Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Download 1,27 Mb.
bet19/70
Sana01.05.2022
Hajmi1,27 Mb.
#600828
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70
Bog'liq
2 5343753633433390900

- potensial kreativlik – bu kreativlikning zaruriy sharti bo’lib, qanday sharoit bo’lmasin insonning kreativlikka tayyor turishi, shuning natijasida o’z g’oyalarini amalga oshirishidir.
- faoliyatdagi kreativlik–bu muayyan bir sohadagi kreativlik hisoblanadi.
J.Gilford kreativlikning belgilarini aniqlagan bo’lsa, M.N.Gnatko esa kreativlikning komponentlarini umumlashtiradi.
Кreativlikning belgilari (J.Gilford)

  • fikrning aniqligi (muayyan vaqt oralig’idagi g’oyalarning hajmi);

  • fikrning o’ziga xosligi (bir g’oyaning ikkinchisiga ko’chishi) originalligi, ya’ni umumiy qabul qilingan qarashlardan ajralib turuvchi g’oyani yaratish qobiliyati;

  • qiziquvchanlik, egiluvchanlik;

  • farazni ilgari sura olishlik, muammoni qo’ya bilishlik qobiliyati;

  • hayol sura olish, fantaziya qilish, nostandart muammolarni hal eta olish va h.k.

Кreativlikning komponentlari (M.N.Gnatko).

  • shaxsning o’ziga xos xususiyatlari (intelliktual, individual);

  • ijodkorlik imkoniyatlari;

  • ijodkorlik bilan fikrlash;

  • ijodkorlik bilan qarash;

  • bilimlilik;

  • yechim topa bilish;

  • tashkil etuvchanlik;

  • muammolarni mustaqil yechish.




  1. Tanqidiy va kreativ tafakkurning xususiyatlari.

Tanqidiy fikrlash quyidagi xususiyatlarga egadir:
Birinchidan, tanqidiy fikrlash- bu mustaqil fikrlashdir. Mashg`ulot tanqidiy fikrlash tamoyillari bo`yicha yaratilar ekan, har bir ishtirokchi boshqalarnikidan mustasno holda o`zining g`oyasi, qadriyatlarni baholashi va ishonchiga ega bo`ladi. Demak, fikrlash yakka tartibli xarakterga ega bo`lgandagina, uni tanqidiy fikrlash deb atash mumkin. O`quvchilar o`z aqli, fikrlashi va eng murakkab savollarga ham o`zlari javob topa olish erkinligiga ega bo`lishi kerak. Qanday fikrlash zarurligini har bir o`quvchi o`zi uchun o`zi hal qiladi. Shunday qilib, mustaqillik tanqidiy fikrlashning eng muhim jihatlaridan biridir.
Ikkinchidan, axborot tanqidiy fikrlashning natijasi emas, balki uning boshlanishidir. Bilim o`quvchini tanqidiy fikrlashga undovchi motiv bo`lib hisoblanadi. Murakkab fikrni yaratish uchun anchagina «xom ashyo»-dalillar, g`oyalar, matnlar, nazariyalar, ma’lumotlar, konsepsiyalami qayta ishlash zarur.
Uzluksiz ta’lim tizimida tahsil olayotgan har qanday yoshdagilar ham tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishadi, hatto birinchi sinf o`quvchilarida ham hayotiy tajriba va bilimlar mavjud bo`ladi. Bolalarning fikrlash qobiliyatlari o`qitish natijasida yanada takomillashib boradi. Hatto juda yosh bolalar ham tanqidiy fikrlash va butunlay mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega. Aynan tanqidiy fikrlash tufayli odatdagi bilish jarayoni alohidalik va anglashuvchanlik, uzviylik va samaradorlik kasb etadi.
Uchinchidan, tanqidiy fikrlash, savolning qo`yilishi va hal qilinishi zarur bo`lgan muammoni aniqlashdan boshlanadi. Insoniyat o`z tabiatiga ko`ra qiziquvchandir. Biz biron-bir yangilikni sezar ekanmiz, albatta uning mohiyatini bilishni xohlaymiz. Qandaydir tarixiy obidani ko`rar ekanmiz, bizda uning ichkarisiga kirish istagi paydo bo`ladi. «Barcha hayvonot olamida,- deb yozadi kimyogar va faylasuf Mikael Poloniy,-uning eng sodda shakli bo`lgan chuvalchangdan, ehtimol hatto amyobadan boshlab, biz abadiy ehtiyotkorlik harakatini, ehtiyojni bevosita qondirishga bog`liq bo`lmagan izlanuvchanlik faoliyatini: har qanday jonli mavjudotni o`z atrofini aql-zakovat bilan nazorat qilishga intilishini kuzatamiz». Qiziquvchanlik har qanday tirik mavjudotning ajralmas xususiyatidir. Bu xususiyat yosh bolalarda ayniqsa quchli bo`ladi. Biroq, har qanday bosqichdagi haqiqiy bilish jarayoni o`quvchining muammoni hal qilishi, o`zining shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlaridan paydo bofigan savollarga javob izlashi bilan belgilanadi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, O`qituvchi darsga tayyorgarlik ko`rar ekan, o`quvchilar to`qnashishi mumkin bo`lgan muammolar doirasini aniqlashi, so`ngra esa, o`quvchilarni bu muammolarni o`zlari mustaqil ravishda shakllantirishlariga tayyorlashi zarur. Tanqidiy fikrlash tufayli o`qitish aniq maqsadga yo`nalgan, mazmunli faoliyatga aylanishi hamda bu faoliyat davomida o`quvchilar haqiqiy aqliy ish bajarib, hayotiy muammolarni hal qilishga qodir bofiishlari lozim. Ularni dalillar asosida matnlami tahlil qilishga, teng kuchli nuqtai-nazarlami taqqoslab hamda jamoa imlconiyatlaridan foydalanib, o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishga undash ta’limni texnologik yondashuvlar asosida qurishga zamin yaratadi.
To`rtinchidan., tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi. Tanqidiy fikrlovchi kishi muammoning o`z shaxsiy yechimini topadi va bu qarorni oqilona, asosli dalillar bilan mustahkamlaydi. O`quvchi boshqa qarorlar bo`lishi mumkinligini ham tan olishi mumkin, lekin o`zi tanlagan qaror boshqalarnikiga nisbatan eng mantiqiy va oqilona ekanligini isbotlashga harakat qilishi ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi.
Har qanday ishonchli dalil uch asosiy qismdan iborat bo`lib, tasdiqlash-dalil markazi, uning mazmuni bo`lib hisoblanadi (ba’zan u tezis, asosiy g`oya yoki qoida deb yuritiladi). Tasdiqlash bir necha dalillar bilan mustahkamlanadi.
Dalillarning har biri o`z navbatida isbotlar bilan mustahkamlanadi. Statistik ma’lumotlar, matn parchasi, shaxsiy tajriba, umuman olganda, ushbu ishonchli dalillarni isbotlashga yordam beruvchi va muhokamaning boshqa ishtirokchilari tomonidan tan olinishi mumkin bo`lgan barcha g`oyalardan isbotlovchi sifatida foydalanish mumkin. Ishonchli dalillarning yuqorida qayd qilingan barcha qismlari tasdiq, dalil va isbotlash negizida, uning to`rtinchi qismi bo`lgan asos turadi. Asos- bu muayyan yo`naltiruvchi boshlang`ich nuqta bo`lib, u notiq uchun ham, yoki yozuvchi va uning muxlislari uchun umumiy hisoblanadi.
Ishonchli dalillar, unga qarama-qarshi dalillarni mavjud bo`lishi, ularni giperbolik tarzda (oshirib ko'rsatilishi), yoki qabul qilinishi mumkinligini ham hisobga olgandagina o`z samarasini ko`rsatadi. Boshqacha nuqtai nazarlarning tan olinishi ishonchli dalillarning ta’sir kuchini yanada oshiradi. Odatda ta’sirchan dalillar bilan qurollangan tanqidiy fikrlovchi kishi, hatto katta obro`ga ega bo`lgan fikrga ham qarshi tura oladi, amaliyotda bunday kishining fikrini o`zgatirish mumkin emas.
Beshinchidan, tanqidiy fikrlash- ijtimoiy bo`lib hisoblanadi (har bir inson ijtimoiy organizmdir). Har qanday fikr, agar u boshqalar bilan o`rtoqlashilgandagina o`tkirlashadi yoki faylasuf Xanna Arendt yozganidek:
«...kimningdir huzurimda bo`lishi, meni barkamollikka erishtiradi». Bahslashuvda, o`qiganimizda, muhokamada ishtirok etganimizda, e’tiroz bildirganimizda, boshqalar bilan fikr almashganimizda, biz o`z nuqtai nazarimizni aniqlashtiramiz va uni chuqurlashtiramiz, shuning uchun ham o`quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishni mo`ljallagan o`qituvchi o`z mashg`ulotlarida juftlikda yod guruhlarda ishlashning turli shakllaridan samarali foydalanishga intiladilar. Umuman olganda, tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayoni o`quvchi shaxsini konstruksiyalashga nisbatan anchagina keng ma’nodagi vazifalarni hal qiladi. Tanqidiy fikrlash yozma ishda yaqqolroq namoyon bo`ladi. “Yozuvda,-deb ta’kidlaydi S.S.G`ulomov fikrlash jarayonini kuzatish mumkin bo`ladi va bu o`qituvchi uchun ham qulaylik yaratadi. Yozayotgan o`quvchi doimo faol bo’ladi. U doim mustaqil fikrlaydi va bunda u o`zida mavjud bo`lgan barcha bilimlardan foydalanadi. U o`z fikrini mustahkamlash uchun yetarli darajadagi ishonchli dalillarni qatorlashtirib tashlaydi. Bundan tashqari u o`z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga ega bo`ladi. Chunki, xat yozuvchi, uni o`qiydiganga mo’ljallab yozadi. O`quvchi uchun eng qimmatlisi - o`qituvchining uning ishiga qiziqishi va unga hurmat bilan qarashi, o`z fikrlari to`g`risida sinfdoshlari, boshqa o`qituvchilar, ota-onalar va hatto notanish kishilar bilan o`rtoqlashish imkoniyatiga ega bo`lganligidir”. Shunday ekan, yozishni tanqidiy fikrlashning eng muhim vositasi deb hisoblash mumkin.
Yangi axborotlarga duch kelar ekan, talabalar uni mustaqil ravishda baholashi, unga turli xil nuqtai-nazardan qarashi, undan o`z ehtiyoj va maqsadlari yo`lida foydalana olish imkoniyati to`g`risida xulosa yasay olishlari zarur. Haqiqiy tanqidiy fikrlaydigan odam bo`lib yetishish uchun talabalar ijodiy fikrlab, o`zini sinab ko`rishi va bunga oid malakalarni egallashlari zarur.
Tanqidiy fikrlash muloqot madaniyatini o`stiradi va guruh bilan ishlash malakalarini rivojlantiradi.
O`quvchilaming tanqidiy fikrlashini shakllantirish natijasida har bir rejali o`quv jarayonining didaktik ta’minoti e’tiborga olinadi, tahsil oluvchi o`quv materialini qanday o`zlashtirayotganing doimiy monitoringi ishlab chiqiladi, ta`lim jarayonidagi muammolarning yechimini topishga harakat qilinadi. Mohir pedagog o`quv jarayonida tug`iladigan qiyinchiliklarni boshqalardan ko`ra yaxshiroq tushunadi.
Pedagogning vazifasi tanqidiy fikrlashni rag`batlantirib turuvchi muhitni yaratishdangina iborat bo`ladi.
Tanqidiy fikrlashni paydo qilish uchun quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:

  • o`quvchida o`ziga xos nuqtai-nazarni paydo qilish;

  • bir fikrdan boshqasining afzalligini asoslash mahorati;

  • murakkab muammolarni yechish mahorati;

  • dalillarga asoslangan holda bahslashishga odatlantirish;

  • yagona fikrni ishlab chiqish uchun o`zaro hamkorlikda ishlash mahorati;

  • o`quvchilarda mavjud bo`lgan bilimlar tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishga qay darajada xizmat qilishini aniqlash.

O`quvchilarni faol o`ylash jarayoniga kiritish, muammoli vaziyatni yechish, mantiqiy jarayonlarni oqilona hal etishga o`rgatish bilim o`zlashtirishda ijobiy natijalarga olib kelishi muqarrar.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallanishi va unutilishi mumkin bo`lgan masala ham emas. Tanqidiy fikrlashga olib boradigan aniq-ravshan yo`llar yo`q. Biroq, o`qitish shartlarining muayyan to`plami borki, uning yordamida tanqidiy fikrlovchilarni tarbiyalash mumkin. Jumladan, quyidagi shartlarga alohida e’tibor berish zarur:

  1. Tanqidiy fikrlash tajribasini orttirishga vaqt va imkoniyat berish;

  2. O`quvchilarga fikrlash imkoniyatini berish;

  3. Turli g`oya va fikrlarni qabul qilish;

  4. O`quv jarayonida o`quvchilarning faol qatnashishlariga imkon berish;

  5. O`quvchilarni tanqidiy mulohaza yuritishga qodir ekanligiga ishontirish.

Shu bilan birga, o`quvchilar:

  1. O`z-o`ziga ishonchni rivojlantirib, o`z g`oya va fikrlarining qimmatini tushunishlari kerak;

  2. Ta`lim jarayonida faol qatnashishlari lozim;

  3. Turli fikrlarni hurmat bilan eshitishlari kerak;

  4. O`z mulohazalarini shakllantirishga tayyor bo`lishlari yoki undan o`zlarini tiyishlari lozim.




Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish