Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi



Download 167 Kb.
bet10/20
Sana31.12.2021
Hajmi167 Kb.
#218108
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Psixologik xizmat xaqida Nizom 6 bolimdan iborat. Ular:

  1. Umumiy qoidalar.

  2. Psixoprofilaktik ishlar.

  3. Psixodiagnostik ishlar

  4. Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar.

  5. Psixologning maslahat berish ishlari.

  6. Psixologik xizmat xodimlarning mas’uliyati aks etgan.

Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o’z ichiga olgan.

  1. Psixologik xizmat xalq ta’limi va oliy o’rta maxsus ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

  2. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxsning (pedagog, o’quvchi, talaba, ota-ona) manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondoshadi.

  3. Psixologik xizmat mutaxassislari o’z faoliyatilarini tibbiyot xodimlari, defektologik xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balog’atga yetmagan o’smirlar inspeksiyasi, ota-onalar qo’mitasi, ishlab chiqarish jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar.

Amaliyotchi psixologlar o’qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat ta’tili muddati barcha o’qituvchilar bilan barobardir. O’quvchilar soni 500 gacha bo’lgan maktablarda 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Kasb hunar kollejlarida o’quvchilar soni 250 ta bo’lsa, 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Bog’chalarda har 2 bog’chada 1 psixolog ishlashi maqsadga muvofiq6.

Oliy va o’rta maxsus, xalq ta’limi tizimidagi psixologlarning faoliyati, psixologik maslahat va muomalaning ijtimoiy-psixologik faol usullari, psixokorreksion, psixodiagnostik, ijtimoiy, pedagogik, bolalar psixologiyasi sohalari bo’yicha umumpsixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Dunyo miqyosida nazar solganda ham psixologik xizmat tarixi XIX asrga borib taqaladi. Psixologik xizmat AQSh da 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQSh ning birinchi amaliyotchi psixologlari o’z-o’zini tarbiyalash muammosini o’rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot koeffisentini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik «Gaydens» xizmatining rivojlanishiga olib keldi.

Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo’lib, u bu sohada 1894 yildan boshlab ish boshlagan. 1905 yilda Fransiya ta’lim vazirligi Binega umumiy dastur bo’yicha o’qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi.

1990 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970 yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etadi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo’yicha bir mutaxassis, ta’lim psixologiyasi bo’yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo’yicha bir mutaxassisni o’z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o’quvchiga xizmat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabda xizmat qilishi mumkin.

1985 yilda Fransiya pedagog-psixologlarining funksiyalari aniqlab berildi. Pedagog-psixolog shaxsning har tamonlama rivojlanishi uchun qo’lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o’qituvchilarni va ota-onalarni ham jalb etishi mumkin. Pedagog-psixolog o’z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta’kidlangan.

Ko’pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980 yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo’yicha modda maktab to’g’risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog’lom shaxsning o’sishini ta’minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish, kasb tanlash muammolaridir.

Chexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy funksiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir.

Rus psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta’limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya rivojlanayotgan va o’sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarini to’xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to’xtab qoldi. Faqat 60 yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi.

Eston psixologlari «tarbiyasi qiyin» o’smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar. 1984 yilda Moskvada FA psixologiya institutida psixologik xizmat muammolari bo’yicha I umumittifoq anjumani bo’lib o’tadi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat seksiyasi ham ish olib boradi.

Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi. Rahbari X.I. X.Liymets, Yu.L. Serd bo’lib, tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib boradilar. Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi.


Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish