Mustahkamlash uchun savollar:
Insonni shakllantirishda tarbiyaning o’rni qanday? Tarbiya nima?
Tarbiya jarayonidagi ziddiyatlar va harakatlantiruvchi kuchlarni o’qituvchi nima uchun bilishi darkor?
Tarbiya, o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalashni qanday tushunasiz?
Tarbiya qanday xususiyatlarga ega?
Tarbiya qoidalari va qonuniyatlari deb nimaga aytiladi?
Tarbiyaning qanday qoidalari mavjud va ular mazmunini siz qanday tushunasiz?
Bo’lajak o’qituvchi nima uchun tarbiya qoidalarini o’rganadi?
Sizningcha tarbiyada yana qanday qoidalar bo’lishi mumkin?
Tarbiya qoidalarining o’zaro aloqadorligi va birligini qanday tushunasiz?
Jamoa nima?
O‘quvchilar jamoasining ishlab chiqarish jamoalaridan farqi nimada?
Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.
Jamoani shakllantirish bosqichlarini sanang va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga batafsil to‘xtaling.
Jamoani tashkil etish metodikasi mazmunini so‘zlang.
Jamoa an’analari deganda nimani tushunasiz?
6-Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari. Tarbiya turlari (ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy, mehnat, ekologik, estetik, aqliy, jismoniy)
Reja:
Tarbiya metodlari haqida tushuncha
Aqliy tarbiya, ma’naviy-axloqiy tarbiya
Iqtisodiy va ekologik tarbiya
Fuqarolik, huquqiy tarbiya
Mehnat, jismoniy va estetik tarbiya
Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |