Png (Portable Network Graphics) – tarmoq uchun portativ (ixcham) jumlasidan olingan. Internetda keng qo’llanadi. U gif formati o’rnini egallab bormoqda.
Pdf (ingliz tilida Portable Document Format) – elektron hujjatlar formati degan jumladan olingan. Dastlab poligrafiya mahsulaotlarini elektron ko’rinishda saqlash uchun mo’ljallangan. Kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan hajmi hajmi nisbatan kattaligi, tasvirlash ko’proq vaqt talab qilishi kabi kamchiliklari dolzarb bo’lmay qoldi. Hozirgi paytda keng tarqalgan. Unda matn bilan birga rastr va vektor turidagi tasvirlar ham saqlanadi. Undan tasvirlarni ajratib olsa bo’ladi. Adobe kompaniyasi mahsuloti.
Bu formatlar yordamida tasvirlarni nafaqat PhotoShopda, balki boshqa ilovalarda ham ochish mumkin. PhotoShop bu formatlardan tashqari o’zining bir nechta maxsus formatiga ham ega. Bu formatlar orasida ko’p qo’llaniladigani .psd kengaytmalisidir.
Men bu dastur orqali quyidagi ishlarni amalga oshirdim.Dastlab quyidagi asmlarni photoshop ishchi oynasiga olib kelamiz:
Ularni alohida oynalarga ajratib olamiz. Buning uchun atributlari ko‘rsatilgan lentaning pastki qismidagi fayl nomlarini sichqonchaning chap tugmachasini bosib turgan ozgina pastroqqa tortamiz va qulay o‘lchamga keltiramiz:
Endi bu uchta rasmdan bitta rasm hosil qilamiz. Buning uchun dastlab ikkinchi turgan rasmdan o‘zimizga kerakli qismini qirqib olamiz va Ctrl+sichqonchaning chap tugmasi orqali harakatlantirib birinchi o‘rindagi rasmga joylashtiramiz.
Photoshop dasturida qirqish bir necha usullari mavjud:
1.Uskunalar panelidagi oblast bo‘limi orqali.
2.Lasso bo‘limi orqali. Bu bo‘limda to‘g‘ri chiziqlardan foydalanib qirqamiz. Bu bo‘limda to‘g‘ri chiziqlar orqali, ranglar orqali qirqish usullari mavjud.
3.Videlenie bo‘limi orqali. Bu bo‘limda qulayligi shundaki, unda belgilangan qismni o‘zimiz xoxlagandek kengaytirishimiz yoki toraytirishimiz mumkin.
Rasm birinchi rasm ustiga olib kelganimizda uning o‘lchamlari kata bo‘lishi mumkin.Rasm o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun Ctrl+T ni bosamiz. Keyin o‘lchamni keraklicha o‘zgartiramiz. O‘zgartirish jarayonida SHIFT klavishini bosgan holda sichqonchani harakatlantirsak rasmimiz bir xil o‘lchamda kichiklashadi yoki kattalashadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Ctrl+sichqonchaning chap tugmachasini bossak rasmlarning faqatgina burchaklarini harakatlantirsak bo‘ladi.
H osil bo‘lgan rasmning keraksiz qismini uskunalar panelidagi o‘chirg‘ichdan foydalanib o‘chiramiz. Ластикbo‘limida uch qism bor. Ularning birichisi o‘rnatgan rasmni o‘chiradi, ikkinchisi fonimizni o‘chiradi, uchinchi bo‘limida esa ranglar bo‘yicha o‘chiradi.
Endi uchinchi rasmdan ham foydalanamiz. Uni ham yuqoridagi kabi amallar orqali yuqoridagi rasmga olib kelamiz.
Olmachani ham xuddi qorda turgandek qilib o‘chirg‘ich orqali tahrirlaymiz.
Bizning rasmimiz tayyor bo‘ldi. Uni saqlash uchun fayl menyusiga kiramiz undan soxranit kak bo‘limini tanlaymiz va quyidagi oyna hosil bo‘ladi. Faylimizga nom beramiz va kengaytmasini ham hoxlaganday o‘zgartirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |