Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo’yicha farq qiluvchi to’rttaasosiy kategoriya asosida shakllanadi



Download 1,42 Mb.
bet65/96
Sana13.12.2022
Hajmi1,42 Mb.
#884848
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96
Bog'liq
568cf1669cff3ce40555d564ff9fa2bb UMUMIY PEDAGOGIKA

Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo’yicha farq qiluvchi to’rttaasosiy kategoriya asosida shakllanadi:
Yaxshi oilalar-o’z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, o’z bolasi ehtiyojlariga tez ko’nikishadi. Muammo paydo bo’lib qolsa ularga bir karra yordam ko’rsatish kifoya.
Tavakkalchi oilalarda- adaptativ qobiliyatlar pastroq. Ular bola tarbiyasini qiyinchilik bilan eplashadi va ijtimoiy pedagog yordami va nazoratiga ehtiyoj sezadilar.
Muvaffaqiyatsiz oilalar -hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo’lib, ular o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptativ imkoniyatlari past, bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning faol yordami zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib pedagog ularga ta’lim, psixologik yordamlar ko’rsatadi.
G’ayri ijtimoiy oilalar-bu oilalar tubdan isloh qilinishi lozim. Bu oilalarda ota-onalar g’ayriaxloqiy va g’ayrihuquqiy hayot tarzini olib borishadi, yashash sharoitlari oddiy tozalik-gigiyenik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan albatta hech kim shug’ullanmaydi, bolalar nazoratsiz qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy pedagogni bu oilalar bilan ishlaganda huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlik asosida ish yuritishi darkor.
Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yuritishi
ijtimoiy pedagog faoliyati oilani o’rganishdan boshlanadi. Oiladagi munosabatlarni o’rganish pedagogga oilada bolaning holatini tasavvur qilish imkonini beradi. Oilani o’rgangandan keyin ijtimoiy pedagog oldida oilada yangi munosabatlarni o’rnatish vazifasi turadi. Bu muammoni oilani turli klublar, maslahatlar, maishiy birlashmalar, bog’, tamorqadagi ishga jalb qilish yo’li bilan hal qilsa bo’ladi.
Bolaning oilada tutgan o’rni haqida tasavvurga ega bo’lgandan so’ng ijtimoiy pedagog oila bilan birgalikda u uchun reabilitasion dastur variantlarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy pedagog tomonidan “oila xaritasi”ni tuzish amaliyoti ham mavjud. Unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, tug’ilgan sanasi beriladi. Shuningdek oila maqomi, yashash sharoitlari, qo’shnichilik, oilaning diniy va milliy mansubligi aniqlanadi.
“Xarita”ning ilovasida oilada bola tarbiyasini o’rganish deb nomlangan qismi ham mavjud, unda ota-onalar bola bilan qancha vaqt va qanday o’tkazishadi, ularning umumiy ishlari nimalardan iboratligi, vaqtni ota-onalar o’z farzandlari haqida nimalar bilishlari haqidagi ma’lumotlar o’z aksini topadi. Masalan-bola nimaga qiziqadi, nimalarni o’qiydi, kimlar bilan do’stlashgan, uning sog’ligi qanaqa va sh.k. Shuningdek, bu jarayonda bolalarning ham ota-onalari haqida nima bilishlarini aniqlash juda muhimdir.
Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog oiladagi barcha munosabatlar-kattalarning o’zaro munosabati, kattalar va bolalar o’rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim hisoblanadi. Oilada hamkorlik mavjudmi yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug’i asosida quriladimi. Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa, ijtimoiy pedagog bolaning holatini, kim bilan so’zlashishi, unga nima yoqishi-yoqmasligini aniqlashi lozim.
Ijtimoiy pedagog birinchi navbatda, muvaffaqiyatsiz oilalar bilan to’qnash keladi. Bularga bola doimiy ota-onalar janjallarida yashaydigan, ota-onasi giyohvandbo’lgan oilalar kiradi. Zamonaviy sharoitlar bularga ishsiz oilalarni ham kiritib qo’ydi.
Ijtimoiy pedagog oilaning turli muammolari bilan duch keladi. Bular:
-kasal bolalar, nogiron bolalar,
-nogironlar, nafaqaxo’rlar, qariyalar,
-foxishabozlik,
-giyohvandlik,
-daydi bolalar,
-ota-onalarning ajralishlari.
Shubhasiz, ijtimoiy pedagogning oiladagi birinchi vazifasi bu inqirozli vaziyatlarni hal qilishdir. Ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda uch asosiy rolni o’ynaydi:
Maslahatchi-oilani ota-onalar va bolalarning o’zaro ta’sirining muhimligi haqida gapirib beradi, bola tarbiyasi bo’yicha pedagogik maslahatlar beradi.
Konsultant-oila qonunchiligi masalasi bo’yicha maslahat beradi, mavjud tarbiya metodlarini ma’lum qiladi, oilada bolaning me’yorida rivojlanishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish usullarini tushuntirib beradi.
Himoyachi-bola ota-onalari shaxsiyati (giyohvand, aroqxo’r, bolalarga yomon munosabat)ning to’liq degratasiyasiga duch kelganda bolani himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogning oiladagi faoliyati uch asosiy ijtimoiy pedagogik yordam-ta’lim, psixologik, vositachilik yordamlaridan iborat.
Pedagogik yordam o’z ichiga ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ikki yo’nalishini oladi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam.
Ta’lim olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va ota-onalarning pedagogik-madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
Ijtimoiy pedagog faoliyati quyidagi masalalar bo’yicha ota-onalarning keng yoritishni ko’zda tutadi:
-ota-onalarning bo’lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-biologik tayyorgarligi;
-bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvant munosabatni shakllantirishda ota-onaning o’rni;
-bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota-ona obro’ e’tiborining ahamiyati,
-oilada turli avlodlarning o’zaro munosabati, bolalarga pedagogik ta’sir usullari, bolalar va kattalar orasida ijobiy munosabat shakllantirish.
Tarbiyada yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan avvalo, ota-onalar bilan ularga maslahat berish orqali, shuningdek esa bola bilan maxsus tarbiyaviy holatlar yaratish orqali o’tkaziladi.
Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo’nalishi 2 komponentdan iborat: ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash va korreksiya (to’g’rilash).
Qo’llab-quvvatlash qisqa muddatli inqiroz davrida oilada yaxshi muhitni yaratishga qaratilgan turli shakldagi stress holatlarini boshdan kechirayotgan oilalarni psixologik qo’llab-quvvatlashni ijtimoiy pedagogning qo’shimcha psixologik ma’lumot bo’lganda amalga oshiriladi. Bundan tashqari bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari mumkin. Agar qo’llab-quvvatlash kompleks tarzida amalga oshirilsa nihoyatda foydali bo’ladi. Ijtimoiy pedagog oiladagi shaxslararo munosabatlarni, oilada bolaning tutgan o’rnini, oilaning jamiyat bilan aloqasini tahlil qilib muammoni o’rganadi, psixolog esa psixologik testlar va boshqa metodlar vositasida oila a’zolarining nizoga olib keluvchi ruhiy holatlarini aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan band bo’ladi.
Shaxslararo munosabatlarning korreksiyasi asosan oilada bolaga nisbatan ruhiy zo’rlik bo’lganda qo’llanadi. Ruhiy zo’rlik bola asab-ruhiy va jismoniy holatining buzilishiga olib keladi. Yaqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli e’tibor berilmagan. Bunaqa zo’rlikka bolani qo’rqitish, uni haqorat qilish, g’ururini poymol qilish, ishonchini oqlamaslik kiradi.
Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, oilada tartib va intizomni ta’minlashga qaratilgan barcha choralar bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya talablariga asoslanishi lozim.
Psixoterapiyadan farqli o’laroq korreksiya oila ichidagi nizolarni ochib ko’rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga ular o’rtasidagi munosabatlarni bilishga ko’maklashishdir.
Ijtimoiy pedagogik yordamning vositachilik yo’nalishi uch komponentdan iborat: tashkil qilishga yordam, tartibga solishga yordam va axborot berishga yordam.
Tashkil qilishga yordam oilaviy dam olishni tashkil qilishga qaratilgan. Oilaviy dam olish o’z ichiga xayriya auksionlari o’tkazish, oilaviy bayramlar, tanlovlar, uy xo’jaligini yuritish bo’yicha kurslar tashkil qilishdan iborat.
Tartibga solishga yordam berish muayyan oilaning muammosini hal qilish bo’yicha turli muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday muammolarga:

  1. Bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish,

  2. Bolalikka olish,

  3. Bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi.

Axborot berishga yordam oilani ijtimoiy himoya masalalari bo’yicha axborot bilan ta’minlashga qaratilgan va konsultatisiya shaklida o’tkaziladi. Masalalar maishiy, oilaviy, mehnat, fuqorolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar, ayollar, nogironlar huquqlari, shuningdek oilaviy nizolarga tegishli bo’lishi mumkin.

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish