Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish



Download 3,27 Mb.
bet44/381
Sana17.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#380628
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   381
Bog'liq
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA

Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish

JADVALI

5 baholik shkala

100 ballik shkala



5 baholik shkala

100 ballik shkala



5 baholik shkala

100 ballik shkala

5,00 — 4,96

100

4,30 — 4,26

86

3,60 — 3,56

72

4,95 — 4,91

99

4,25 — 4,21

85

3,55 — 3,51

71

4,90 — 4,86

98

4,20 — 4,16

84

3,50 — 3,46

70

4,85 — 4,81

97

4,15 — 4,11

83

3,45 — 3,41

69

4,80 — 4,76

96

4,10 — 4,06

82

3,40 — 3,36

68

4,75 — 4,71

95

4,05 — 4,01

81

3,35 — 3,31

67

4,70 — 4,66

94

4,00 — 3,96

80

3,30 — 3,26

66

4,65 — 4,61

93

3,95 — 3,91

79

3,25 — 3,21

65

4,60 — 4,56

92

3,90 — 3,86

78

3,20 — 3,16

64

4,55 — 4,51

91

3,85 — 3,81

77

3,15 — 3,11

63

4,50 — 4,46

90

3,80 — 3,76

76

3,10 — 3,06

62

4,45 — 4,41

89

3,75 — 3,71

75

3,05 — 3,01

61

4,40 — 4,36

88

3,70 — 3,66

74

3,00

60

4,35 — 4,31

87

3,65 — 3,61

73

3,0 dan kam

60 dan kam



TAFSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Asosiy va qo’shimсha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari

Asosiy adabiyotlar:

  1. Pedagogika (Pedagogika nazariyasi va tarixi) O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani sohasi: bakalavriat yo‘nalishi uchun darslik//prof.M.X.Toxtaxadjaevaning umumiy tahriri ostida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent “O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati” nashriyoti, 2010.

  2. B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. “Sanostandart” nashriyoti. Toshkent 2017 y.

  3. R.A.Mavlonova, O.To’rayeva, K.M.Xoliqberdiyev, Pedagogika. Darslik T:. O’qituvchi 2018 yil.

  4. Pedagogika \\Nopedagog oliy ta’lim muassasalari uchun darslik. U.Inayatov, N,Muslimov, D.Ro’ziyeva, M.Usmanbayeva.-Toshkent: Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti, 2013 y

  5. Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. Darslik. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.

  6. Yuzlikayeva Y., Madyarova S. Теория и практика общей педагогики. – Т.: TDPU, 2014.

  7. Калдыбекова Л.С, Жалпы педагогика теориясы жене практикасы. Педагогика теориясы. – Т.: ТДПУ, 2013.

  8. K.Hoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil

  9. K.Hoshimov, Nishonova S. Pedagogika tarixi / Darslik. – Toshkent: “Istiqlol” nashriyoti, 2005.

  10. K. Hoshimov, S.Ochil O’zbek pedagogikasi antologiyasi. T.: O’qituvchi 1999 y.

  11. K. Hoshimov, S.Ochil O’zbek pedagogikasi antologiyasi. T.: O’qituvchi 2010 y.

  12. N.N.Azizxujayeva Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T.: Fan, 2006y.

  13. Omonov X., Xo’jayev N., Madyarova S., Eshchonov E., Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.:IQTISOD MOLIYA, 2009.

  14. A.Xoliqov Pedagogik mahorat.T.: Iqtisod-moliya, 2011.

  15. Подласый И.П. Педагогика. Москва. Высшего образования, 2003

Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy lavobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istikbollariga bag`ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11

  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O’zbekiston”, 2017.

  3. J.Hasanboyeva., K.Turaqulov X., Pedagogika fanidan izohli lug’at. T.: Fan va texnologiya.

  4. Kaldibеkova A.S. Umumiy pеdagogika nazariyasi va amaliyotidan laboratoriya mashg‘ulotlari. – T., 2013.

  5. Niyozov G‘., AxmedovaM. Pedagogika tarixidan seminar mashg‘ulotlari. – Т.: NOSHIR, 2011.

  6. Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar).-T.: 1999y


Internet saytlari

  1. www. tdpu. uz

  2. www. pedagog. uz

  3. www. Ziyonet. Uz

  4. www. edu. Uz

  5. tdpu-INTERNET. Ped


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


Ro’yxatga olindi:

№___________________

2021 y. «___» _________





TASDIQLAYMAN

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

_______ prof.A.Soliyev

“___” _________2021 yil





UMUMIY PEDAGOGIKA

FANINING


ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar

Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika

Ta’lim yo’nalishi: 5141600 - Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va

huquq asoslari (3-kurslar uchun)



Samarqand – 2021

Fanning ishchi o’quv dasturi ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.




Tuzuvchi: F.Nuradinov “Pedagogika” kafedrasi
Fanning ishchi o’quv dasturi “Pedagogika” kafedrasining 2021 yil “21” maydagi 10-son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet ilmiy kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: __________ prof. K.Hasanova
Fanning ishchi o’quv dasturi pedagogika fakultet ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2021 yil “29” maydagi 14- son yig’ilish bayonnomasi)

Fakultet ilmiy kengashi raisi: __________ dots. A.Q.Aymatov

Fakultet o’quv-uslubiy kengash boshlig’i: _______________dots. G.Rahimova

Kelishildi:

O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i

______________ B.Aliqulov


Kirish

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi uchun “Umumiy pedagogika” o’quv fani bo’yicha namunaviy dastur umumkasbiy fanlar bloki bo’yicha ishlangan Davlat ta’lim standartiga muvofiq tuzilgan. «Umumiy pedagogika” o’quv fani tegishli yo’nalishda oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy-pedagogik sifatlarni shakllantirish, ularni kasbiy tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Zamonaviy sharoitda fanni o’qitish o’qituvchi kadrlarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida erishilayotgan ilg’or yutuqlar, umuminsoniy g’oyalar, milliy qadriyatlarga tayangan holda tayyorlash, ularda pedagogik madaniyatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish, tarbiyachi, o’qituvchi hamda yoshlar murabbiysi sifatida pedagogik jarayonlarni to’g’ri tashkil etish malakalarini hosil qilishga yo’naltirilgan.

“Pedagogika nazariyasi”dan talabalar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga doir zamonaviy pedagogik bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarning zarur hajmini, o’qituvchi shaxsda namoyon bo’lishi zarur bo’lgan umumiy kasbiy va shaxsiy fazilatlarni muvaffaqiyatli egallashlari lozim. Shuningdek, talabalar oliy ta’lim tizimida bo’lajak o’qituvchilar sifatida ta’lim oluvchilarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarini, uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarining o’ziga xos jihatlarini anglay olishlari, shunga muvofiq kasbiy faoliyatni yo’lga qo’yish layoqatini o’zlashtirishlari lozim. Bakalavrlar – bo’lg’usi o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta’lim va ishlab chiqarish (maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari amaliyoti) integrasiyasi, umumiy hamda mutaxassislik fanlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg’or g’oyalari uyg’unligi, zamonaviy ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so’nggi yangiliklariga tayangan holda ta’minlanadi.

“Pedagogika tarixi” talabalarni milliy pedagogik meros, turli tarixiy davrlarda shakllangan yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga bo’lgan yondashuvlar mazmuni, jahon ta’limi tajribasi bilan tanishtirish asosida ularning umumpedagogik bilimlarini boyitadi. Talabalar milliy pedagogik meros namunalari bilan tanishish jarayonida ta’lim va tarbiya g’oyalarining shakllanishi muayyan davrda yuzaga kelgan ijtimoiy zaruriyat, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotiga bevosita bog’liq ekanligini anglab etadilar. Shu bilan birga ushbu fan talabalarda asrlar davomida shakllangan ta’limiy va tarbiyaviy qadriyatlarga nisbatan chuqur hurmatni qaror toptirish, an’anaviy va zamonaviy pedagogik ta’limotlarni qiyosiy o’rganish, yosh avlod tarbiyasida barcha davrlar uchun birdek amaliy qiymatga ega pedagogik g’oyalardan foydalanish ko’nikma-malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.



O’quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanning maqsadi – bo’lajak mutaxassis sifatida talabalarni zamonaviy pedagogika fanining nazariy-metodologik asoslari bilan qurollantirish, pedagogik faoliyat mazmuni, ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish yo’llari, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirish orqali ularda pedagogik tafakkurni, ijobiy fikrlash qobiliyatini, ta’lim oluvchilar bilan muvaffaqiyatli ishlashga doir zarur malakalarni, vaziyatni to’g’ri baholash, oqilona qarorlarni qabul qilish, ijtimoiy yordamga muhtoj o’quvchilarga bilim berish, ularni maqsadga muvofiq tarbiyalash ko’nikmalarini shakllantirish, milliy pedagogik meros g’oyalarini, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ta’lim muassasalari amaliyotiga maqsadli tatbiq etish tajribasini hosil qilishdan iborat.

Fanning vazifasi:

– talabalarda didaktika, tarbiya nazariyasi, ta’lim menejmenti va pedagogik fikrlar tarixiy taraqqiyotining mohiyatini yorituvchi nazariy bilimlarni hosil qilish;

- talabalarning komil inson, yetuk mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishga oid davlat siyosatining mazmuni, ustuvor tamoyillari, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg’or g’oyalari, yosh avlod ta’lim-tarbiyasini samarali tashkil etishga oid qadriyatlar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ilg’or texnologiyalardan xabardor bo’lishlari uchun qulay muhitni yaratish;

- bo’lajak mutaxassislarda didaktik va shaxs tarbiyasini tashkil etish masalalarini o’zida aks ettiruvchi manbalarda ilgari surilgan g’oyalar, Sharq mutafakkirlari (Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, jadidizm harakatining yetakchi vakillari) va G’arb ma’rifatparvarlari (Yan Amos Komenskiy, Konstantin Ushinskiy) qarashlarini tahliliy o’rganish asosida ta’lim muassasasi amaliyotiga samarali tatbiq etish ko’nikmalarini shakllantirish;

- talabalar tomonidan ta’lim muassasalari faoliyatlarini boshqarish, ularga rahbarlik qilishning zamonaviy usullari, ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslarga ta’lim berish, ularni shaxs sifatida rivojlantirish borasidagi xalqaro tajribalarning o’rganilishini, ulardan kasbiy faoliyatda o’rinli, samarali foydalanish malakalari puxta o’zlashtirilishini ta’minlash;

- bo’lajak o’qituvchilarni zamonaviy pedagogik muammolarni hal qilish, ta’lim va tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishda ilmiy, texnik va texnologik yutuqlarni qo’llay olishga tayyorlash.

- talabalarni pedagogik qobiliyat, pedagogik odob, pedagogik nazorat, pedagogik texnika, pedagogik mahorat, pedagogik madaniyat kabi tayanch tushunchalar mohiyati bilan tanishtirish;

- talabalarga pedagogik qobiliyat, pedagogik madaniyatning tarkibiy elementlari, pedagog odobiga qo’yiladigan muhim talablar, pedagogik nazorat va pedagogik texnikani samarali egallash yo’llari, pedagogik mahorat darajalariga oid nazariy bilimlarni berish;

- talabalar tomonidan pedagogik qobiliyat, pedagogik odob, pedagogik nazorat, pedagogik texnika, pedagogik mahorat va pedagogik madaniyatning samarali o’zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

- talabalarda bo’lajak o’qituvchi sifatida pedagogik qobiliyat, pedagogik odob, pedagogik nazorat, pedagogik texnika, pedagogik mahorat va pedagogik madaniyat elementlarining namoyon bo’lishiga erishish;

- talabalarni o’z ustida ishlash, ijodiy izlanishlar olib borishga yo’naltirish orqali kasbiy malakalarini, pedagogik mahoratlarini doimiy ravishda oshirib borish.

Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va

malakalariga qo’yiladigan talablar

“Umumiy pedagogika” o’quv fanini o’rganish jarayonida bakalavrlar quyidagi pedagogik tushunchalar, ularning mohiyatiga oid nazariy bilimlarni puxta o’zlashtirishlari zarur: pedagogika, didaktika, tarbiya nazariyasi, tarbiya turlari, ta’lim menejmenti, uzluksiz ta’lim, uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim ishtirokchilari, maxsus pedagogika, pedagogika tarixi, milliy pedagogik meros, jahon ta’lim tizimi.

Shuningdek, talabalar:



  • fan metodologiyasi;

  • pedagogik antropologiya;

  • pedagogik jarayon mohiyati;

  • pedagogik faoliyat mazmuni;

  • pedagog shaxsida namoyon bo’lishi zarur bo’lgan sifatlar;

  • ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari;

  • ilmiy-pedagogik tadqiqot obyektlari va metodlari;

  • ta’limiy va tarbiyaviy tamoyillar;

  • an’anaviy va zamonaviy pedagogik ta’limotlar;

  • ta’lim va tarbiya shakllari, metodlari, vositalari;

  • ilg’or pedagogik texnologiyalar;

  • maxsus pedagogikaning asosiy yo’nalishlari;

  • milliy pedagogik meros va jahon ta’limi tajribasining yosh avlodni shakllantirishdagi ahamiyati;

  • komil inson, malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining o’ziga xos jihatlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishlari;

  • O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli;

  • ta’lim va tarbiya jarayonlarining o’zaro birligi va aloqadorligi;

  • o’qitish va tarbiya qonuniyatlari;

  • ta’lim nazariyasi (didaktika)ning umumiy asoslari;

  • ta’lim turlari va bosqichlari;

  • ta’limni tashxis qilish;

  • tarbiya nazariyasining muhim tarkibiy elementlari;

  • oila, jamoa va muhitning shaxs tarbiyasidagi o’rni;

  • o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash;

  • oila tarbiyasi va o’z-o’zini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari;

  • O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi, uning muhim bosqichlari;

  • ta’limni boshqarish;

  • shaxsga ta’lim va tarbiya berish g’oyalarining shakllanish tarixi;

  • Sharq va G’arb mutafakkirlarining shaxs ta’limi, tarbiyasini tashkil etishga oid qarashlari;

  • tarbiya, maktab va pedagogik fikrning taraqqiy etish tarixi;

  • jahon ta’lim tizimi an’analaridan xabardor bo’lishlari;

  • ta’lim va tarbiya jarayonida milliy pedagogik meros namunalari, jahon ta’limi an’analaridan foydalanish;

  • pedagogik faoliyatni rejalashtirish;

  • kasbiy faoliyatni tashkil etishda ta’lim-tarbiyaning zamonaviy shakl, metod, vosita va texnologiyalarini qo’llash;

  • ta’lim oluvchilar faoliyatlarini nazorat qilish;

  • o’quvchilarning bilimlarini to’g’ri tashxis qilish va xolis baholash;

  • qobiliyatli, iqtidorli o’quvchilarni tanlay bilish, ularni rag’batlantirish, iste’dodlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;

  • alohida o’quvchi, o’quvchilar jamoasi, ota-onalar bilan yakka tartibda va guruh bo’lib ishlash;

  • o’quvchilar jamoalarini boshqarish;

  • ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish;

  • oila va ta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish;

  • pedagogik faoliyat mohiyatini yorituvchi ish hujjatlarini to’g’ri yuritish;

  • ta’lim menejmentini oqilona olib borish;

O’zbekiston Respublikasida pedagogika fanining rivojlanish istiqbollarini belgilash ko’nikma va malakalariga ega bo’lishilari lozim.

“Pedagogik mahorat” fanini o’rganish jarayonida bakalavr tayanch tushunchalar: pedagogik vaziyat, pedagogik vazifalar, pedagogik vazifalarning turlari, pedagogik vazifalarni hal qilish bosqichlari, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqot, muloqot turlari, yozma va og’zaki muloqot, muloqot uslubi, pedagogik muloqot tizimi, o’qituvchining nutq madaniyati, notiqlik san’ati, nutq texnikasi, pedagogik nizolar, pedagogik nizo turlari, o’qituvchining aktyorlik mahorati, pedagogik qobiliyat, pedagogik odob, pedagogik nazorat, pedagogik texnika, pedagogik mahorat, pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy elementlari, pedagogik madaniyat, pedagogik madaniyatning tarkibiy qismlari, pedagogik boshqaruv, o’quvchilar faoliyatini pedagogik boshqarish, yosh o’qituvchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan tipik xatolar, pedagogik san’at, o’qituvchining o’z-o’zini hissiy boshqarishi, pantomimika, mimika, o’qituvchi va o’quvchi hamkorligi, muvaffaqiyatli vaziyatlar, o’quvchilar uchun muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish usullari va vositalari, ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish usullari kabilarni puxta o’zlashtira olishlari zarur.

Shuningdek, talabalar:

- pedagogik vaziyatlarning o’ziga xosligi;



- pedagogik vazifalarning turlari va ularni ijobiy hal qilish yo’llari;

- pedagogik vazifalarni bosqichma-bosqich hal qilish;

  • o’z xatti-harakatlarini boshqara olish va bunda rasionallikka erishish;

- o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqotni to’g’ri tashkil qilish;

- nutq madaniyati hamda notiqlik san’atini o’zlashtirish;

- pedagogik, shu jumladan, nutq texnikasi qoidalariga e’tibor qaratish;

  • aktyorlik mahorati, pedagogik nazokat, odob, mahorat va boshqaruvni o’zlashtirish;

- pedagogik nazokati va odobini takomillashtirib borish;

  • nazokat bilan so’zlash texnikasiga rioya qilish;

  • ta’lim va tarbiya jarayonida aktyorlik elementlaridan foydalanish;

- pedagogik qobiliyatni rivojlantirish;

  • pedagogik jarayonda har qanday nizolarning oldini olish;

  • kasbiy mehnatni rasmiy va ijodiy tashkil eta olish;

  • vaqtdan unumli foydalanish;

  • kasbiy mahoratni doimiy ravishda oshirib borish;

  • ilg’or pedagogik tajribalarni faoliyatida ijodiy qo’llay olish ko’nikmalarini puxta o’zlashtirishlari;

- yosh o’qituvchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan tipik xatolarning oldini olish;

- o’z-o’zini hissiy boshqarish;

- pantomimika va mimikadan to’g’ri, o’rinli va maqsadli foydalanish;

- o’quvchilar bilan o’zaro hamkorlikka erishish;

- o’quvchilar uchun ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish;

- pedagogik vaziyatni to’g’ri baholash;

- turli tasodifiy vaziyatlardan chiqa olish;

- pedagogik nizolar mohiyatini to’g’ri baholash va oqilona hal qilish malakalariga ega bo’lishlari lozim.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro

bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi


Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   381




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish