Sinov savollari:
Mashinaga bog’liq tillarga misol keltiring.
Assembler vazifalari nimadan iborat?
Assemblerlash algoritmini tushuntiring.
Tarjimaning ikki bosqichini tahlil qiling.
Yuklovchi nima?
Makroprotsessor ta’rifini bering.
Makroslarga misol bo’ladigan fragmentlarni yozing.
Adabiyotlar
[2], [3], [4], [6], [10], [12]
Ma’ruza № 7
Mavzu: Interfeysni tashkil qilish
Reja:
Interfeys tushunchasi va unga qo’yiladigan talablar
WIMP- interfeyslar
Interfeysni standartlashtirish
Instrumental vositalar
Tayanch iboralar: interfeys, interfeys turlari, muloqotni loyihalash, WIMP-interfeyslar, piktogramma, IBM-standarti, standartlash.
Ma’ruza bayoni
Foydalanuvchi iterfeysi va unga qo’yiladigan talablar.
Ixtiyoriy programma tizimini ikkita kriteriya asosida baholash mumkin. Birinchisi, aniqlik, ya’ni berilgan ma’lumotlar asosida aniq natijalar olish. Ikkinchisi, qulaylik, ya’ni tizim yoki programma bilian ishlash qulayligi. Bu xususiyat asosan tizim bilan foydalanuvchi orasidagi hamkorlik- foydalanuvchi interfeysi bilan xarakterlanadi [4].
Programma ta’minotini yaratishda interfeys elementlarini, ya’ni kiritilishi va chiqarilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar to’plami va ko’rinishini alohida loyihalash maqsadga muvofiq. Muloqot ko’rinishini tabiiy, foydalanuvchiga tushunarli va ixcham tashkil qilinadi.
Agar tizim murakkab iyerarxik strukturaga ega bo’lsa, u holda foydalanuvchi ixtiyoriy paytda strukturaning qaysi bosqichida ishlayotganligini bilishi kerak.
Interfeysga qo’yiladigan talablarning yana bittasi bu adaptatsiya konsepsiyasidir, ya’ni muloqot strukturasini foydalanuvchi talablariga mutobiqlanishi hisoblanadi.
Foydalanuvchi interfeysini loyihalashda muloqotni tasvirlash katta rol o’ynaydi. Bu yerda quyidagi talablar va prinsiplar ishlatiladi.
Ekran maketi. Ekranning (monitorning) pozisiya va formatlar maydoni. Maket muloqotning bir fragmentini akslantiradi.
O’tish turlari yoki holatlar diagrammasi. Har bir holat graf uchlari bilan xarakterlanadi. Uchlar, ya’ni nuqtalar tizimining foydalanuvchiga yoki foydalanuvchining tizimga beradigan ma’lumotlarni bildiradi. Murakkab tizimlarga muloqot to’rlari qismiy to’rlarga ajratiladi.
O’tish to’rlarida ularning uchta turini ajratish mumkin:
Ma’lumotlarning kiritilishini talab qiladigan uchlar;
Ma’lumotlarning kiritilishini talab qilmaydigan uchlar;
Ma’lumotlarning kiritilishi talab qilinadi, ammo boshqaruv doimo hamsoya uchlga uzatiladi.
O’tish shartlari asosan kirish tilida yozilgan fragmentlar yordamida tashkil qilinadi. Ana shu fragmentlarni leksik, sintaktik va semantik tahlil qilish natijasida muloqot sxemasi boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |