Arxeolog-olim Muhammadjon Isomiddinov.
Tarix fanlari doktori, professor Muxammad Hasanovich Isomiddinov 1943
yili Farg’ona viloyatining Farg’ona tumanidagi Qo’chqorchi qishlog’ida tug’ilgan.
1962-yili o’rta maktabni tugatgan. 1963-1968 yy. Farg’ona Davlat
pedagogika institutining tarix-geografiya fakultetida tahsil olgan. O’z faoliyatini
universitetni geografiya fakultetida o’qituvchi, laborant vazifalarida ishlashdan
boshladi.
1971-yildan O’zRFA Arxeologiya institutiga stajer-tadqiqotchi bo’lib ishga
o’tdi. 1973-1978 yy. SSSR FA Arxeologiya instituti Leningrad bwlimida (hozirgi
Moddiy madaniyat instituti) avval stajer-tadqiqotchi, so’ngra aspiranturani o’tadi.
1979 yili «Janubiy Sug’dning antik va o’rta asrlaridagi kulolchilik tarixi»
mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya etdi. 2000-yili «Samarqand
Sug’dida shahar madaniyatining genezisi» mavzuida doktorlik dissertatsiyasini
himoya etdi.
M.X.Isomiddinov rahbarligida Sug’dning Yerqo’rg’on, Afrosiyob va
Ko’ktepa arxeologik yodgorliklarida keng qamrovli arxeologik qazishmalar
o’tkazilgan. Bir necha olamshumul kashfiyotlar qilgan olimlardan biridir.
M.X.Isomiddinov tomonidan bir necha fundamental monografik tadqiqotlar e’lon
etilgan (Isamiddinov M.X., Suleymanov R.X., Erkurgan. Tashkent. 1984). Ayniqsa
M.X.Isomiddinov boshqargan O’zbek-Fransuz qo’shma ekspeditsiyasining
Afrosiyobda va Ko’ktepadagi ilmiy izlanishlari muvaffaqiyatli bo’ldi. Ko’p yillik
izlanishlar samarasi bo’lib yirik monografik tadqiqot «Istoki gorodskoy kulturı
Samarkandskogo Sogda» nashr yuzini ko’rdi. Bu xududdagi shaharsozlik
madaniyati va davlatchilik asoslari haqida yangi fikrlar bildirildi va ushbu
xulosalar ilmiy jamoatchilik tomonidan quvvatlandi. Masalan, Samarqand quyi
qatlamlarini 2750 yilligini, Ko’ktepaning esa «Avesto» davriga borib taqalishi
ilmiy isbot etib berildi.
1985-yili M.X.Isomiddinov bir guruh olimlar bilan urbanizatsiya jarayonlarini
o’rganishdagi katta xizmatlari uchun fan va texnika sohasidagi Abu Rayxon
Beruniy nomidagi Respublika mukofotini olishga muyassar bo’ldi.
2003-yili «Mehnat shuhrat» ordeni bilan mukofotlangan. Bundan tashqari 200
dan ziyod ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya muallifidir. Jahonning ko’plab,
xususan Fransiya, Italiya, Germaniya, Rossiya mamlakatlaridagi ilmiy
anjumanlarida qilgan maruzalari e’tiborga sazovor bo’lgan. Shaharsozlik
madaniyati, davlatchilik munosabatlari, ilk temir va antik davrlari,
hunarmandchilik tarixi bo’yicha yirik taniqli mutaxassis.
Tarix va Arxeologiya institutlari qoshidagidagi tarix fanlari doktori ilmiy
darajasini beruvchi Maxsus Ixtisoslashgan Kengashlar a’zosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |