Ishni bajarish tartibi:
Reja:
Mavzuning amaliy qisimi.
Interfaol qurilmalar
iSpring dasturi.
Hot Potatoiz dasturi.
O`qituvchi o`quvchilarning bilimini baholaganda uning og`zaki javobini, uy vazifasini qay daraja bajarilganligini, yangi materialni o`rganishdagi faolligini, mustaqil va yozma-amaliy ishlarning qay tariqa bajarishini nazarda tutish lozim. Shuning bilan birga yozuvsiz xaritalarda bajargan ishiga ham vaqti-vaqti bilan baho qo`yish mumkin. O`quvchilarning yozma ishlarini baholashda geografik termin va nomlarning to`g`ri yozilishini (geografik savodxonligini), ishlarning sistemali va bartartib bajarailganligini ham nazarda tutish lozim. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholashda, javobning ijodiy va salbiy tomonlarini o`quvchilarga aniq ko`rsatib berish shart. O`quvchilarning bilimi besh balli sistema bilan baholanadi.
Besh - javob to`liq, to`g`ri, o`quvchi asosiy faktik materiallarni biladi, asosiy ilmiy tushunchalarni egallagan, geografik aloqadorlikni tushunadi va misollar keltiradi; xarita va boshqa ma`lumotlar manbalarning tarkibi va ular bilan ishlashning izchil usullarini biladi; ulardan mustaqil foydalana oladi va xaritalardagi obyektivlarni xatosiz ko`rsatadi. O`quvchilarning, xususan, o`quv masallarini hal etishda ijodiy yodashishi, eng yangi geografik voqealardan xabardorligi rag`batlantiriladi.
To`rt - javob to`liq va to`g`ri, ammo faktlarni ifoda etishda, tunushchalarni aniqlashda, geografik aloqadorlik va xulosalarni tushuntirishda o`qituvchining qo`shimcha savollari asosida osongina to`g`rilash mumkin bo`lgan noaniqliklarga yo`l qo`yadi.
Uch - javob to`g`ri, o`quvchi asosan materialni tushunadi, ammo tushuncha-larni aniq belgilay olmaydi, aloqadorliklarni mustaqil tushuntirishda qiynaladi yoki faktlarni izchillik bilan ifodalay olmaydi.
Ikki – javob noto`g`ri, asosiy faktik materialni, geografik qonuniyatlarni bilmaydi, tushunchalarni belgilashda qo`pol xatolarga yo`l qo`yadi; darslik va xarita bilan ishlay olmaydi.
Bir – og`zaki javob yoki yoki amaliy ish natijasi yo`q. O`quvchilarning bilimini baholashda raqamlardagi, dasturlardan tashqari geografik nomlardagi arzimagan noaniqliklar uchun baho pasaytirilmaydi, statistik jadval, xaritalardagi zarur ma`lumotlardan foydalana olmaganligi uchun esa baho pasaytirilishi mumkin. Chorak bahosi, o`rtacha arifmetik hisob bilan emas, balki barcha baholarning salmog`ini inobatga olib chiqariladi. Bundan o`quvchining og`zaki yoki yozma individual bahosi ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |