Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Download 3,96 Mb.
bet193/307
Sana27.10.2022
Hajmi3,96 Mb.
#856917
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   307
Bog'liq
cf530781999446dee00aaff2910167e4 UMUMIY PEDAGOGIKA

Nаzоrаt uchun sаvоllаr:
1. Fuqаrо dеb kimgа аytilаdi?
2. Fuqаrоlik tushunchаsining mаzmunini shаrhlаng.
3. Fuqаrоlik tаrbiyasini tаshkil qilishdаn ko`zlаngаn mаqsаdni shахsiy mulоhаzаlаringiz аsоsidа bаyon eting.
4. Dаvlаt rаmzlаrini bilish vа ulаrning mоhiyatidаn хаbаrdоr bo`lish fuqаrоlik tаrbiyasini tаshkil etishdа qаndаy аhаmiyatgа egа?


O‘QUVCHILARNING MEHNAT, JISMONIY VA ESTETIK TARBIYASI
Guruhlarga bo’lingan holda «Mehnat tarbiyasi» va «Jismoniy tarbiya» tushunchalariga Klaster tuzing. (Klaster tuzish qoidalari oldingi mavzularda berilgan). Har bir guruh o’z Klasterini taqdim etadi.
Mehnatni ulug’lovchi, uning ahamiyatini yorituvchi, mehnatsevarlikka chaqiruvchi qanday fikr, ibora va maqollarni bilasiz?
Shunga misollar keltiramiz:
«Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g’ayrat - shijoatiga, to’la - to’kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir".
(I.A.Karimov "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li")
"Mehnat umuminsoniy, milliy va ma’naviy qadriyatlar taraqqiyotining negizidir" ( donolar bisotidan)

Umrni zoye etma, mehnat qil,


Mehnatni saodatning kaliti bil.
(A. Navoiy)
Oltin topmaginu o’rgangin hunar,
Hunarning oldida xasdir oltin-zar.
(Jomiy)
Eng yaxshi axloqiy va estetik dori - mehnat.
(A.Frans)
O’zbek xalq maqollaridan namunalar:
Mehnat baxt keltirar.
Mehnat e’tibor garovi.
Mehnatsiz rohat yo’q.
Mehnat qancha og’ir bo’lsa.
Keti shuncha shirin bo’lar.
Komil inson shakllanishida mehnatning o’rni qanday?
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining roli va o’rni beqiyos kattadir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek bolaning har tomonlama shakllantirish vositasi, uning shaxs sifatida ulg’ayish omili hamdir. Farzandlarimiz mustaqil O’zbekistonimizning bo’lg’usi quruvchilaridir. Shu sababli kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa hujjatlarda ularni mehnatga qaydarajada tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Shunday ekan, mehnat farzandlarimiz uchun ham zaruriyat, ham burch bo’lishi, buning uchun uyda ham, o’quv yurtlarida ham mehnat qilish uchun sharoitlar yaratish lozim. Agar bola kichikligidan mehnat qilishga o’rgatilsa, o’yindan mehnat qilishga hech bir qiyinchiliklarsiz o’tadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 23-moddasida "Har bir inson mehnat qilish, mehnat turini ixtiyoriy tanlash, adolatli, qulay mehnat sharoitida ishlash huquqiga ega", - deb ta’kidlangan.
Shunday ekan, bugungi kunda O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, xalq farovonligini ta’minlash yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan kishilar bilan faxrlanish va o’rnak olish lozim. Yoshlar mehnati dastlab oilada, keyin esa o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Bu jarayonda ayniqsa akademik litsey, kasb - hunar kollejlarini o’rni va ahamiyati beqiyos kattadir. Ta’lim to’g’risidagi qonunning 13-moddasida ta’kidlanganidek, "kasb - hunar kollej o’quvchilarining kasb - hunarga moyilligi, mahorati va malakasini chuqur rivojlantirishni tanlangan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos olishini ta’minlaydigan uch yillik o’rta kasb - hunar o’quv yurtidir"18.
(Mehnatning mohiyati va ahamiyatini yoritib beruvchi videofilm namoyish etiladi)
Filmni ko’rib, mehnat tarbiyasining mazmunini nimalar tashkil etar ekan degan savol paydo bo’lishi mumkin.
Inson faoliyatining asosiy turi mehnat, atrof - muhitni o’zlashtirish, bunyod qilish orqali ham ijtimoiy, ham shaxsiy ehtiyojlarini qondiradi. Shuning uchun mehnatga murakkab ijtimoiy hodisalar sifatida qaraladi. Mustaqillik milliy kadrlar tayyorlash ko’lami va sifatini oshirishni taqozo qilmoqda. Yirik korxonalarda milliy kadrlarning kamligi yetuk mutaxassislarning migratsiyasi ushbu muammoga davlat nuqtai nazaridan jiddiy yondashishni talab etmoqda.
Yoshlar mehnatining mazmuni mamlakat oldida, ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi kadrlarga bo’lgan ehtiyoj, o’quv yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida belgilanadi. Avvalo, bolalar ta’lim jarayonida mehnat haqida dastlabki bilim va tasavvurlarga ega bo’ladilar. O’qish ham mehnat ekanligini tushunib oladilar. O’quv rejasiga kiritilgan mehnat darslarida esa mehnat qilish malakalarini egallaydilar. Bu jarayonda o’z mehnatlarining natijalarini ko’rib zavqlanadilar va yanada yaxshiroq mehnat qilishga harakat qiladilar. Mehnat qilish jarayonida sinfdan va maktabdan tashqari mehnat, o’z - o’ziga xizmat qilish mehnati, ijtimoiy foydali mehnat turida faol ishtirok etadilar va chiniqadilar. Pedagogika fani mehnat tarbiyasini tashkil qilishda qo’yayotgan talablar quyidagilar:
-mehnatning ijtimoiy axloqiy ahamiyatiga alohida e’tibor berish;
-mehnat o’quvchining yoshi, hayoti tajribasi va imkoniyatlariga mos bo’lishi;
-o’quvchilarning mehnat faoliyatlari ijodiy harakterda bo’lishi;
-o’z vaqtida turli kasblar haqida ma’lumotlar berib borilishi;
-mehnat ahllari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish.
Mehnat tarbiyasi fan asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarning olgan bilimlarining aniq maqsadga yo’nalganligi, ishlab chiqarish jarayonining ilmiy asoslarini, bilim va kasbiy qiziqishlarni ko’zda tutadi.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish