Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti amaliy matematika va informatika yo’nalishi


O`QITUVChI ShAXSI VA UNING JAMIYaTDAGI O`RNI



Download 63,7 Kb.
bet2/2
Sana23.07.2022
Hajmi63,7 Kb.
#843910
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish 10

5.O`QITUVChI ShAXSI VA UNING JAMIYaTDAGI O`RNI

1. O`qituvchi kasbining jamiyatimizdagi o`rni.


2. O`qituvchilik kasbini tanlash.
3. O`qituvchining bilimi va pedagogik mahorati.
4. O`qituvchi odobi.
Prezident Islom Karimovning ta’lim-tarbiya, o`qi-tuvchi va murabbiylar, bilim maskanlari to`g’risidagi dono fikrlari mamlakatimizda ta’lim tizimidagi islohotlarga davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifa sifatida qaralayotganidan dalolat beradi. Prezidentning quyidagi fikrlari o`qituvchi va murabbiylarning jamiyatimizdagi mavqyei nihoyatda yuksakligini ko`rsatadi:
«Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo`l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo`lgan yana bir buyuk zot - o`qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.
Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana igu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o`rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o`zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.
Bu yorug’ olamda har bir odam o`zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg’usi bilan yashaydi. Inson o`z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo`lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz»87.
«Muxtasar aytganda, maktab degan ulug’ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o`qituvchi va murabbiylar mehnatini hyech narsa bilan o`lchab, qiyoslab bo`lmaydi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o`ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz. Chindan ham, o`qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o`z o`quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo`tabar zotdir. Ona tilimizda «maktab ko`rgan», «maktab yaratgan» degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o`qituvchi mehnatining davlat va ja­miyat hayotida qanchalik muhim o`rin tutishidan dalolat beradi».
«Biz yurtimizda 1 oktyabr sanasini O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e’lon qilganimizning chuqur ma’nosi bor, albatta.
Bu bayram avvalo o`zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko`z nuri va qalb qo`ri, butun borlig’ini ayamasdan, ma’rifat yo`lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir»88.
Download 63,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish