O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI
YO’NALISHI
Ma`lumotlar bazasi fanidan
AMALIY MASHG`ULOT
MAVZU: MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlash.
Bajardi: Numonov.S
Tekshirdi: Rashidov.A
SAMARQAND-2020
MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlash.
Bu amaliyot darsimizda biz Open Server (lokal server) dasturi tarkibidagi MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bilan ishlaymiz. Buning uchun eng avvalo Open Server dasturini ishga tushiramiz. Dasturni ishga yurgizganimizdan so’ng masalalar panelida hosil bo’lgan yashil bayroqchani sichqoncha ko’rsatgichi bilan tanlaymiz va hosil bo’lgan 1-rasmdagi oynadan Дополнительно bandini tanlaymiz va hosil bo’lgan qismmenyudan PhpMyAdmin. Natijada quyida 2-rasmda ko’rsatilgan brouzer oynasi hosil bo’ladi. Bu oynadan biz dastur interfeysi tilini o’zgartirishimiz va foydalanuvchi nomi va uning paroli yordamida tizimga kirishimiz mumkin.
Tillar ro’yxatidan o’zbek tilini tanlaymiz va foydalanuvchi darchasiga root deb yozamiz va вперëд tugmasizni bosamiz (odatda Open Server o’rnatilganda foydalanuvchi nomi root va parolsiz bo’ladi). Natijada brouzer oynasida 3-rasmda tasvirlangan oyna hosil bo’ladi:
3-rasm
Bu oynada qizil to’rtburchak ichida ko’rsatilgan sohada ma’lumotlar bazalari nomlari joylashadi. Yashil to’rtburchak ichida joylashgan тема bandi yordamida dastur interfeysi ko’rinishini tanlashimiz mumkin.
O’zbek tilida interfeysdagi bazi so’zlar to’g’ri tarjima qilinmaganligi sababli tilni rus tiliga o’zgartiramiz.
Базы данных menyusini tanlasak quyidagi 4-rasmdagi oyna hosil bo’ladi:
4-rasm
Bu menyu yordamida biz mavjud ma’lumotlar bazasini ko’rishimiz (База данных ustunida), ularni belgilab o’chirishimiz (belgilagandan so’ng belgisini bosish yordamida) yoki bu ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilarning imkoniyatlar chegarasini tahrirlashimiz ( piktogramma yordamida) va yangi ma’lumotlar bazasini yaratishimiz (Создат базу данных darchasiga yangi ma’lumotlar bazasi nomini kiritib Создат tugmasini bosish yordamida) mumkin.
Yangi “Dunyo mamlakatlari” nomli jadval yaratamiz.
Создать tugmasini bosganimizdan so’ng dastur oynasining ma’lumotlar bazalari ro’yxatida Magazin nomli ma’lumotlar bazasi hosil bo’ladi. Uni sichqoncha chap tugmasi yordamida tanlasak quyidagi 5-rasmdagi oyna hosil bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |