5. Millatlararo munosabatlar tushunchasi va uning tasnifi. Birorta bir etnik birlik boshqa halqlardan mutloqo alohidalangan holatda mavjud bo‘lishi mumkin emas. Amaliy jihatdan har bir etnos u yoki bu darajada o‘zaro aloqalar va boshqa etnoslar bilan madaniy yutuqlarni almashinish uchun ochiq hisoblanadi hamda o‘zining xususiy madaniy yutuqlari va qadriyatlari bilan bo‘lishishga tayyor hisoblanadi. millatlararo munosabatlar etnoslar o‘rtasidagi turli xildagi o‘zaro aloqalardan tashkil topgan bo‘lib, uning ta’sirida o‘zaro ta’sirlashuvchi etnik guruhlar va ularning a’zolarining individual va ijtimoiy tavsiflari o‘zgarishga uchraydi.
Ko‘p sondagi etnomadaniy yo‘nalishda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari guvohlik berishicha, millatlararo aloqalarning tarkibi va xarakteri ko‘p jihatdan uning ishtirokchilari imkoniyatlariga va bir – birini tushuna olishlari, o‘zaro kelishuvga erishishlariga bog‘liq hisoblanadi. Turli xildagi etnik birliklar vakillari o‘zaro munosabatlarda ta’sirlashishlari davomida bir tomondan o‘zlarining xususiy belgilarini va sifatlarini o‘zgartirishi va boshqa tomondan – o‘zaro birgalikda faoliyat ta’siri ostida ularning har birida oldin mavjud bo‘lmagan qandaydir umumiy takrorlanmas xususiyatlar o‘zlashtirilishi amalga oshadi.
Ushbu holatdan kelib chiqqan tarzda, millatlararo munosabatlar ushbu atamaning keng ma’noda tushinilishini ta’minlaydi, bunda uning mazmun – mohiyati ijtimoiy hayotning turli xil sohalarida, jumladan iqtisodiyot, sa’nat, fan va boshqalarda halqlarning o‘zaro aloqalari ko‘rinishida tavsiflanadi, tor ma’noda esa bu tushuncha turli xil etnik mansublikka ega bo‘lgan odamlarning turli xil sohalarda, jumladan mehnat, oilaviy – kundalik turmush, shaxsiyatlararo o‘zaro munosabatlari, muloqotning norasmiy turlari ko‘rinishida belgilanadi.
Etnosotsiologiyada millatlararo munosabatlarni o‘rganishda ikkita daraja o‘zaro farqlanadi, jumladan institutsional va guruhlar o‘rtasidagi, shaxsiyatga oid.137 Institutsional daraja makromuhit – mamlakatdagi ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy sharoitlar xususiyatlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Mikromuhit ichidagi o‘zaro munosabatlar ikkinchi – shaxsiyatga oid va guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar darajasiga tegishli tadqiqot hisoblanadi, bu darajadagi tadqiqotlar bevosita mamlakatdagi mavjud vaziyatni, o‘zaro aloqaga kirishuvchi guruhlarning etnomadaniy jihatdan spetsifik o‘ziga xosliklarini va ularning o‘zaro muloqotlari darajasini aniqlash imkonini beradi.
Millatlararo munosabatlar institutsional darajada funksiya bajaradi va davlat va jamiyat tashkilotlarining o‘zaro aloqalari orqali ro‘yobga chiqadi. Guruhlar, turli xil etnik mansublikka tegishli odamlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar vaziyatida gap millatlararo munosabatlar haqida ketadi.138
Millatlararo munosabatlar tavsiflariga mamlakatda mavjud bo‘lgan umumiy siyosiy vaziyat, hokimiyatning qonuniyligi va barqarorligi, liberalizatsiyaga bo‘lgan mo‘ljal olishlar – jumladan, turli xil millatlarga mansub bo‘lgan ma’lum bir shaxslararo munosabatlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Kundalik turmushda har kuni ishga oid va norasmiy aloqalar davomida odamlar amaliy jihatdan tenglikni his qilishlari yoki his qilmasliklari, o‘zaro hamkorlik yoki huquqlarning cheklanishi, bularning barchasi tolerant munosabatlarni belgilab beradi.
Millatlararo munosabatlar masalasi so‘nggi yillarda ijtimoiy fanlarda eng ommalashgan masalalardan biriga aylanishi kuzatiladi. Olimlar tomonidan tasdiqlangan oldindan bashorat qilishlarga muvofiq, millatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar kuchayishi va globallashish tendensiyalari jadallashishi bilan birgalikda millatlararo farqlanishlar nafaqat saqlanib qolishi, balki ko‘pgina mamlakatlarning siyosiy hayotida nisbatan muhimroq rol o‘ynashi, davlatlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi.
Xozirgi davrda ko‘pgina davlatlar – polietnik davlatlardan tashkil topgan. Bu ko‘rinishdagi mamlakatlarda halqlar o‘rtasidagi, ozchilik va ko‘pchilik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasi siyosiy hayotning muhim momentini yuzaga keltiradi.
Uzoq davrlardan tashkil topgan tarixiy rivojlanish davomida bizning mamlakatimiz hududida turli xil millat vakillari tinch – totuvlikda va o‘zaro hamjihatlikda istiqomat qilib kelishadi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston ko‘p millatli davlat sifatida tan olingan. O‘zbekistonda aholining 80% oshiq qismini tashkil qiluvchi o‘zbek millati vakillaridan tashqari 130 dan ortiq halqlar vakillari yashashadi. SHunga bog‘liq holatda millatlararo munosabatlar masalalarini o‘rganish o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
O‘zbekiston uchun millatlararo munosabatlarda nizolar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadlarida millatlararo munosabatlarni doimiy ravishda o‘rganish masalasi dolzarb hisoblanadi. Etnik ozchilikka tegishli masalalarning o‘z vaqtida, ularning ijtimoiy – madaniy ehtiyojlarini qondirish yo‘li bilan hal qilinishi, demokratik tamoyillar va tenglikning amal qilishi mamlakatda ijtimoiy – siyosiy barqarorlikni mustahkamlash imkonini yaratadi, shuningdek ilmiy asoslanilgan milliy siyosatni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |