7-MAVZU. IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT PEDAGOGIKA FANI SOHASI SIFATIDA
REJA:
Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligi.
Kasbiy faoliyatning tuzilishi.
Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyat subyekti sifatida: shaxsiy tavsif va kasbiy bilimdonlik.
Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati sohalari.
Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy pedagog ta`lim tizimida, Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlar, Ijtimoiy pedagogik faoliyat, Ijtimoiy pedagog vazifalari, Ijtimoiy pedagoglarni" Kasbiy majburiyatlari".
Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksiz ta`lim tizimida amalga
oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o`quv yurtlarida olib boriladi: o`rta kasbiy ta`lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta`lim maktablari (Institut va universitetlar). O`rta kasbiy ta`lim muassasalarida kichik sinflar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O`rta ma`lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga qiyin vaziyatlarni yengib o`tishda yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko`maklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtirish. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota-onalari bilan hamkorlik qilish, o`z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o`qib borishdan iboratdir. O`rta kasbiy ta`lim bilim yurtini tugatgach ular oliy ta`lim muassasida o`z o`qishini davom ettirishi mumkin. Ijtimoiy pedagog faqat o`qituvchi emas, bola qanday o`qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o`zinikidagidek tushunadigan va uning ma`naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo`llanmalar bera oladigan mutaxassis bo`lmog`i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o`z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o`z ustida ishlaydigan inson bo`lishi muhim ahamiyatga ega. Ta`lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o`quvch inson mohiyatini anglaydi. O`z hayoti davomida inson to`grisida hosil qilingan tushunchalar asosida, shaxs haqiqiy fuqaro bo`lib etishadi. Insonparvarlikka asoslangan ta`lim ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funksiyalarini kengaytiradi, ta`lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyoqarashi yaxlitligini ta`minlaydi. Ta`limni insonparvarlashtirishdan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, ko`nikma, malaka berish, ularning insoniy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. U bo`lajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli sohalarida insonparvarlik g`oyasi va qadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo`lib quyidagilar xizmat qiladi.
Ta`limda metodologik hayot tajribasiga ziddiyatli holatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi;
Ijtimoiy–shaxsiy hayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon hisoblanadi;
Real vaziyatdan kelib chiqib, ziddiyatli holatlarida ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi;
Mavjud amaldagi holatga doim moslashish jarayoni hisoblanadi;
Shaxslararo aloqalarni qamrab oladi;
Shaxsning shakllanish jarayonini yo`naltiradi.
Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari — "Ijtimoiy pedagog" mutaxassisi "pedagog" so‘zidan olingan bo‘lib, avvalo o‘qituvchi ma’nosini anglatadi. Shu bois mazkur lavozimning joriy etilganidan so`ng aynan o‘qituvchilarning birinchi ijtimoiy pedagoglar bo‘lgani ajablanarli emas. Ijtimoiy pedagoglarni qayta tayyorlash bo‘yicha kurslar tinglovchilarining aksariyat qismini ham o‘qituvchilar tashkil etadi. Yana shuni ta’kidlamoq joizki, ijtimoiy pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi ham pedagogik oliy o`quv yurtlarida amalga oshiriladi. Darhaqiqat, pedagog va o‘qituvchining kasbiy faoliyatida ko‘pgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala kasbning ham ob’ekti bola, uning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu narsa ularning yaqinligini yana bir bor tasdiqlaydi. O‘z navbatida mazkur mutaxassisliklarning kasbiy faoliyati ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga imkon beruvchi bir qator tafovutlarga ham ega. O‘qituvchi o‘zining asosiy ta’lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga bilim va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy madaniyat tajribasini o‘rgatadi. Ushbu jarayonda bola tarbiyalanadi va shakllantiriladi. Ijtimoiy pedagogning diqqat markazida esa bolani jamiyatga moslashib ketishiga yordam berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |