3.4.Elektron tijorat bozorda raqobat muhitining o'ziga xos
xususiyatlari
32
Elektron tijorat bozori tashkiliy va boshqaruv tuzilishi jihatidan
boshqaruvning tarmoq shakllariga o'xshaydi. Ushbu tuzilmaning o'ziga
xos xususiyati bozor kontragentlari va ular o'rtasida uzoq muddatli
munosabatlarni o'rnatish imkoniyati hisoblanadi va ushbu aloqalar
yuqori
organlar
tomonidan
tartibga
solinmaydi
va
ta'sirini
o'tkazolmaydi.
Belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda makroiqtisodiy
nuqtai nazardan ushbu bozor tuzilishi agentlarga asoslangan yondashuv
asosida ko'rib chiqilishi lozim gegan xulosaga kelish mumkin. Shunday
qilib, Internet-muhitni elektron tijoratni bozori muhitining asosi sifatida
ajratish bilan birga, uning tashkiliy tuzilishi, bozor agentlarining o'zaro
ta'sirining xarakteri, raqobat muhitining xususiyatlari, infratuzilmasi
tahlil qilinishi kerak.
Hozirgi vaqtda "tarmoqli iqtisodiyoti" atamasi keng tarqaldi va u
bozor ishtirokchilari bitta tarmoq hamjamiyatida aloqadorligi va
faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. R.I.Tsvylev fikriga
ko’ra bozor iqtisodiyotida tarmoq xususiyatlarining paydo bo'lishini
jamiyatning global axborotlashtirish, axborot texnologiyalarining
rivojlanishi bilan tavsiflaydi: "... natijada gorizontal aloqalarga
asoslangan tarmoq iqtisodiyoti vujudga keladi”.
Biroq, bizning fikrimizcha, elektr tijorat bozorini quyidagi nuqtai
nazaridan ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
- faoliyati to'liq virtual maydonga o'tkaziladigan kompaniya nuqtai
nazaridan;
- alohida bitimlar amalga oshiriladigan kompaniya nuqtai nazaridan;
- virtual muhitda ishlaydigan mijozlar, sherik firmalar bilan o'zaro
aloqada bo'lgan firma nuqtai nazaridan.
Shunday qilib, elektron tijorat bozorini makro, mesa va mikro
darajalarda o'rganilishi kerak. Shu munosabat bilan elektron tijorat
bozorning
ishlashi
va
rivojlanishini
tashkil
etish
asoslari,
kompaniyalararo tizimi, shuningdek tadbirkorlik faoliyati axborot
muhitiga ko’chirilgan firmaning tashkiliy va boshqaruv tuzilishining
xususiyatlarini ko’rib chiqqanmiz.
Elektron tijorat va kompaniyaning elektron tijorat bozorida
ishlash xususiyatlarini ko’rib chiqishda bozorning boshqa ishtirokchilari
bilan bog’laydigan aloqalar va axborot oqimlaridan ajratib bo’lmaydi.
Kompaniyaning marketing muhiti bo’lib o'ziga xos xususiyatlar
ega Internet muhiti hisoblanadi. Internet muhitini tahlil qilib, undagi
harakat qiluvchu sub’yektlar va tashqi o’zaro aloqlardan tashkil topadir.
33
Elektron tijorat bozorida ishlaydigan kompaniyaning mikromuhiti
to'g'ridan-to'g'ri firma va uning atrofiga tegishli ta’sirlardan iborat
(mijozlariga, raqobatchilar, etkazib beruvchilar va boshqa aloqador
auditoriyasi).Shunday qilib, firma mikromuhitning muhim tarkibiy
qismi raqobatchilik mihit hisoblanadi.
Umumiy qabul qilingan ta'rifga ko'ra, raqobatchilar marketing
tizim sub'ektlari bo’lib, firma tomonidan harakatlari bozorlarni, etkazib
beruvchilarni, vositachilarni tanlashga, assortimentni shakllantirishga,
tovarlarning turlari, marketing faoliyatining butun majmusiga ta'sir
qiladi
Bu firma raqobatbardoshlik muhitni har tomonlama o'rganish
zarurligini taqozo etadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan raqobat mahsulotlarni
eng qulay sharoitlarda sotish uchun ishlab chiqaruvchilar va etkazib
beruvchilar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va kurashning iqtisodiy jarayoni.
Demak, raqobatni bir xil maqsadga erishishdan manfaatdor sub'ektlar
kurashishi deb hisoblash mumkin (iste'molchilarning to’lovga qodir
talabining cheklangan hajmi va boshqalar uchun kurashish).
Elektron tijorat bozorini o'rganish sharoitida, avvalambor,
bozordagi firmalarning to'g'ridan-to'g'ri o'zaro aloqani, ya'ni bozor
raqobatini ko'rib chiqish lozim.
Raqobatning ikkita asosiy usulini ajratish odatiy holdir: narx va
narxsiz. Nazariy tadqiqotlar va tijorat faoliyatini amalga oshirish
amaliyoti shuni ko'rsatadiki, zamonaviy sharoitda tijoratchi o'zi
tomonidan taklif qilingan mahsulotni (xizmatni) "ajratib turish orqali "
va qo'shimcha mijozlarni jalb qilish narxlarning pasayishi yo’li bilan
narxlar raqobati avvalgidek samara bermay qoldi,
Ayni paytda, "yashirin" narxlar raqobatining usullari keng tarqalgan.
Narxsiz raqobat mahsulotning iste’mol qiymatidagi sifat
tushunchasiga asoslanadi. Narxsiz usullarga kompaniyani boshqarish
marketing usullari kiradi, masalan:
- yangi mahsulotni ishlab chiqarish va iste’mol qiymatining undan
yuqori darajaga ko’tarish;
- bozorni har tomonlama o'rganish va marketingni rejalashtirish;
- savdo apparati ishini tashkil etish;
- sotishni rag'batlantirish;
- tashkiliy tuzilmani takomillashtirish;
- aylanma xarajatlarini kamaytirish;
- kredit va moliyalashtirish siyosatini takomillashtirish va boshqalar.
34
Shu nuqtai nazardan, ushbu tadqiqot doirasida, elektron tijorat
bozoriga xos xususiyatlarni ajratish uchun raqobatning turli jihatlarini
ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Shunga qaramasdan elektron
tijorat bozori o'ziga xos noyob xususiyatlarga ega, u raqobat muhitini
tavsiflovchi umumiy xususiyatlarga ega. Ushbu bozorning to'liq tavsifi
uchun raqobatning tabiati va intensivligini baholash uchun mavjud va
mumkin bo'lgan modellar tahlilini o’tkazish lozim.
Mahalliy va xorijiy adabiyotlarda ishlatiladigan raqobatni
tavsiflovchi eng mashhur marketing modeli bu Porterning beshta raqobat
kuchlari modeli hisoblanadi.
M. Porterning tadqiqotlariga ko'ra, bozordagi raqobat holatini
beshta raqobatdosh kuch bilan tavsiflash mumkin:
1. Raqobatdosh sotuvchilar o'rtasidagi raqobat - har bir firma
eng yaxshi o’rinni egallash va raqobatdosh ustunlikdan foyda olish
uchun o'zining raqobatbardosh strategiyasiga amal qiladi.
2. Narx nuqtai nazaridan raqobatbardosh tovarlarni o'rnini bosadigan
tovarlarning raqobati.
3. Yangi raqobatchilar paydo bo'lishi xavfidan kelib chiqadigan
4. Ta'minlovchilarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyati
natijasida paydo bo'lgan raqobatdosh kuchlar va etkazib beruvchilarning
qobiliyatlari.
5. Xaridorlarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari
natijasida paydo bo'lgan.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning raqobatbardosh kurashi nuqtai
nazaridan
elektron tijorat bozori, quyidagi xususiyatlarni ta'kidlash kerak:
- Elektron tijorat bozoridagi firmalar mijozlarning hatti-harakatlarini
o'rganish uchun kuchli vositalarga ega bo’lib, raqobatbardosh
strategiyani yanada oqilona va aniqroq qurish va uni amalga oshirish
yo'llarini ishlab chiqadi.
- strategiyani yangilash muddati sezilarli ravishda qisqarmoqda, bu
raqobatdosh firmalarning katta harakatchanligi va ularning raqiblarining
harakatlariga tezkor javob berish qobiliyatlari bilan bog'liq.
- Garchi an'anaviy tarzda firmalararo raqobat muvaffaqiyatli yoki
zararli bo’lishi mumkinligi uchun etakchi firmalarga "o'z" bozor
segmentini olish uchun haqiqiy imkoniyati "sof" monopolistlar toifasiga
o'tishga imkon bermasdi.
M. Porterning tadqiqotlarida kirish to'siqlaridan biri sifatida
yangi texnologiyalarni rivojlantirish, nou-xau va boshqalar bilan bog'liq
35
qo'shimcha xarajatlarni qayd etadi. Elektron tijorat bozoriga
harakatlanuvchifirmalar uchun bunday xarajatlar qo'shimcha deb
hisobkab bo’lmaydi, chunki ular Internet muhitida biznesni amalga
oshirish imkoniyatlarini belgilaydi.
Ta'minlovchilarning raqobatbardosh ta'siri, asosan, xaridor uchun
ushbu xarajatning tarkibiy qismlarining qanchalik muhimligiga bog'liq
(agar ma'lum bir etkazib beruvchilar guruhining ta'minoti umumiy
xarajatlarning aniq ulushi egallasa, etkazib beruvchilar tomonidan ta'sir
darajasi oshadi).
Elektron tijorat bozoridagi ushbu turdagi raqobatni ajratgan
holda, quyidagilarni ta'kidlash lozim. Biznesni yuritishning yangi
sharoitlarda ta'minlovchining ta’siri amalda hech qanday cheklovlar
(moliyaviy, hududiy va boshqalar) mavjud emasligi sababli ta'siri
kamayadi. Ta'sirni kuchaytiradigan bu omil faqat elektron tijorat
bozoridan tashqarida bitimlarning bir qismini amalga oshiradigan
firmalar (an'anaviy sharoitlarda) uchun hosdir. Ushbu firmalarga
axborot xizmatlari va mahsulotlarini taqdim etadigan firmalar kirmaydi.
Xaridorlar tomonidan tovar / xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga
ta'siri va ularning savdo qilish imkoniyatlari kuchliroq quydagi
holatlarda:
- iste'molchilar soni kam va ular tovarlarni katta miqdorda sotib olishadi;
- iste'mol hajmi sohadagi barcha savdolarning muhim qismini tashkil
etadi;
- tovarlarni bozorga etkazib beradigan sanoat juda ko'p sondan iborat
nisbatan kichik sotuvchilardan tarkib topgan;
- turli sotuvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar nisbatan
yaxshi
standartlashtirilgan va iste'molchilar muqobil haridni osongina
topishlari mumkin, ularning yangi sotuvchiga o'tish narxi deyarli nolga
teng;
- sotib olingan mahsulotlar xaridor tarkibiy qismlarining muhimi
hisoblanmaydi;
Elektron tijorat muhitida mijozni boshqa bozor ishtirokchisiga
o'tkazish imkoniyat omili muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan
kompaniyaning marketing strategiyasi ishlab chiqishi birinchi navbatda
mavjud mijozlarni saqlab qolish va qo'shimcha mijozlarni jalb qilishga
yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bozorda raqobatbardosh vaziyat doimiy
ravishda o'zgarib boradi, shuning uchun kompaniyaning bozordagi
raqobatbardosh o'zgarishlarni muntazam ravishda kuzatib borishi zarur.
36
Faqatgina ushbu sharoitlarda firma raqobatchilarning imkoniyatlarini va
o'z imkoniyatlarini to'g'ri baholashi va maqsadga muvofiq optimal
marketing strategiyasini ishlab chiqishi, o'zlarining raqobatbardosh
ustunliklarini yaratish yoki saqlab qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |