4.6. Adsorbsiya jarayonini modellash
Adsorbsiya - g„ovak qattiq jismlar sirti gazlar, bug„lar yoki
suyuqliklarning yutilish jarayoni. Adsorbsion jarayonlar gazlarni
tozalash va quritish, aralashmalarni (gaz va bug„larni) ajratish,
erituvchilarni regeneratsiya qilish, aralashmalardan tozalash uchun keng
qo„llaniladi.
Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi turdagi
adsorberlar qo„llaniladi:
qo„zg„almas donadorli adsorbent bilan;
harakatdagi qatlamli adsorbent bilan;
kaynab turgan qavat bilan.
Sorbent yuzasida sorbatning to„planishi tufayli ularning
xususiyatlari doimo o„zgarib turadi va shuning uchun butun adsorbsiya
jarayoni statsionar emas.
Adsorbsiyalangan moddaning konsentratsiyasi sorbent qatlamining
balandligi bilan o„zgarganligi uchun moddiy va issiqlik balansi
tenglamalarini faqat elementar hajm uchun yozish mumkin. Natijada
matematik ifoda xususiy differensial tenglamalar sistemasidan iborat
bo„ladi.
Adsorbsiya jarayonini o„rganish asosida, harakatdagi faza uchun
bo„ylama siljishni hisobga olganda diffuziya modelidan foydalanish
mumkinligi aniqlandi, bundan tashqari harakatdagi fazada fazalar
o„rtasida massa almashinishi amalga oshadi. Turg„un faza uchun
matematik ifoda fazalar orasidagi massa ifodalovchi tashkil etuvchini
o„z ichiga oladi. U holda adsorbsiya jarayonining ikki fazali matematik
modelini quyidagicha ifodalash mumkin:
harakatdagi faza uchun material balansi tenglamasi:
turg„un faza uchun material balansi tenglamasi:
84
bunda
harakatdagi va turg„un fazalardagi komponentlar
konsentratsiyalari.
Boshlang„ich shartlar:
da
Chegaraviy shartlar:
da
Nazorat savollari
1.
Kimyoviy texnologiyada qo„llaniladigan asosiy massa
almashinish jarayonlarini nomlang.
2.
Massa almashinish jarayonlari asosda qaysi fundamental
qonunlar yotadi ?
3.
Fazaviy muvozanat nima? Fazaviy muvozanat konstantalarini
hisoblashning qanday usullarini bilasiz?
4.
"Suyuq-bug„" muvozanatini modellashda qanday muammolar
hal etiladi ?
5.
Suyuqlik va bug„ o„rtasidagi termodinamik muvozanat
qanday ifodalanadi? "Suyuqlik-suyuqlik" tizimida-chi ?
6.
Aralashmaning tarkibi va temperatura bilan komponentning
faolligini bog„lovchi qanday ifodalarni bilasiz?
7.
Massa uzatish va massa berish nima? Massa uzatish va massa
berish koeffitsiyentlari o„zaro qanday bog„langan ?
8.
Rektifikatsiya nima?
9.
Rektifikatsiya jarayonining matematik ifodalanishiga qanday
tenglamalar kiradi ?
10.
Rektifikatsiya jarayonini modellashda dastlabki ma‟lumotlar
va hisoblash natijasi nimadan iborat ?
11.
Nasadkali kolonkani modellash tavaqchalisidan tubdan nima
bilan farq qiladi?
12.
Chiziqlimas
tenglamalar
sistemalarini
yechishda
qo„llaniladigan qanday sonli usullarni bilasiz?
13.
Ajratish va rektifikatsiya jarayonlari o„rtasidagi farq nima ?
14.
Absorbsiya jarayonini qanday matematik modellar tasvirlaydi?
15.
Adsorbsiya jarayonini qanday matematik modellar tasvirlaydi?
85
Do'stlaringiz bilan baham: |