Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Ta’lim turlari va ko‘rinishlari



Download 3,27 Mb.
bet143/381
Sana17.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#380628
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   381
Bog'liq
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA

Ta’lim turlari va ko‘rinishlari. Yevropa va Sharq, Osiyo va Amerika mamlakatlarida ta’lim turlari tarixiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Birinchi mifologik ta’lim bo‘lib, unda dunyoning mohiyati ertak, afsona, doston, qissa hamda qo‘shiqlar shaklida o‘rganilgan.

Keyingi tarixiy turi sxolastik ta’lim bo‘lgan. Uning mohiyatiga ko‘ra ta’limda matn madaniyati va yer, osmon haqidagi bilimlar so‘z bilan ifodalanib, xotira va irodani mashq qildirish asosida yosh avlodga inson udligi va u tomonidan tashkil etiladigan faoliyat mazmuni haqida lar berilgan, savodxonlik va nutq madaniyatiga o‘rgatilgan.

Ta’limning uchinchi tarixiy turi — ma’rifatparvarlik bo‘lib, u an’anaviy bilimlar yaratilgan davrda yuzaga kelgan. XX asrdan boshlab esa turli ta’lim paradigma (model)lari, turlari va ko‘rinishlarining rivojlanish jarayoni kuzatildi.

Bugungi kunda asoslariga ko‘ra ta’limning quyidagi turlari, ko‘rinishlari mavjud:



  • ilmiy bilimlarni o‘zlashtirilishi turi va sifatiga ko‘ra;

  • ustuvor mazmuniga ko’ra;

  • ijtimoiy faoliyatlarni egallashi turi va mahoratiga ko‘ra;

  • madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishiga ko‘ra;

  • kishilik jamiyatinirig madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish ko‘lamiga ko‘ra;

  • milliy, yevropa, xalqaro, global ta’lim va boshqalar;

  • ta’lim tizimi turiga ko‘ra (universitet, akademik, litsey, gimnaziya ta’limi va boshqalar);

  • ta’lim mazmuni yo‘nalishining ustuvorligiga ko‘ra (formal va moddiy, ilmiy va elementar, gumanitar va tabiiy fanlar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy va boshqalar);

  • ta’lim darajasiga ko‘ra (boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim).

Ta’limning tarixiy xususiyatlari. Ta’lim mazmuni tarixiy xususiyatga ega, chunki u jamiyat rivojining u yoki bu bosqichida ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Bu ta’lim mazmunining ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish va ilmiy bilimlarning rivojlanish darajasi talablari ta’siri ostida o‘zgarib borishini anglatadi. Ta’lim ijtimoiy hodisa sifatida odamlarning bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan prag’latik (amaliy) ehtiyojlari negizida shakllangan va u odamlarga hayot faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish uchun zarur. Bilimlarni to‘plash va chuqurlashtirish, jamiyat madaniyatining o‘sib borishi bilim tomonidan tashkil etiluvchi funksiyalari ko’lamini oshishini ta’minlaydi. Mazkur yondashuvlar (prag’latik va madaniy) kishilik jamiyatining turli bosqichlarida ta’lim mazmuni yo‘nalishlarini belgilab keladi.

0‘rta asrda, Yaqin va 0‘rta Sharqda diniy o‘quv muassasalari — madrasalar ta’lim va fan markazlari bo’lgan. 0‘zbekistonlik, Rossiyalik va chet el sharqshunos tadqiqotchilari tomonidan madrasa turidagi o‘quv muassasalari aynan Markaziy Osiyoda yuzaga kelgani va shu yerdan boshqa mamlakatlarga tarqalgani isbotlangan.

Somoniylar davrida (X asr) faqat Samarqandning o‘zida 20 ga yaqin madrasalar mavjud bo’lgan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) o‘zining «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda faqat musulmonchilikka oid bilimlar berilibgina qolmay, balki dunyoviy ilmlar ham o‘rganilganligi, ilmiy tadqiqotlar olib borilganligi, ularning negizida ilmiy maktablarning yuzaga kelganiigi qayd etiladi.

O‘z davrida madrasalarda o‘qitilishi yo’lga qo‘yilgan fanlarni Abu Ali ibn Sino quyidagi tizimlar bo‘yicha ajratadi: odob (xulq etikasi), astronomiya, tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fiqh (musulmon qonunchiligi).

Alloma tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari esa quyidagilardan iborat: 1) aqliy tarbiya; 2) jismoniy sog’lomlashtirish; 3) estetik tarbiya; 4) ma’naviy tarbiya; 5) hunarga o‘rgatish. Abu Ali ibn Sino tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari Markaziy Osiyoda, Uyg‘onish davrida (IX— X asr) ta’limning insonparvarlik va shaxsning barkamol rivojlanishi borasidagi g'oyalarga asoslangan edi deyishga imkon beradi.

Sharqdagi Uyg‘onish davri Sharq mutafakkirlari - Muahammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar o‘zlarining ta’limiy qarashlarida birinchi o‘ringa inson shaxsini qo‘yadilar hamda bolalarni har tomonlama, jismoniy va estetik kamolotga erishish lari, shuningdek, tillarni bilishlarini zarur deb hisoblaydilar. Aqliy ta’limni tashkil etuvchi fanlar sirasiga matematika, astronomiya, mexanika va tabiatshunoslik kabi tabiiy-ilmiy fanlarni kiritadilar.

Allomalar bolaga hurmat bilan munosabatda boMish g‘oyasini ilgari suradilar, sxolastik o'qitish va qat’iy intizomga qarshi chiqadilar. Ularning fikricha, o‘qish bolada bilimlarga qiziqishni uyg'otishi kerak.

Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning (1394-1449 yillar) Samarqanddagi faoliyati XIV - XV asrlarda madrasalarning fanlar rivojini ta’minlovchi markazlari vazifasini bajarganligini ko‘rsatadi. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek Samarqandning hukmdori boMishi bilan birga astronom, matematik va tarixchi sifatida mashhurbo‘lgan. Shuningdek, allomaning mohir pedagog ham bo‘lgan!igini tarixiy dalillar qayd etadi. Chunonchi, alloma ko‘plab iste’dodli yoshlami tarbiyalagan. U odamlar, ayniqsa yoshlarning ilmiy bilimlarni o‘rganishlariga katta ahamiyat bergan.

Alloma o‘z davlatida ta’lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U madrasalarni davlat ta’minotiga o‘tkazdi, mudarris (o‘qituvchi)larga oylik ish haqi belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan.

Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek madrasa o‘quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur’on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fiqh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.

Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o‘zi bevosita ta’lim bergan madrasalarda o‘qish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan:


  1. «Anda» (kichik) — o‘qish muddati 2 yil.

  2. «Aust» (o‘rta) — o‘qish muddati 3 yil.

  3. «A’lo» (oliy) — o‘qish muddati 3 yil.

Bunday yondashuvda, bugungi kun nuqtayi nazaridan aytganda bakalavriat va magistratura ko‘zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o‘rta asr yevropa universitetlari uchun ham xos bo’lgan.

Buyuk iste’dod egasi sifatida alloma o‘z davridan bir necha asrlarga o‘zib ketgan. Deyarli 600 yil avval Muhammad Tarag'ay Ulug‘bek quyidagi aksiomani ilgari surgan: bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo'l demakdir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning hozirgi tajribasi mazkur fikrni to'la tasdiqlaydi.

Yevropa uyg‘onish davri (XIV—XVI asrlar) ma’rifatparvarlari XVIII—XIX asrlarda ham shaxsning barkamol rivojlanishi g‘oyalarini ilgari surganlar. Misol uchun, Italiya ma’rifatparvari V. De Feltrc (XV asr) «Quvonch maktabi»ni tashkil etadi. Bu maktabda bolaga erkin jismoniy va aqliy rivojlanish imkoni berilgan. J.J.Russoning erkin tarbiya nazariyasi, I.G.Pestalotsining odamni faol hayotiy faoliyatga jalb etish yo‘li bilan uni rivojlantirish haqidagi g‘oyasi XX asr pedagogikasining rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.


Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   381




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish