2.2
boshlang’ich
sinf
o’qituvchisini
ma’naviy
shakllanishida
ijodkorlikning axamiyati.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagog faoliyati uz moxiyatini ijodiy
xarakterga ega. Ma’lumki inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka
extiyoj tugiladi. Pedagog ijodkorlikning asosiy moxiyati pedagogik faoliyatning
maqsad va xarakteri bilan bog’lik.
Pedagogik faoliyat kishi shaxsini uning dunyo karashini, etikodi, ongi, xulk
atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga buysungan son – sanoksiz pedagogik
masalalarni yechish jarayonidir. O’qituvchi faoliyatida ijodkorlik anashu
masalalarni yechish usullarida ularni xal kila olish yo’llarini kidirib topa
bilishdadir. Pedagogik ijodkorlik manbai bu pedagogik tajribadir.
Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga juda boydir.
Ilg’or pedagogik tajriba deganda biz o’qituvchining o’z pedagogik vazifasiga
ijodiy yondoshishni o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida yangi samarali yo’l va
vositalarni kidirib topishni tushunamiz. Ilg’or pedagogik tajriba o’qituvchi
tomonidan kullaniladigan ish shakli va usullari, uslub va vositalaridir. Ular
vositasida o’quv tajribaviy ishlarida eng yuqori natijalarga erishiladi. Ilg’or
pedagogik tajribani oshirish unga asoslanib pedagogik xodisa va konuniyatlarini
ochish o’quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli uzgarishlar kiritadi, o’quvchilarning
bilish faoliyatini boshqarish yangi ko’rinishdagi o’quv jarayonini modellashtirish
muammolarini yechishga sabab buladi.
28
Ijodiy ishlaydigan o’qituvchi fakatgina bolalarni muvaffakkiyatli o’qitish va
tarbiyalash ilgor o’qituvchilar ish tajribalarini urganuvchilar bilangina cheklanib
kolmasdan tadkikotchilik kunikma va malakalarga xam ega bo’lish zarur.
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o’qituvchining ijodkor bo’lishini
fanining muxim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olish, fan yutuklarini
o’quvchilarga yetkaza olishga va nixoyat o’quvchilarni xam ijodiy fikrlashga,
tadkikot ishlariga urgata olishni talab qiladi. Shuning uchun o’qituvchi avvalo
tadkikotchilik malakalarini egallash zarur. o’qituvchi ilmiy tadkikot ishlari olib
borish davomida omillarni tuplaydi, taxlil qiladi, ular asosida xulosalar chikaradi.
U fan xulosalaridan uzining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi
zamon o’qituvchisi uchun zarur bo’lgan juda muxim fazilatlarni egallaydi.
Boshlangich sinf o’qituvchilari bolalarni sevish, ular bilan ishlash yaxshi
kurish, boshqalar bilan mulokot kilish, tashkilotchilik, xushmuomila, kechirimli
bo’lish kabi insoniy va kasbiy xususiyatlarga ega bo’lishi kerak. Xulosa kilib
aytadigan bo’lsak, biz Boshlangich sinf o’qituvchisining ma’naviy qiyofasi
mavzusidagi Kurs ishi buyicha uzimning kuzatishlarimda pedagoglarning xar
tomonlama xususiyatlarini ochib berishga harakat kildim. Ishimizda asosan
boshlangich sinf o’qituvchisining ma’naviy qiyofasi va uni shakllantirish yo’llari
haqida suz yuritdik. Bir kator mualliflar tomonidan chop etilgan materiallarni
urganib chikib Kurs ishimning rejasida belgilangan barcha masalalarga oid
matnlardagi ayrim uxshashlik, umumiylik jixatlariga tayanim uzimizning
quyidagicha xulosalarimizni chikarishga harakat kildik.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni xayotga, mexnatga tayyorlashda xalk oldida,
davlat oldida javob beradigan bolalarga tarbiya berish uchun layokatli, talab
darajasida barcha akliy-axlokiy, estetik saloxiyatga ega bo’lgan maxsus
tayyorgarlikdan utgan shaxslarning aloxida faoliyatiga aytiladi. o’qituvchi
davlatning yosh avlod ta’lim tarbiyasiga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy
ijrochisidir. Maktab o’qituvchisining faoliyati inson shaxsini shakllantirishga
karatilgan.
29
Xar bir bola uz xulk atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda
ularning ana shu uziga xos xususiyatlarini xisobga olish, urganish nixoyatda
murakkab. Bunda odamlar urtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini
uzida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga
tayyorgarlik kurayotgan yashlar uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim.
o’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning professiogrammasida
ifodalanadi.
Profissiogramma quyidagilarni uz ichiga oladi.
1) o’qituvchi shaxsining xususiyatlari.
2) o’qituvchining ruxiy pedagogik tayyorgarligiga kuyiladigan talablar.
3) Maxsus tayyorganlik xajmi va mazmuni
4) ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlikning mazmuni.
o’qituvchi shaxsining xususiyatlari goyaviy soxada; ilmiy dunyokarash va
e’tikod; ijtimoiy extiyoji va axlokiy zaruriyatlarni chukur tushinish, ijtmoiy va
fukarolik burchini anglash, ijtimoiy siyosiy faollik.
Pedagog kasb soxasida bolalarni sevish va ular bilan ishlashga kizikish,
pedagogik ziyraklik va kuzatuvchaniq, pedagogik ishni sevish, ruxiy pedagogik
taktik, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik kobiliyati, xakkoniylik, dilkashlik,
talabchanlik, katiylik va maqsadga intilish, vazminlik, uzini tuta bilish kasbiy
layokatlilik. Keng ilmiy saviya manaviy extiyoj va kizikish, intellektual kizikish,
yangilikni xis kila bilish, pedagogik ma’lumotni oshirishga intilish esa bilish
soxasiga kiradi:
- davlat ta’lim standartiga ya’ni kasbiga kuyiladigan talablar.
- o’qituvchi uz suziga va kilayotgan ishiga bolalarni ishontira oladigan obru
etiborli shaxs bo’lmog’i:
-
o’qituvchi
madaniyatli,
estetik
didli,
intizomli,
masuliyatli
tarbiyalanuvchilar uchun ideal bo’lmog’i lozim:
- o’qituvchi uz fanini chukur puxta bilishi yangiliklar bilan doim boyitib
borishi, uz soxasini sevishi lozim:
30
- o’qituvchi pedagogik faoliyatiga koiliyati bor ijodkor, ishbilarmon,
tashabbuskor, tashkilotchi bo’lmog’i lozim:
- millat va umuminsoniy kadriyatlarni yaxshi anglaydigan diniy va dunyoviy
bilimlardan ogox manaviy axlokiy barkamol inson bo’lmog’i lozim:
- pedagog bolalarni sevish, ular psixologiyasini yaxshi bilishi, yo shva
indevedual xususiyatlarni xisobga olganda ular bilan muomilaga kira olish, erkin
va ijodiy faoliyatda bo’lishi lozim:
- o’qituvchi ovoz paychalari yaxshi rivojlangan, kurish kobiliyati yaxshi,
nutki jonli va ifodali bo’lishi lozim:
- o’qituvchi aktyorlik psixotexnikasidan darsda unimli foydalana olishi
o’quvchilar bilan mulokatga kirish yo’llarini bilishi lozim:
- o’qituvchi vatanparvar, fidokor, utkir suxondon, mantikiy fikrlovchi,
psixologiya metodika fanlarini yaxshi bilishi lozim.
Xar bir davlatda yuqori malakali kadrlarga xamisha extiyoj bo’lgan, chunki
davlat tizimi, kudratini, uning moddiy va ma’naviy taraqqiyotini ilm kishilarisiz
tasavvur kilib bo’lmaydi. Mustaqil Uzbekistonning ma’naviy soglom yosh
avlodlari, bulajak vatanparvarlarini tarbiyalash yuki purovord natijada
o’qituvchining zimmasiga to’shadi.
o’qituvchilik istedodi ixtisosiga layokati ta’sirida shartli ravishda 3 toifaga
ajratamiz. Izlanuvchan, ijodkor o’qituvchilar birinchi toifani tashkil etsa, 2 toifaga
kayta kurishga ragbati bo’lsada uz vazifasini nimadan boshlashni bilmay
kiynalayotgan o’qituvchilar kiradi. Ta’lim ishiga tasodifan kirib kolgan
o’qituvchilar esa 3-toifa doirasida faoliyat ko’rsatadilar.
Darsning bilim berishdagi rolini sezgan xar bir pedagog mashgulotga puxta
tayyorlanib, tinmay izlanib, o’qitishni yangi usullarini yaratib maktab ta’limini
kullashga intiladi. Shu yo’l bilan 45 dakika darsni yaxshi bir asar yangilik uz
o’quvchilari ongiga singdiradi.
Ta’lim tarbiya jarayoni insonparvarlashtirishni pedagogik ta’limning kismiga
aylantirishga o’qituvchi ma’naviy axlokiy qiyofasi yetakchi o’rin tutadi. Binobarin
31
o’qituvchi faoliyatining anashu yo’nalishi uning pedagogik bilib va maxorati bilan
uygunlashib boradi.
Ijodkor o’qituvchilar faoliyatidagi umumiylik shundan iboratki ular:
- uzluksiz, uzviy pedagogik faoliyatga ega buladilar, o’qitish maqsadlari,
mazmuni, shakl metod va vositalariga uzaro alokadorlikni ruyobga chikara oladi;
- bola tarbiyasi rivojlanish yo’lida oila, maktab, jamoatchilik faoliyatlarini
muvofiklashtira oladilar, jamoatchilik orasida maktab obrusini yuksaltirishga
intiladilar;
-bolani ma’naviy dunyosi, uning salomatligiga, doimo e’tibor beradilar, uni
oilaviy sharoitini yaxshi urganadilar. Bolaning bilim imkoniyatlarini va ta’limning
tarbiyaviy ta’sirini o’quvchi samarali kabul kilishga tayyor darajasini aniqlaydilar.
- ta’lim mazmunliligi eng muxim, asosiy materialni aniqlab, o’quvchilar
faoliyatlarini aniq maqsad sari yunaltira oladilar. Shundan ko’rinib turibdiki,
ijodkor o’qituvchilar uz faoliyatining samarali natijalarga pedtexnologiyasiz erisha
olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |