Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Informatikadan to’garak tashkil etuvchining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish



Download 2,57 Mb.
bet15/61
Sana12.07.2022
Hajmi2,57 Mb.
#779167
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Bog'liq
2 5339481197535828357

3. Informatikadan to’garak tashkil etuvchining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish.
Informatika oʻqituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllantirish vositalari.
1-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Pedagogik innovatsiya tamoyillari va uni rivojlantirish mexanizmlari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.
Identiv oʻquv maqsadlari:
1. Pedagogik innovatsiya tamoyillari va uni rivojlantirish mexanizmlari toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar.
2. Pedagogik innovatsiya tamoyillari va uni rivojlantirish mexanizmlari toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
1-asosiy savol bayoni: Pedagogik innovatsiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- ta`lim – tarbiyaning yagona tizimdan iborat ekanligi, undagi uzluksiz ta`lim tizimi va tarkibining yaxlitligi, birligi hamda bir-biri bilan uzviy bog’langanligi;
- ta`lim-tarbiya jarayonini olib borishda optimal variantlarni topishga erishish;
- zamonaviylik, yani ta`lim-tarbiya uslubiyatini zamonaviy fan-texnika yutuqlari bilan boyitib borish;
- ilmiylik, yani ta`lim-tarbiya tizimini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadida uzluksiz ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish;
- moddiy-texnika bazani zamon talabi asosida yaratish, pedagogik jarayonda axborotlashtirish muhitiga e`tibor berish;
- axborot texnologiyalari va texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshiruvchi elektron darslik va oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqish, shuningdek masofaviy ta`lim va “Internet” dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- talabalar bilimini baholashni avtomatlashtirish hamda bilim monitoringini muntazam ravishda nazorat qilib borish va shu kabilar.
Pedagogik innovatsiyani rivojlantirish mexanizmlari:
- ta`lim muassasasida ijodiy muhit yaratish, bu boradagi tadbirkorlik va tashabbuskorlikni qoʻllab-quvvatlash;
- ta`lim innovatsiyalari boʻyicha olib borilayotgan izlanishlarga shart-sharoitlar yaratish va ularning ommaviy tadbig’iga koʻmaklashish;
- ilmiy – izlanuvchanlikni rag’batlantirish, tanlovlar oʻtkazish hamda ularni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
- istiqbolli ishlanmalarni, samarali ta`lim uslublari, shakllari, yoʻllarini uzluksiz ta`lim tizimiga kiritishga koʻmaklashish, yangiliklarni muvofiqlashtirish va toʻplash va shu kabilar.
2-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Pedagogik innovatsiya tamoyillari va uni rivojlantirish mexanizmlari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.
Identiv oʻquv maqsadlari:
1. Pedagogik innovatsiyalarlarni joriy etishda boʻlajak oʻqituvchilarda shakllanadigan
innovatsion xislatlar toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar.
2. Pedagogik innovatsiyalarlarni joriy etishda boʻlajak oʻqituvchilarda shakllanadigan innovatsion xislatlar toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
2-asosiy savol bayoni: Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishning tashkiliy asoslari:
- pedagogik innovatsiyalarni yig’ishda innovatsiyalar boʻyicha aniq ma`lumotlar bazasini tashkil qilish va ta`lim-tarbiya sohasining me`yoriy hujjatlari boʻyicha ma`lumotlar omborini yaratiladi;
- pedagogik innovatsiyani tanlashda quyidagtlarga e`tibor beriladi: pedagogik innovatsiyaning pedagogik samaradorligini muntazam ravishda oʻrganib, tahlil qilib borish; pedagogik innovatsiya boʻyicha tajriba-sinov ishlarini tahlil qilib borish, umumlashtirish. Ommalashtirishlar boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
- pedagogik innovatsiyani joriy qilishda uni joriy etish jarayonini muntazam ravishda kuzatib borish, pedagogik innovatsiyaning rivojlanish mexanizmlariga alohida e`tibor berish va shu kabilar.
Pedagogik innovatsiyadan foydalanishga uslubiy tavsiyalar:
- ta`lim-tarbiya sohasidagi davlat me`yoriy hujjatlariga e`tibor berish;
- pedagogik innovatsiya sohasidagi ma`lumotlarni toʻplash, saqlash, qayta ishlash va uzatishga tayyorlash orqali axborot holiga keltirish;
- pedagogik innovatsiyaning joriy etilishi boʻyicha axborot tizimini yaratish;
- pedagogik innovatsiya boʻyicha kompyuter tarmog’ida saydlar ochish va undan foydalanish koʻlamini kengaytirish va h.k.
Pedagogik innovatsiyalarni joriy etishda boʻlajak oʻqituvchilarda shakllanadigan innovatsion xislatlar:
- talabaning ijodkorligi xislati, bunga talaba oʻzining intellektual qobiliyati hamda muntazam ravishda oʻz ustida ishlashi orqali erishadi;
- talabaning kompyuter savodxonligi va axborot madaniyati yuksakligi xislati;
- talabaning yangilikni joriy etishdagi faoliyatni oxirigacha etkaza olish xislati;
- talabaning innovatsion faoliyatda ilg’or boʻlish xislati;
- talaba shaxsining g’ayrat-shijoatlik xislati;
- etakchi kasbiy pedagogik mahoratga ega boʻla olishlik mahorati.
Bu qayd etilgan pedagogik innovatsiyani ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligini amalga oshirish orqali ta`lim tizimida sezilarli sifat oʻzgarish-lariga va yuqori samaradorlikka erishiladi. Albatta bu zaruriy ketma-ketlikni amalga oshirish borasida keng miqyosda katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi mumkin.
Ta`lim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va qoʻllash yaqin oʻttiz yillik tarixga ega. Bu davrda rivojlangan xorijiy davlatlarda yangi pedagogik texnologiyalar, yangi axborot texnologiyalari ishlab chiqildi. Bu borada respublikamizda ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Samarqand davlat universitetida ham yuqorida qayd etilgan pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligi boʻyicha diqqatga sazovor ishlar qilinmoqda. Jumladan, universitetda “Innovatsion uslublarni yaratish va joriy etish markazi” tashkil etilgan.
Uning tarkibida quyidagi boʻlimlar mavjud:
- innovatsion uslublar ishlab chiqish, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosidagi ilg’or pedpgogik texnologiyalarni va ijodkor oʻqituvchilar ish tajribalarini oʻrganish, ularni toʻplash va ommalashtirish boʻlimi;
- iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi;
- pedagogik innovatsiyalar asosidagi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr qildirish boʻlimi va shu kabilar.
Demak, pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli, koʻp qirrali, murakkab va ijodiy tashkiliy-pedagogik faoliyat boʻlib, uning yordamida ta`lim-tarbiya jarayonining istiqbolli va samarali uslubiyatini yaratish mumkin hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da qayd etilgan raqobatbardosh zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashni kafolatlaydi.



Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish