Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim asosida o`quvchi faolligini oshirish
Respublikamizda mustaqillik yillarida o`quvchilar iqtidori, qiziqish va qobiliyati asosida ixtisoslashtirilgan ta`limning tashkil etilishi o`zining ijobiy natijaparini bermoqda. Bu sohada to`plangan tajribalarni yanada qo`llab-quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi 173-sonli qarori o`quvchilar iqgidorini aniq yo`naltirilgan holda takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmokda.
Bu ta`lim muassasalari bitiruvchilarining aksariyati tanlagan mutaxassisliklari bo`yicha oliy ta`lim muassasalariga test sinovlari orqali talabalikka qabul qilinayotganligi fikrimizning isbotidir. Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlashning, bundan tashqari, fanlarni chuqurlashtirib bilim beradigan maxsus sinflar, shuningdek, repetitor (individuap qo`shimcha o`qitish) kabi shakllari ham mavjudki, bunda o`quvchilar o`zlari qiziqqan fanlardan kengroq va chuqurroq bilim, ko`nikma va malakalarni egallash imkoniyatiga ega.
SHaxsga yo`naltirilgan ta`lim deganda, biz ko`proq o`quvchilarning shaxsiy manfaatlari, ehtiyojlarini nazarda tutamiz. Bunda ta`limning mazmuni o`quvchi shaxsining qiziqishlariga mos ravishda yo`naltirilishi, uning qiziqishlari va layoqatini qo`llab-quvvatlash bosh maqsad qilib olinadi. O`quvchining o`z-o`zini bilishi, shaxsining o`ziga xosligi, uning rivojlanish darajasi, kelgusidagi orzu-maqsadlariga zrishish uchun qilayotgan xatti-harakatlari zamirida puxta bilim olish, ta`limning keyingi bosqichiga tayyorlanish mujassam. Uning qiziqishlari, fantaziyasi aniq maqsad sari yo`naltirilgan bo`lib, o`z manfaatlarini fanlardan Davlat ta`lim standartlari talablari asosida nafaqat minimal darajadagi balki, maksimal darajadagi bilimlarni egallash bilan himoya qilishga qodir bo`lishi mumkin. Buning uchun esa, o`qituvchilar tomonidan ularning intilish va qiziqishlarini rag`batlantirib borish katta ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv orqali ta`lim jarayonini amalga oshirishda o`quvchining bilim olish jarayonini o`z ichiga olgan, o`qituvchi – o`quvchi – o`qituvchi munosabati hamkorligi va erkin tanlash prinsipi uni tanlagan sohasi bilan shug`ullanishdan zeriktirmaydi, bilimlarini takomillashtirish sari undaydi.
Pedagog olimlar tomonidan ta`lim jarayonida shaxsga yo`naltirilgan yondashuvning asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan bo`lib, u quyidagilardan iborat: shaxsga yo`naltirilgan ta`lim; hamkorlik pedagogikasi; – adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi; o`yin texnologiyasi; rivojlangan o`qitish texnologiyasi; muammoli o`qitish texnologiyasi; differensial o`qitish; individual o`qitish texnologiyasi.
Ushbu yo`nalishlarning har birida ta`lim o`kuvchi shaxsining qiziqishi, qobiliyati, imkoniyati va shart-sharoitlari e`tiborga olinib tashkil etiladi. Ayniqsa, shaxsga yo`naltirilgan ta`limda o`quvchida mustaqil fikrlash orqali muammoli vaziyatlardan chiqishga intilish malakasini shakllantirishga alohida urg`u beriladi.
Mustaqil o`qib-o`rganish, o`quv jarayonidagi qiyin vaziyatlarda o`qituvchining yordamisiz muammolarni hap qilishga urinish, shundan keyingina o`zining xulosalari to`g`riligiga ishonch hosil qilish uchun o`qituvchining yordamiga tayanish zarurligini anglatish muhimdir.
O`quv jarayoniga faol yondashish yuzaki qaraganda oddiy bo`lib ko`rinishi mumkin. O`qituvchi biror hodisani uzoq vaqt tushuntirish o`rniga o`quvchiga darslikdagi ma`lum mavzuni mustaqil o`qib-o`rganishga, mavzu yuzasidan berilgan amaliy tajribalarni mustaqil bajarish, o`quv natijalarini tekshirish uchun test savollariga mustaqil javob tayyorlashni topshirishi ijobiy natija beradi. Agar o`quvchi o`z o`quv faoliyatining mohiyatini ko`ra olmasa, u o`kuv maqsadini tan olmaydi, o`qituvchi qo`ygan vazifaparni tushunmaydi va qabul qilmaydi. SHuning uchun o`quv materiali mazmuni avval o`qituvchi tomonidan ijobiy o`zlashtirilib, qayta ishlanib, undan o`quvchini qiziqtiradigan, shaxsiy tajribasiga mos kelib, fikrini ko`zg`aydigan, hayajonga soladigan xos jihatlar belgilab etkazilgandagina natijasi samarali bo`lishi isbotlangan. Ana shundagina o`quvchi o`zini ushbu hodisalarning bevosita ishtirokchisi va ijodkori deb hisoblaydi.
O`qituvchi o`quvchini sust tinglovchidan dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishi katta ahamiyatga ega. Bunga o`quvchining o`z bilimi va qobiliyatiga ishonch hissini oshirishi o`ta ta`sirchan omildir. Ushbu vazifani amalga oshirishning har bir bosqichida o`quvchining jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan rivojlanish darajalari tahlil qilinib, zaruriy tavsiyalarni berib, pedagogik qo`llab-quvvatlash, uning faoliyatiga zarur o`rinlarda tuzatish va qo`shimchapar kiritib borish muhim. O`quvchining shaxsiy mustaqil bilish faoliyati ularning ichki motivatsiyasi yuqori darajada bo`lganda faol va samarali bo`ladi. Bilish va ijodiy faoliyatga nisbatan motivatsiya darajasini oshirishning samarali vositasi — muammoli o`qitish usuli hisoblanadi.
O`quvchilarning qiziqishlariga qarab majburiy bo`lmagan darslar haqida gap ketganda, muammoli o`qitish usuli maqsadga muvofiq ekanligi e`tirozga o`rin qoldirmaydi. Oddiy darslarda o`qituvchi beradigan vazifa ko`pincha samarasiz, majbur etuvchi motivatsiya hisoblanadi. O`quvchilarning darslarda zerikishi bu — ularning dangasaligidan emas, balki o`qituvchining ularni o`tilayotgan mavzuga qiziqtira olmaganligidan kelib chiqishini unutmaslik lozim. Ko`p darslar odatda “so`rov-tushuntirish — olingan bilimlarni mustahkamlash – uyga vazifa” sxemasi asosida o`tiladi. Oqibatda, ayrim o`quvchilarning ongi va qo`li bo`sh qoladi.
Dars jarayonida maqsaddan chetlashish, o`quvchilar bilan zarur bo`lmagan sohada muloqot qilib, vaqtni behuda o`tkazish, darslikdan boshqa qo`shimcha adabiyotlarni o`qimaslik dars mazmuniga salbiy ta`sir o`tkazuvchi jihatlardir. Shuningdek, qiyin va g`aliz savollarni berish ham o`quvchilarni noqulay holatga solib, oxir-oqibat fandan va o`qituvchidan bezishga olib keladi.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, ta`lim-tarbiya asosida shaxsning intensiv rivojlanishi, moddiy-ma`naviy qadriyatlarni o`zlashtirishi faqat uning shaxsiy faoliyati natijasida amalga oshadi.
O`quvchi shaxsiga yo`naltirilgan ta`limda quyidagi tavsiyalar muhim hisoblanadi:
1. Ta`lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi ijtimoiy, moddiy-texnik, pedagogik hamda psixologik imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash.
2. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar, shuningdek, respublika ta`lim muassasalarida bolapar iqtidorini aniqlash va rivojlantirish borasida to`plangan tajribaparni o`rganish, milliy-mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda ularni uzluksiz ta`lim tizimiga tatbiq etish.
3. Ilg`or yondashuvlar asosida iqtidorli bolalarni o`qitishga ixtisoslashgan ta`lim muassasalari faoliyatining samaradorligini ta`minlovchi boshqaruv va pedagogik jarayon mazmuni hamda amaliy asoslarini ishlab chiqish.
4. Ta`lim muassasalari hamda oilalar o`rtasida iqtidorli bolalarni samarali o`qitish yo`lida o`zaro hamkorlikni qaror toptirish.
5. Iqtidorli o`quvchilarni o`qitishga ixtisoslashgan ta`lim muassasalarining faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiya va qo`llanmalarni ishlab chiqishni faollashtirish.
Ushbu jarayonlarning amalga oshirishda ta`lim mazmuni takomillashtirish, qo`llanma va tavsiyalarni yaratish bilan bir qatorda ta`lim jarayonini faollashtirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni joriy etish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta`lim islohotlarining dastlabki bosqichida mahalliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari yaratilgan bo`lsa, bugungi kunda har bir ta`lim muassasi, har bir o`qituvchi dars mashg`ulotlarida u o`zining amaliy tabdiqini topmoqda. Biz amalga oshirgan tadqiqotlarimiz davomida muammoli o`qitish, mujassamlashtirilgan o`qitish, moduli o`qitish, rivojlantiruvchi o`qitish, tabaqalashtirilgan o`qitish, faol o`qitish, o`yinli o`qitish kabi pedagogik texnologiya elementlarini aniqladik va kuzatdik. Sanab o`tilgan ilg`or pedagogik texnologiya yo`nalishlari orasida faol o`qitish metodlari bizda ko`proq qiziqish uyg`otdi.
O`tgan davrlardagi ta`lim tizimi avtoritar ta`lim metodlariga asoslangan bo`lib, u o`quvchini itoatkor, o`zgalar fikriga bo`ysinuvchan shaxs sifatida tarbiyalashga yo`naltirilgan edi. Hozirgi paytda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi ta`lim islohotlari barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan demokratik ta`lim metodlariga asosidagi milliy modelning joriy etilishi bilan ahamiyatlidir.
Demokratik ta`lim metodlari o`qitish jarayonida o`quvchi fikrining hurmat qilinishi, uning har bir tushunchani o`zlashtirishda faol mushohada etishi, o`qituvchi fikrini tahlil qilishi va o`zi asosli deb topgan fikrlarnigina qabul qilish mumkinligiga asoslanadi. Bu g`oyalarni amalga oshirishdagi muammo respublikamizda haligacha avtoritar metodlardan demokratik ta`lim metodlari o`tish mexanizmi ishlab chiqilmaganligi bilan izohlanadi. To`g`ri, bu borada joriy etilayotgan o`quvchilar bilimini baholashning reyting tizimi, test nazoratlarining keng joriy etilishi, o`quvchilarni kasb tanlashga yo`llashdagi erkinliklarni Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning yutuqlari sifatida qayd etish mumkin. Biroq, ta`lim metodlarini yangilash borasida ilmiy izlanuvchilar, metodist va amaliyotchi o`qituvchilar hali ko`plab muammolarni hal etishlari lozim.
Faol ta`lim metodlari ilg`or xorijiy davlatlar tajribasini o`rganish va mamlakatimiz ta`lim xususiyatlari bilan omuxtalashtirish natijasida keng ommalashayotgan demokratik ta`lim metodlari turkumiga kiradi. U ta`lim jarayonining o`qituvchi va o`quvchi fikrining o`zaro hurmat qilinishi, o`quvchilarning o`zaro munosabatlarida yuqori darajadagi muloqot ko`nikmalarining shakllantirilishi bilan ahamiyatlidir. Faol ta`lim metodlarini qo`llash jarayonining xarakterli xususiyati shaxsning axborotlarni o`zlashtirishdagi barcha imkoniyat va malakalar umumiy majmua sifatida qaralishidir. Ushbu o`rin axborotlarni o`zlashtirish imkoniyatlariga eshitish va ko`rish, tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ijodiy mushohada qilish, so`zlab berish, jismoniy harakatlar bajarish kabilar, malakalar sifatida esa loyihalash, harakatlanish, tasavvur qilish, nutq, sezgi organlari faoliyati nazarda tutiladi.
Sanab o`tilgan imkoniyat va malakalar majmuasini faol ta`lim metodlari yordamida rivojlantirishda qisqa vaqtga mo`ljallangan, ta`lim mazmuniga ko`ra strukturalangan, barcha guruh a`zolarining faolligini ta`minlovchi, sodda mashqlardan foydalaniladi. Respublikamiz ta`lim tizimiga faol ta`lim metodlari kirib kelishining dastlabki bosqichi deyarli barcha mashqlar engil o`yin ko`rinishida bo`lgan, biroq hozirgi paytda bu mashqlar takomillashib bormoqda va mazmunan salmoqliroq darajaga ko`tarilmoqda.
Faol ta`lim metodlarini amalga oshirishda foydalaniladigan mashqlarni quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Ta`lim oluvchilarning guruh shaklida ish olib borishiga yordam beruvchi muhitni yuzaga keltiruvchi mashqlar:
• guruh a`zolarining o`zaro yaqindan tanishib olishlariga;
• ta`lim oluvchilar ishining guruh shaklini qaror toptirishga;
• o`zgalar oldida o`z fikrini tortinmasdan, erkin, istiholasiz bayon qilishna sharoit yaratadi.
2. Ta`lim oluvchilardagi umumiy qiziqish va ehtiyojlarni aniqlovchi mashqlar:
• ta`lim oluvchilardagi umumiy qiziqishlarni, orzu-o`ylarni, qadriyatlarni aniqlash yo`li bilan guruh a`zolarining o`zaro birdamlikda ishlashiga;
• yangi a`zolarining guruh ishiga tezroq moslashib, o`z o`rnini topib olishiga ko`mak beradi.
3. Guruh a`zolarining yakdilligini, hamfikrliligini, umumiy qaror qabul qilish ko`nikmalarini shakllantiruvchi mashqlar:
• guruh a`zolarining boshqa fikrlardan ozod bo`lib, guruh ishiga sho`ng`ib ketishi;
• ta`lim oluvchilarning guruhdagi o`zaro muloqot qoidalarini ishlab chiqishi;
• guruh a`zolarida o`zgalar fikrini hurmat qilish va o`z fikrini bayon qilish madaniyatini tarbiyalashga xizmat qiladi.
4. O`quv jarayoni mazmuni yoki turli ta`lim predmetlari orasidagi o`zaro bog`liqlikni ta`minlovchi:
• mashg`ulot turli bosqichlari o`rtasida bog`liqlik va uyg`unlikni ta`minlash;
• yangi mavzuga o`tishning dolzarbligini va qiziqarli jihatlarini ta`kidlab ko`rsatish imkonini beradi.
5. Guruh a`zolarini ilhomlantiruvchi, yangi bilim sohalarini o`zlashtirishga yo`naltiruvchi:
• guruh ishini rag`batlantiradi;
• turli murakkab, guruh a`zolari o`z imkoniyatlari yoki vakolatlaridan “yuqorida” turadi deb hisoblaydigan masalalarni muhokama qilish;
• guruh a`zolarini yangi muammolar echimiga ilhomlantirish uchun sharoit yaratadi.
6. Ijodkorlikni rag`batlantiruvchi mashqlar:
• dunyodagi voqea-hodisalarga yangi ko`z bilan qarash, yangi, ularni o`rganishda noan`anaviy metodlardan foydalanish;
• shaxs o`zida yashiringan yangi qobiliyat va iqtidorini yuzaga chiqarish, shaxs kamolotiga yo`l ochish imkonini beradi.
7. Mashg`ulotlarni, o`rganilgan mavzuni yoki dars bo`lagini xulosalovchi mashqlar:
• mavzu yoki mashg`ulot bo`limini yakunlash, “qissadan hissa chiqarish”, qo`llanilgan metod va vositalar samaradorligini baholash va galdagi vazifalarni belgilab olishga xizmat qiladi.
Dars jarayonida mazkur mashq guruhlarining o`rinli qo`llanishi dars samaradorligining sezilarli oshirilishiga xizmat qiladi.
O`quvchilar bilish faoliyatini faollashtirish masalalarining dolzarbligi quyidagi muammolarni hal etish zarurati bilan belgilanadi:
- shaxs sifatlarining bugungi kundagi shakllanganlik darajasi va uni tarbiyalashga qaratilgan mavjud metodlar zamonaviy talablarga javob bera olmasligi;
- ta`lim tizimida an`anaviy tarbiya va bilim «berish» metodlarining salmog`i hamon yuqori darajada saqlanib qolayotganligi;
- umumiy o`rta ta`lim mazmunida rejalashtirilgan ta`lim predmetlarining yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish imkoniyatlaridan etarli darajada foydalanilmayotganligi;
- yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirishga oid ishlab chiqilgan nazariy ishlanmalarni amaliyotga keng ko`lamda joriy etish yo`llarining asoslab berilmaganligi.
Bu esa o`quvchi yoshlar shaxs sifatlarini faollashtirishning metodologik asoslari yaratish, uni amalga oshirish yo`llarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish zaruratini oshiradi.
Qayd etilgan muammolar echimini topishning ikki yo`nalishini taklif etish mumkin:
1. Maktabgacha ta`lim, boshlang`ich ta`lim, umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi hamda oliy ta`lim turlarini qamrab oluvchi vertikal yo`nalishida.
2. Dars hamda darsdan va ta`lim muassassidan tashqari mashg`ulotlarni qamrab oluvchi gorizontal yo`nalishida.
Muammoni hal etishning birinchi yo`nalishi quyidagicha mazmunga ega:
Mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishda boshlang`ich ta`lim muhim o`rin tutadi, chunki xuddi shu davrda shaxs, uning qiziqishlari, moyilliklari shakllanishi uchun poydevor yaratila boshlaydi. Jamiyat uchun mustaqil, tanqidiy fikrlaydigan, harakat qila oladigan ijodkor shaxslar juda asqotayotgan hozirgi kunda o`quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogikaning dolzarb muammosi bo`lib turibdi.
O`quvchilarning ijodiy faoliyati tajribalarini o`zlashtirishlari uchun talim jarayonida faol aqliy izlanishni talab qiladigan muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish zarur. Ijodiy faoliyat tajribalarini o`qituvchini tayyor axboroti orqali hosil qilish mumkin emas, chunki o`qituvchi muammolarni o`zi hal qilsa, o`quvchilardagi qiziqish, muammolarni hal qilishga bo`lgan intilish, so`nadi, o`z bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo`llash imkoniyatidan mahrum bo`ladi.
Noan`anaviy ta`lim o`quvchilarni faqat bilim, ko`nikma, malakalar bilan qurollantirishni ko`zda tutmasdan, balki darsda vujudga keltiradigan muammoli vaziyatlarni o`quvchilar avval o`zlashtirgan bilim, ko`nikma, malakalarni kutilmagan vaziyatlarda ijodiy qo`llashlari orqali ijodiy faoliyat tajribalari, o`quvchilarning mustaqilligi, o`quv-bilish motivlarini, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga, mustaqil izlanish yo`lini o`zlashtirishga imkon beradigan murakkab jarayondir.
O`quvchilar mustaqil fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishi noan`anaviy ta`lim jarayonida muvaffaqiyat bilan qo`llanib kelayotgan ta`lim prinsiplari: ilmiylik, tushunarlilik, sistemalilik, o`quvchilarning ongligi va faolligi, ko`rgazmalilik, o`quvchilarni puxta bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish, uzviylik, ketma-ketlik, o`quvchilarning ijodiy mustaqil ishlari prinsipi, o`quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv, o`quv ishlarini insonparvarlashtirish prinsiplaridan foydalanishni taqozo etadi.
Umumiy o`rta ta`limda o`quvchilarning ijtimoiy hodisalarni mustaqil va ijodiy tahlil qilishga tayyorlik darajasiga oid bilim va ko`nikmalarini o`rganishda an`anaviy metodlar bilan bir birgalikda interfaol metodlar ham katta yordam berishi mumkin. Bir tomonlama muloqotni ko`zda tutuvchi savol-javob usulidan farqli ravishda faol ta`lim metodlari yoshlarning o`zlashtiriladigan bilimlarga munosabati to`g`risida ham xulosa chiqarishga imkon beradi. Natijada o`quvchilarning turli ijtimoiy-siyosiy hodisalarni qanday tushunayotganliklarini ham aniqlab olish mumkin. SHu bilan birga ularning yangi vaziyatlarni, fakt va hodisalarni baholash uchun mazkur bilimlardan foydalanishga qay darajada tayyor ekanliklari to`g`risida ham ma`lumot imkoniyati yaratiladi.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limida qaralayotgan muammoni hal qilish uchun axborotning tarbiyaviy samarasini oshirish bilan birga izlanish, bahs-munozalari, o`zaro bilim almashish kabi faol shakl va uslublaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular o`quvchilarni yangi bilim va tushunchalarni mustaqil topishiga, o`z qarashlari va g`oyalarini himoya qilishga, dunyoqarashi va tasavurlarini o`rtoqlari bilan almashinishga o`rgatadi. Bunda ijodiy fikrlash, tasavvurlarni rivojlantirish, fikrlar tafovuti va xilma-xilligi, kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, topqirlik, idroklilik, zukkolik va zehnni tarbiyalash talab etiladi.
O`quvchilarda mustaqil-ijodiy fikr yuritish, ma`lum masalalar bo`yicha muhokama yuritishning qoida va mezonlarini bilish, o`z fikrini to`g`ri, izchil, asosli bayon eta olish, mushohada yuritish, o`zi bayon etgan fikridan xulosalar chiqara olishni tarkib toptirish mustaqil-ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy yo`nalishini tashkil etadi.
Muammoni hal etishning ikkinchi yo`nalishining mazmuni quyidagicha:
Ma`lumki, dars ta`lim muassasalaridagi o`quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Biroq, aksariyat o`qituvchilar o`zlari rahbarlik qiladigan dars mashg`ulotining asosiy va yagona maqsadi sifatida ish rejaga ko`ra qayd etilgan mavzuga doir bilimlarni «o`quvchilarga berish»ni tushunadilar. Bunda, hamma vaqt ham ta`lim-tarbiya birligi mezoniga amal qilinmaydi va yanayam ko`pchilik holatlarda darsda o`quvchilarning mustaqil-ijodiy fikrlashi uchun sharoit yaratilmaydi. SHu sababli dars mashg`ulotlarida mavzuga oid bilimlarni o`quvchi mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish bilan omuxtalashgan xolda amalga oshirish metodlarini tadqiq qilish alohida dolzarblik kasb etadi.
Darsdan va ta`lim muassasasidan tashqari mashg`ulotlar asosan individual, guruh hamda ommaviy shakllarda amalga oshiriladi. Ta`kidlab o`tish kerakki, darsdan tashqari faoliyat o`quvchilarda dunyoqarashning nafaqat g`oyaviy asoslarini shakllantiradi, balki uni amaliy harakatiga aylanishini ta`minlaydi. Bunda sust tinglovchi va kuzatuvchi rolida qolib ketmaydi; u bilimlarni mustaqil va erkin egallashga kirishadi, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy axborotlarni tushunishga harakat qiladi, o`zi o`zlashtirilgan sifatlarning tengdoshlari orasidagi faol targ`ibotchisiga aylanadi.
O`quvchilarning mustaqil-ijodiy izlanishlariga yo`naltirilgan to`garaklarda, turli birlashmalarda, mazmun va shakli jihatidan turlicha bo`lgan faoliyat turlari ham estetik ijtimoiy fikrlash bilan birga o`zaro muvofiqlikni keltirib chiqaradi. Muammoli masalalarni qo`yish, ularni mustaqil ijodiy hal qilish yoshlarning qo`shimcha bilimlarga ega bo`lishiga, dunyoqarashga oid masalalarni rivojlanishiga o`zlarini fikrlarini isbotli himoya qilish ko`nikmalari va mahorati shakllanishga yordam beradi.
Yoshlar mustaqil-ijodiy fikrlashini rivojlantirishning har ikkala yo`nalishida ham quyidagi vazifalar hal etilishi lozim bo`ladi:
- respublikamiz kadrlar tayyorlashning milliy modelining tarkibiy qismlari hamda ta`lim-tarbiya tizimining tarixiy shakllanishi va etnopedagogik xususiyatlarini e`tiborga olgan holda yoshlarning mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarini jahon miqyosida tarkib topgan tamoyillar darajasida faollashtirishning metodologik asoslarini ishlab chiqish;
- umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi hamda oliy ta`lim o`quv rejalarida ko`zda tutilgan ta`lim predmetlarining yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish imkoniyatlari o`rganish asosida uning samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish;
- uzluksiz ta`limning maktabgacha va umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi hamda oliy ta`lim turlarida yoshlar mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish ishlari mazmunini tanlash mezonlarini ishlab chiqish;
- yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirishning eng ilg`or tajribalarini ta`lim tizimiga tezkor joriy etish mexanizmini yaratishga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish.
Yoshlar mustaqil – ijodiy fikrlashini faollashtirish muammosining echimini topishga qaratilgan ushbu vazifalarning bosqich-bosqich amalga oshirilishi ularning muvaffaqiyatli hal etilishi uchun zamin yaratadi deb hisoblaymiz. Bu bosqichlar mazmuni quyidagicha bo`lishi mumkin:
1-bosqich. Yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarini shakllantirish, rivojlantirish hamda faollashtirishga oid jahon tajribasini izchil o`rganish asosida mustaqil-ijodkor shaxs strukturasi hamda uni shakllantirish bosqichlarini ishlab chiqish.
2-bosqich. Umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi hamda oliy ta`lim o`quv rejalarida ko`zda tutilgan ta`lim predmetlarining yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish imkoniyatlari o`rganish asosida uning samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.
3-bosqich. Uzluksizning ta`limning maktabgacha va umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi hamda oliy ta`lim turlarida yoshlar mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish ishlari mazmunini tanlash mezonlarini ishlab chiqish;
4-bosqich. Yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirishning eng ilg`or tajribalarini ta`lim tizimiga tezkor joriy etish mexanizmini yaratishga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish.
Bu borada bayon qilingan tavsiyalar o`quvchi yoshlar tayyorgarligining davlat ta`lim standarti talablariga javob berish darajasining ortishi, yuksak darajada shakllangan, faol mustaqil-ijodkorlik sifatlariga ega shaxs sifatida yuqori akademik harakatchanlik darajasiga erishishi uchun nazariy-metodologik asoslarning yaratilishiga asos bo`ladi. SHuningdek, bu boradagi vazifalarni samarali hal etish uchun mustaqil fikrlovchi ijodkor shaxs to`g`risidagi tushunchalarni umumlashtirish hamda uning yagona strukturasini ishlab chiqish jarayonini boshqarishning axborot ta`minoti texnologiyasini ishlab chiqish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |