To’garak tashkil etuvchi o’qituvchining strukturasi.
Oʻqituvchining kasb faoliyati strukturasi quyidagi algoritm tartibida kelishi mumkin:
1. Tarbiyachilik. 7. Yoʻnaltiruvchi.
2. Tashkilotchilik. 8. Safarbar etuvchi.
3. Kommunikativ. 9. Rivojlantiruvchi.
4. Pertseptiv. 10. Kreativ.
5. Informatsion 11. Gnostik (tadqiqotchilik).
6. Didaktiv.
Pedagogik va psixologik adabiyotlarda oʻqituvchining kasb faoliyati strukturasi uning kasbiy sifatlari yoki kasb qobiliyatlari deb ham sanaladi. Bu struktura asosida oʻqituvchining yuzlab kasb sifatlari va fazilatlari aniqlangan. Jumladan, 200 ga yaqin ijobiy sifatlar, ya`ni qobiliyatlar va 60 dan ortiq salbiy kasb sifatlari oʻrganilgan.
Oʻqituvchining kasb faoliyati strukturasini quyidagicha tavsiflash mumkin.
1. Tarbiyachilik qobiliyati - tarbiyachilik - bu yuksak darajadagi san`at boʻlib, shaxsni ijtimoiy hayot talablariga javob bera olish qobiliyatini bildiradi. Tarbiyachilik qobiliyati shaxsni tarbiyalashga emas, oʻz-oʻzini tarbiyalay olishga yoʻnaltira bilishda qaror topadi. Bugungi tarbiyaning maqsadi ham aynan mustaqil fikrlay oladigan va oʻzini-oʻzi tarbiyalash qobiliyatiga ega boʻlgan shaxslarni shakllantirishga qaratilgan.
2. Tashkilotchipik qobiliyati - ta`lim-tarbiya ishini samarali yoʻlga qoʻyishda oʻqituvchining tashkilotchilik qobiliyati alohida ahamiyatga ega boʻladi. Bunda sinf yoki guruh jamoasini uyushtira olish, har bir oʻquvchi yoki talaba bilan individual shug’ullanish uchun ularni yosh, jins hamda yakka tartibdagi xususiyatlarini bilish, oʻquvchi-talabalarni hohish istaklari, muammolarini eshitish va ularning echimini topishda koʻmaklashish, qoʻshimcha darslar, toʻgaraklar, tarbiyaviy darslar oʻtkazishga oid tegishli shart-sharoitlar yaratish kabi ishlar kiradi.
3. Kommunikativ qobiliyat - "Oʻqituvchi-oʻquvchi", ota-onalar, jamoatchilik, mahalla va boshka tashkilotlar bilan toʻg’ri munosabat hamda kasbiy-madaniy aloqalar oʻrnatishga qaratilgan.
4. Pertseptiv qobiliyat - oʻquvchi va talabaning qalbiga yoʻl topa olish, oʻz navbatida uni qalban his etib, oʻzining oʻrniga qoʻyib koʻra bilish, yoshlarni ruhiyma`naviy olamini oʻrganish, unga ob`ektiv baho berish, bolani psixologik xususiyatini bilgan holda uning kayfiyati, hissiyoti, diqqati va boshqa psixik jarayonlarini oʻrganib borish oʻqituvchining pertseptiv qobiliyatini tashkil etadi.
5. Informatsion qobiliyat - oʻquv-tarbiya jarayonining boshi, ya`ni boshlanishi hisoblanib, oʻqituvchining qanchalik axborot ola bilish qobiliyati, uni atroflicha oʻrganib, tahlil etib, oʻquvchi va talabaning yoshi, ongi, dunyoqarashiga mos ravishda etkazib bera olishida oʻz ifodasini topadi. Bunda qaytar aloqa va uning samaradorligi oʻqituvchining informatsion qobiliyati darajasini belgilaydi.
6. Didaktiv qobiliyat - oʻquvchi va talabani bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini aniqlash, mustaqil fikri, mantiqiy va analitik tafakkuri asosida egallayotgan bilim, koʻnikma va malakalarini oʻrganib borishi, bu jarayonda egallayotgan bilimlar qay darajada koʻnikma va malakalarga aylanayotganligi muhimdir. Oʻqituvchnning yana bir didaktiv qobiliyatiga uning dars jarayonini kuzata bilish va tahlil qila olishi kiradi. Didaktiv qobiliyatning yana bir oʻziga xos xususiyati oʻqituvchining bilimdonligi, zehnining oʻtkirligi, ijodkorlngida koʻrinadi. Didaktiv qobiliyat oʻqituvchining informatsion qobiliyati asosida rivojlanib boradi.
7. Yoʻnaltiruvchi qobiliyat — motivlar va motivatsiya bilan bog’liq boʻlib, erkin fikr, qiziqish, havas, intilish va orzu bilan uyg’un holda boʻladi.
8. Safarbar etuvchi qobiliyat — bugungi davr rivoji va talabidan kelib chiqib, oʻqituvchini iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy va kasbiy-madaniy munosabatlarning naqadar dolzarbligi, echimini kutayotgan muammolarni hal etishning zarurligi, nazariy-metodologik bilimlarni amaliyot darajasiga olib chiqishning oʻta muhimpigini anglab etish bilan bog’liq ravishda hal etiladi.
9. Rivojlantiruvchi qobiliyat — ta`lim-tarbiya rivojining uygunligida amalga oshib, bunda oʻqituvchi oʻquvchini hissiy-irodaviy, didaktiv yoʻnaltiruvchi, safarbar etuvchi, yangilikka intiluvchanlik va ilmiy-ijodkorlik qobiliyatlarini aniq sistemada maqsadli ravishda rivojlantira olish qobiliyati bilan ifodalanadi.
10. Kreativ qobiliyat - bu oʻqituvchining alohida oʻziga xos qobiliyati boʻlib, oʻz ongida yangi tushunchalarni oʻrganish, uni tahlil etishdan boshlanib, yangilikka intilish, oʻz sohasi boʻyicha axborotlarni toʻplash, uni alohida dastur holiga keltirib, ta`lim va tarbiya jarayoniga tatbiq eta olish bilan belgilanadi.
11. Gnostik (tadqiqotchilik) qobiliyat - oʻqituvchining izlanishga, ijodiy mehnatga, ilm-fanga qiziqishga, muammolar echimida maqsad va vazifalar qoʻya bilishga, ahamiyatiga qarab ilmiy-amaliy faktlarni toʻshlay olishga, muayyan ilmiy faraz yechimini topishga, ilmiy tadqiqotchilik ishi bilan shug’ullanishga, ilm asosida bilim berish printsipi asosida faoliyat yuritishga undaydi.
Ta`lim samaradorligini oshirishda sifat nazoratini tashkil etishda oʻqituvchilarning vazifalari. Uzluksiz ta`lim tizimida informatika fanini oʻqitishda ta`lim samaradorligini oshirishda ta`lim mazmuni va sifati nazoratini olib borish muhim ahamiyatga ega. Bunda ta`lim muassasasi rahbariyati va pedagoglari quyidagilarni bilishi zarur:
- boshqaruv mexanizmini ilmiy asosda toʻg’ri tashkil etish;
- ta`limda sifat tushunchasi;
- ta`limda sifat nazoratini tashkil etish;
- ta`lim sifatini belgilovchi omillar;
- sifatni baholash mezonlari;
- sifat nazoratini olib boruvchilar (sifat komissiyasi);
- nazorat monitoningi va uning yuritilishi;
- yakuniy natijalarni baholash va qoʻshimcha tadbirlar belgilash.
Ta`limda sifat - qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning nazorati va baholash boʻyicha olingan natijalarning monitoringi.
Qaysi ta`lim muassasisida boshqaruv mexanizmi ilmiy asosda toʻg’ri tashkil etilgan boʻlsa, ta`lim muassasasi rahbariyatining bosh vazifalaridan biri boʻlgan ta`lim mazmuni va sifat koʻrsatgichlarini oshirishga qaratilgan rejalari aniq maqsadlarga yoʻnaltirilgan boʻlsa, shu ta`lim muassasasida ta`limning sifat nazoratini tashkil etish va uning monitoringini olib borish mexanizmlari ham ishlab chiqilishi lozim. Buning uchun ta`lim muassasasi rahbariyati ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan asosiy vazifalarni ishlab chiqish va ushbu vazifalarning bajarilishi monitoringini olib boorish uchun sifat komissiyasi tuziladi.
Ta`lim sifatini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda ta`lim sifatini baholash mezonlarini ishlab chiqadi va shu mezonlar asosida ta`lim sifatini baholab boradi, duch kelinayotgan muammolar boʻyicha qoʻshimcha tadbirlar belgilaydi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda ta`lim muassasasi rahbariyati va pedagogik jamoasi tomonidan ta`lim sifatini belgilovchi omillar aniqlab olinadi.
Ta`lim sifatini belgilovchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- DTS, oʻvuv reja, oʻquv dasturlar;
- darslik, oʻquv qoʻllanmalar, uslubiy koʻrsatmalar, ularning electron koʻrinishlari, elektron darsliklar;
- oʻqitishning texnik va multimedia vositalari;
- laboratoriya va multimedia jihozlari;
- fan boʻyicha nazariy darslar;
- fan boʻyicha didaktik materiallar;
- oʻqituvchi-pedagoglar;
- oʻquv va pedagogik amaliyoti va hokazo.
Ushbu omillarning bajarilishi yoki mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish uchun ta`lim muassasasi rahbariyati tomonidan ta`limda sifat nazoratini olib boorish uchun ishchi guruhning mantiqiy tizimi ishlab chiqiladi
1-rasm.
Ta`lim sifatini belgilovchi omillarning asosiylaridan biri oʻqituvchi pedagoglardir. Oʻqituvchi-pedagoglarning ta`lim jarayonini sifatli tashkil etishdagi ijodkorligi, izlanuvchanligi, pedagogik mahoratlarini baholab borish va mehnatlariga yarasha moddiy va ma`naviy rag’batlantirib borish ta`lim mazmuni va sifat koʻrsatkichlarini oshirishning asosiy elementlaridan biridir.
Biz yashayotgan bugungi davr ta`lim va tarbiyada ilg’or pedagogik texnologiyalar elementlari hamda tajribalarini joriy etish natijasida ta`lim samaradorligini oshirish bilan xarakterlanadi. Bunda oʻqituvchi-pedagoglar oʻz bilimlarini oshirib, pedagogik texnologiya metodlarini oʻzlashtirib olmoqdalar va ulardan oʻz kasbiy faoliyatida foydalanmoqdalar. Bu borada oʻqiuvchi-pedagoglar oldida quyidagi vazifalar turadi:
- ta`lim maqsadini, vazifasini va mazmunini aniqlash;
- oʻquv materialini ta`lim oluvchining intelektual salohiyatiga, yoshiga moslik darajasini va oʻzlashtirish saviyasini loyihalash;
- turli xil murakkablik darajadagi nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish;
- ta`lim berish natijasi va uning samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish;
- darsda va darsdan tashqari vaqtlarda beriladigan mustaqil ta`lim uchun mustaqil ish topshiriqlarini rejalashtirish, ularning tizimi va mazmunini ishlab chiqish;
- oʻrganiladigan fan boʻyicha ma`lumotlarni modulli bloklarga ajratish;
- oʻqitishni takomillashtirishga ta`limning interfaol usullarini tanlash;
- muammoli va axborotli ta`lim elementlaridan foydalanish va hokazo.
Har bir oʻqituvchi-pedagog dars mashg’ulotlarini olib borishda oʻz faoliyatini tahlil qila olish va shu asosda tegishli xulosa chiqara olishga erishish kerak. Agarda oʻqituvchi oʻz mashg’ulotlarining samaradorligini baholay olmasa, u holda oʻzi yoʻl qoʻygan kamchiliklarni sezmaydi va bu faoliyatda ijodiy yondashuv ham boʻlmaydi.
O’quvchilarga informatika fanini puxta chuqur o’rgatish, ularning bu fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirishda darsdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning bu fanga bo’lgan qiziqishlari va bilimlari mustahkamlanib boradi. Informatika fanini puxta chuqur o’rgatish, ularning bu fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirishda darsdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning bu fanga bo’lgan qiziqishlari va bilimlari mustahkamlanib beradi.
Darsdan tashqari o’quvchilar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning qiziqarli bo’lishi uchun o’quvchilar ijodkorligidan foydalanish yaxshi samara beradi.
Darsdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlarda o’quvchilar ijodkorligini o’stirishda juda ko’p imkoniyat va vositalar mavjud.
Ongli ravishda to’garak ishlari orqali kasb tanlash uchun o’quvchilarning bir qator kasblarni yetarlicha bilishi, bilganda ham ularning o’ziga jalb qiladigan tomonlarini emas, balki qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, o’zining shaxsiy sifatlariga ko’ra tanlangan kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi ish jarayonida o’z malakasini takomillashtirish talab qilinadi.
Bunday ko’nikmalarni bevosita to’garak ishlari orqali shakllantirish, o’quvchilarning biror bir hinarni egallashlarida ko’rsatmalar berish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtga qadar to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish ishlari yetarlicha saviyada olib borilmasligi, ularni kasb-hunar turlari bo’yicha aniq ma’lumotga ega emasligiga olib keladi.
Maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan savol-javob qilinganda shu narsa aniqlandiki, ularning faqat 65% ommaviy kasblarni bilishi to’g’risida ta’kidlagan. O’quvchilarning faqat 25%i to’garaklarga jalb qilingan. Albatta, bu ma’lumotlar har davrda va har xil mintaqalarda ob’ektiv holda turlicha bo’lishi mumkin. Bozor munosabatlari va uzluksiz ta’limga o’tish munosabati bilan umumta’lim maktabi o’quvchi-yoshlarini ongli ravishda to’garak ishlari orqali jamiyat uchun foydali va zarur bo’lgan muayyan mehnat faoliyatiga tayyorlashda yo’garaklar faoliyati yana ham katta rol o’ynaydi.
Mazkur ishda darsdan tashqari mashg’ulotlarni tahlil etish metodikasi, uning maqsadi, turlari hamda ochiq to’garak mashg’ulotlarini tashkil va tahlil etish, shuningdek, nazariy va amaliy mashg’ulotlarni tahlil etishda to’garak rahbarlari tajriba almashishlari, metodistlarning to’garak mashg’ulotlarini tahlil etishdan maqsadlari haqida ma’lumotlar beriladi. O’z ishlarini yanada takomillashtirishlari uchun ma’qul bilimlarini amaliyot davrida qo’llashda ko’nikma hosil qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |