Samarqand davlat universiteti psixologiya va ishtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 3,39 Mb.
bet123/159
Sana26.07.2021
Hajmi3,39 Mb.
#129712
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   159
Bog'liq
психогенетика

Egizaklar metodi. Egizaklar deyilganda, bir onadan bir vaqtda tug’ilgan farzandlar tushiniladi. Ular paydo bo’lishi bo’yicha monozigot va dizigot xillarga ajraladilar. Odatda, bir zigotadan paydo bo’lgan egizaklar monozigotlar deb nomlanadi.

Zigotaning (yunoncha zigote - tuxum va urug’ xujayralarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan) ilk bor bo’linishida monozigot (yunoncha menos - bitta) egizaklarning rivojlanishi o’aligacha noma’lum bo’lib qolmoqda. Uning genotipga bog’liqligi aniqlanmagan bo’lsada, lekin u sitoplazmatik irsiylanish orqali onadan qizga o’tadi, degan taxminlar bor.

Egizaklarning paydo bo’lishiga onaning yoshi ta’sir ko’rsatish ehtimoli bor. Chunki, ayrim oilalarda onaning yoshi ulg’aygan sari egizaklarning tug’ilish miqdori ortishiga oid ma’lumotlar to’plangan. Ehtimol, onaning yoshini ortishi bilan gonadotropin gormonining ko’payish darajasi yuz berar, bu o’z navbatida poliovulyasiyaga (yunoncha poly – ko’p, ovum - tuxum) sababchi bo’lar. Tabiiydirki, monozigot egizaklar genetik jihatdan o’xshash, hamda bir jinsli, ya’ni o’g’il, yo qiz bolalar bo’ladilar (4-rasm).

Monozigotalarning ayrimlari g’ayri tabiiy ko’rinishda ikki boshli yoki tanasining ma’lum qismi bo’yicha bir-birlari bilan qo’shilgan holda bo’ladilar. 1811 yili Tailandning Siam qishlog’ida tug’ilgan Chang va Eng o’z tanalarini ayrim qismi orqali qo’shilgan bo’lib 63 yil birgalikda xayot kechirdilar. Ular opa-singillarga uylangan bo’lib, Chang 12, Eng 10 bolaning otasi bo’lganlar. 1874 yili Chang o’pka shamollashidan o’lgan bo’lsa. 2 soatdan so’ng soppa-sog’ Eng ham xayotdan ko’z yumgan.




4-rasm. Monozigota egizaklar.
Dizigota egizaklar oilada turli vaqtda tug’ilgan aka-uka opa-singillar kabi bir-birlaridan bir muncha farq qiladilar. Ularnig oiladagi boshqa farzandlardan farqi xomiladorlik va tug’ilgandan keyin bir xil muhit omillari ta’sirida rivojlanishidir. Dizigota bir xil jinsli yoki har xil jinsli bo’lishi mumkin (5-rasm).



5-rasm.Dizigota egizaklar.
Olingan ma’lumotlarga ko’ra, turli xil odamlar populyasiyalarida egizaklarning tug’ilishi bir foizga yaqin bo’lib, uning uchdan bir qismi monozigotdir, uchdan ikki qismi dizigot egizaklarga to’g’ri keladi.

Belgi-xossalarning irsiylanishini o’rganishda egizaklar metodidan foydalanishni dastlab 1816 yili F.Galton boshlab bergan. Keyinchalik bu metod Pol va Simens tomonidan takomillashtirilgan.

Genetik tadqiqotlarda mazkur metodni qo’llash egizaklarning monozigota yoki dizigotaligini (agar ular bir jinsli bo’lsa) aniqlashdan boshlanadi.

Egizaklarning monozigotali yoki dizigotali ekanligini aniqlashda reaksiya normasi ham, monogen yo’l bilan irsiylanadigan belgi-xossalar, chunonchi qosh, burun, quloq suprasi, soch shakllari, teri, ko’z, soch ranglarini egizaklarda qanchalik o’xshash ekanligi ahamiyatli hisoblanadi. Bunday polisimptom (yunoncha poly – ko‘p, sumptomo – belgilar bo‘yicha o‘xshashlik) metodni 1924 yil Simens joriy etgan.

Yuqorida qayd etilgan belgilar bo’yicha o’zaro o’xshashlar monozigota egizaklar, o’xshash bo’lmaganlari esa dizigota egizaklar sanaladi.

Egizaklar juftini saralash ham katta ahamiyatga ega. Genetik tadqiqotlarda o’rganilayotgan belgi-xossalar bo’yicha egizaklar juftida o’zaro konkordantlik (lotincha concordare – o‘xshashlik) va bir-biridan farq qilish diskordantlikni (lotincha discordare - o‘xshashlik) belgilash nihoyatda muhimdir. Har ikki juft egizaklarda konkordantlik koeffisentini aniqlash

S

K =-------------



S + D

formulasi yordamida amalga oshiriladi.

Bunda K - belgining irsiylanish koeffisenti. U foizlar orqali ifodalanadi. S - konkordant juftlar soni D – diskordant juftlar sonini bildiradi.

Agar belgining irsiylanish koeffisenti monozigota egizaklarda yuqori, dizigota egizaklarda past bo’lsa, u holda belgini irsiylanishida irsiy omillar ustunlik qilganligini, mabodo «K» monozigot va dizigot egizaklarda yaqin bo’lsa, unda belgining rivojlanishida tashqi muhit omillari ustunlik qilgan, degan xulosaga kelinadi.




Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish