1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA INFORMATIKA YO’NALISHI
303 - guruh talabasi
Shamsiyev Mehrojiddinning
MA’LUMOTLAR BAZASI TEXNOLOGOYALARI FANIDAN
“Fakultet” mavzusida
KURS ISHI
Tekshirdi:__________________
SAMARQAND – 2021
2
Kirish
Bugungi kunda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
qo‘llamaydigan korxonalar deyarli qolmadi va ulardan aksariyatining hozirgi
vaqtdagi muammosi u yoki bu jarayonlarni avtomatlashtirilmaganligida emas,
balki uzoq muddatli rejalarsiz amalga oshirilgan, ko‘r-ko‘rona avtomatlashtirish
oqibatidir.Hisoblash texnikasi va dasturiy ta'minotni rejasiz xarid qilish, mayda
kompaniyalarda yangilanmaydiga biznes takliflarga buyurtma berilishi va ularning
joriy etilishi, turli bo‘linmalarga joriy etilgan bir vazifani hal etish uchun turli
takliflarning mavjudligi, har xil segmentlangan tarmoqlarni ma'muriylashtirish va
himoyalash muammolari — bularning barchasi turli kompaniyalar axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalar
bo‘linmalari rahbarlari duch keladigan
muammolar jumlasiga kiradi. AKTning rivojlanishi raqamli va matnli axborotga
ishlov berishning barcha texnik vositalarini firma ichidagi yagona axborot tizimiga
birlashtirish imkonini berdi. Bir vaqtning o‘zida hisoblash texnikasi va matnli
axborotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish vositalaridan foydalanishga
asoslangan axborot tizimi eng samarali hisoblanmoqda.Korxona faoliyati
mobaynida ko‘p hajmdagi axborotlarni to‘playdi, ularni tezda qidirib topish esa
ushbu axborot samarali joylashtirilgan va saqlangan taqdirda mumkin bo‘ladi.
Ma'lumotlar bazasi firmaning ishlab chiqarish-sotish bo‘linmalarining xo‘jalik
faoliyatini tavsiflovchi statistik ko‘rsatkichlar majmuini, shuningdek, firma
rivojlanishining holati va tendensiyalariga ta'sir ko‘rsatuvchi barcha omillarga
nisbatan materiallarni o‘z ichiga oladi. Ma'lumotlar bazasi uchun statistik
ko‘rsatkichlar to‘plami puxta ishlab chiqiladi va firmaning faoliyat ko‘rsatishi
natijalari va istiqbollarini chuqur iqtisodiy tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan
ko‘rsatkichlarni qamrab oladi. Odatda ma'lumotlar bazasini shakllantirishda
ma'lumotlarni saqlash va yangilash tizimi to‘g‘risidagi masala ham hal etiladi.
Bugungi kunda elektron hujjat aylanishi axborot taqdim etishning asosiy
usuliga aylandi. Elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish orqali qog‘oz 4
hujjatlar bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan ko‘plab tashkiliy va texnologik
3
cheklovlarni bartaraf etish mumkin. Bu esa hujjatlar bilan ishlash samaradorligi,
boshqarish sifatini oshirish, axborotni ishonchli himoya qilishni ta’minlash
imkonini beradi. Elektron hujjat aylanishi tizimlari nafaqat bitta korxona
miqyosida, balki mamlakat iqtisodiyotining barcha jabhalarida qo‘llanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |