivshunoslik fanidan ma’ruza matni tuzuvchi: Yakubov Akmal Saydirasulovich


Arxiv muassasalarining ilmiy- tadqiqot va uslubiy ishlari



Download 133,37 Kb.
bet54/63
Sana21.10.2022
Hajmi133,37 Kb.
#854986
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63
Bog'liq
3. ARXIVShUNOSLIK FANIDAN MA’RUZA MATNI

Arxiv muassasalarining ilmiy- tadqiqot va uslubiy ishlari


Arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot ishlari deganda arxiv ishini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar tushuniladi. Arxiv muassasalarida hujjatshunoslik, arxivshunoslik,

arxeografiya, tarix, ko’makchi tarix fanlari va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Hujjatlarni nashr etish hamda arxiv ma’lumotlarini tayyorlash ham ilmiy-tadqiqot ishlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Arxivlarda ilmiy izlanishlar 3 xil yo’nalishda olib boriladi: 1) nazariy tadqiqotlar; 2) amaliy tadqiqotlar; 3) ilmiy ishlanmalar


Nazariy tadqiqotlar hujjatshunoslik, arxivshunoslik, arxeografiya singari fanlarning umumiy masalalariga bag’ishlanadi. Nazariy tadqiqotlar ma’lumot yig’ish, eksperimentlar o’tkazish, ularning natijalarini umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarishdan iboratdir.
Amaliy yo’nalishdagi ilmiy ishlar esa nazariy tadqiqotlarga hamda amaliy tajribaga tayangan holda arxiv muassasalarining konkret ish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.
Amaliy tadqiqotlar aksariyat hollarda ilmiy ishlanmalar yaratish bilan yakunlanadi. Ilmiy ishlanmalar ko’proq uslubiy tavsiyanomalar shaklida yoziladi. Uslubiy tavsiyanomalar arxivshunoslik sohasida olib boriladigan nazariy va amaliy ilmiy tadqiqotlarni hayotga tadbiq etish vositasidir. Uslubiy tavsiyanomalar taxminan quyidagi mavzularda bo’lishi mumkin: «Davlat arxivlari faoliyatining asosiy qoidalari», «Ish yuritishning yagona davlat tizimi» va hokazo.
Bundan tashqari konkret masalalarga bag’ishlangan uslubiy masalalar ham ishlab chiqish mumkin. Masalan, kataloglashtirish, hujjatlarni ekspertiza qilish va hokazo. Yig’majildlarning nomenklaturasi va sistemalashtirishning tarh (sxema) larini ishab chiqish, arxiv haqidagi ilmiy-ma’lumotnoma apparatini yaratish, ma’ruzalar tayyorlash bilan bog’liq ishlar ham uslubiy ishlar qatoriga kiradi.
Muhim vazifalardan biri – bu arxivlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishdir. Bu ish ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, mavzu bilan tanishish, mavzuga oid materiallar yig’ish va ularni tahlil etish, tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish kabi bosqichlarga bo’linadi. Ishning yakuni bo’yicha hisobot yoziladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlari arxivlar qoshidagi ilmiy kengashlarda,

ilmiy-uslubiy kengashlarda, uslubiy kengashlar va ekspert uslubiy komissiyalarida muhokama etiladi. Bu kengashlarning yig’ilishlarida arxiv xodimlaridan tashqari chetdan kelgan mutaxassislar ham ishtirok etishlari mumkin.
Arxiv muassasalarida olib borilgan ilmiy ishlarning asosiy maqsadi – bu arxiv ishi sifatini oshirishdir. Shunday ekan ilmiy izlanishlarning natijalarini tez muddatlarda hayotga tadbiq etish muhimdir. Ilmiy izlanishlarning yakuni bo’yicha yangi davlat standartlari, yangi qoidalar va metodik qo’llanmalar nashr etiladi.



Download 133,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish