Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Download 1,27 Mb.
bet16/70
Sana01.05.2022
Hajmi1,27 Mb.
#600828
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70
Bog'liq
2 5343753633433390900

Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o’rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o’tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo’la oladi. O’tmishda bo’lib o’tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bo’la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir.
Maktab ta'limida o’zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari bo’yicha, so’ng yaxlit holda o’quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga o’xshash predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha predmetlar yuzasidan to’plangan bilimlar ma'lum tartibga tushadi, ularning o’xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to’rtinchi bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda egallangan bilimlarni tizimlashtirish nazarda tutiladi.
Demak, insonning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy rivojlanishning dastlabki pog’onasi hisoblanadi.
Insonning barcha mavjudotlardan yuksak jihati - bu uning fikrlash qobiliyatidir. Zotan, insonlar bir-birlari bilan o‘ziga xos o‘y-hayollari, mushohadalari, fikr yuritishlari, mustaqil fikrlash qobiliyatlari bilan ajralib turadi.
Shuning uchun ham inson fikrini tarbiya qilish muhim sanaladi. Abdulla Avloniyning asarlarida fikr tarbiyasiga oid quyidagicha talqin berilgan: «Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘ladur. Bu tarbiya muallimlaming yordamiga so‘ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘liqdir».
Darhaqiqat, fikr ustida buyuk daholar so‘z yuritishib, muayyan ta’limotlar yaratishgan. Fikrlashda qalb, ong va sezgilarning uyg‘unligi haqida Arastu ta’limoti, fikrning ezgulikka yo‘naltirilishi haqida Abu Nasr Forobiy, insonparvarlikka yo‘naltirilishi haqida - Alisher Navoiy, fikrning mantiqiyligi haqida - Umar Hayyom, fikrlashda signal tizimi haqida LP.Pavlov, fikrning bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasini yaratgan P.Ya.Galperin, fikrlashda umumlashtirish haqida - R. Davidov ta’limotlari mavjud.
Bugungi kunda tanqidiy fikrlash - XXI asrda ijtimoiy-siyosiy sohada sodir bohayotgan hodisalami yanada chuqurroq anglashga yordam beravchi ko‘nikma sifatida qaralmoqda. Tanqidiy fikrlashga o‘rgatish O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bayon etilgan yuqori kasbiy madaniyatli, ijodiy va ijtimoiy faol hayotda o‘z o‘rnini topa oladigan malakali kadrlami shakllantirish vazifasini hal qilishga ham mos keladi.
Tanqidiy fikrlashning asosiy belgilari olim I.Resnik fikricha quyidagilardan iborat: 1) O‘quvchilar o‘z bilimlarini muayyan masalalarni yechishda tatbiq eta olsalargina ularda bilim va ijodiy fikrlash rivojlanadi; 2) Tanqidiy fikrlash ta’lim jarayoniga jo‘shqinlik baxsh etadi, mashg‘ulotlarni o‘qituvchi va o‘quvchi uchun o‘zaro hamkorlik faoliyatiga aylantiradi. Shu nuqtai nazardan olganda, o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish ularda bilim olishga ishtiyoqni kuchaytiradi hamda ta’lim jarayonida “o‘qituvchi, o‘quvchilar va o‘quv materiali o‘rtasidagi o‘zaro didaktik ta’simi yuzaga keltiradi”.
J.Dyuining fikricha: «O`quvchilar muayyan muammo bilan shug‘ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. Shu sababli, o‘quv jarayonining boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga tegishli bo‘lgan eng muhim savol bu hodisa qanday muammoni vujudga keltirishini anglatadigan savoldir. Faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan ham fikrlaydi». Darhaqiqat, rejali va maqsadli o‘qitish va tarbiyalash jarayonida o‘quvchilaming intellekt darajasini aniqlash zaruriyati tanqidiy fikrlashni shakllantirishni vujudga keltirgan. O‘z ibtidosida bu natijalar oddly pedagogik metodlar orqali aniqlangan.
O‘quvchilaming tanqidiy fikrlash darajalari bir qator pedagogik metodlar orqali aniqlanadi. Masalan, Ya.Yirasek, A.Kemlar tomonidan ishlab chiqilgan yoshlarning bilim olishga moyilliklarini aniqlovchi testlar, D.B.Elkoninning «Grafik diktant»lar, A.L.Vengerning «Nuqtalar bo‘ylab chizish», I.Shvansanning «Aqliy rivojlanishni diagnostika qilish» kabi metodikalari mashhurdir.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish