6
SO„Z BOSHI
Muayyan murakkab ishlab chiqarish texnologiyasini amalga
oshiruvchi
har
qanday
kimyoviy,
oziq-ovqat,
farmatsevtika,
mashinasozlik ishlab chiqarishi ko„plab qurilmalar
va ular orasidagi
texnologik aloqalardan iborat o„ziga xos kimyoviy-texnologik tizimdir.
Bunday ishlab chiqarishni loyihalash va ishlatish ma‟lum bir mavzu
bo„yicha chuqur bilim va ko„nikmalarni talab qiladi.
Yangi kimyoviy-texnologik tizimlarni ishlab chiqishda yoki
mavjud bo„lgan tizimni yangilashda asosiy vazifa sifatli mahsulotni
iqtisodiy jihatdan kerakli hajmda olish
imkonini beradigan kimyoviy
ishlab chiqarish muhitini yaratishdir.
Mavjud kimyoviy-texnologik tizimlardan foydalanilganda, ishlab
chiqarishning shunday boshqarish tizimini yaratish kerakki, unda yuqori
unumdorlik va kam harajatlar bilan talab etilgan darajadagi sifatli
mahsulotni olish va ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni ta‟minlasin.
Kimyoviy-texnologik jarayonlarni ishga tushirishda nafaqat ishlab
chiqarishni tashkil etishni hamda uning
loyihalashda texnologik
sxemaga qo„yilgan funksiyalarini tushunishi, balki xom-ashyo
parametrlarining o„zgarish imkoniyatlari, mahsulotga qo„yilgan talablar
hisobga olinishi hamda uning manbaalaridagi ma‟lum saflardagi
o„zgarishlar natijasida qurilmaning ish
parametrlaridagi uzluksiz
o„zgarishlar, bo„lishi mumkin bo„lgan halokatlar, ishga tushurish,
to„xtatish va h.z.larga aralashish imkoniyati bo„lishi kerak.
"Kimyoviy-texnologik tizimlarni matematik modellashtirish"
kursining
maqsadi
kimyoviy-texnologik
jarayonlarni
yaratish
tamoyillarining asosiy tushunchalari, vazifalari
va ularni hisoblash
usullarini o„rgatish, shuningdek, talabalarni kimyoviy-texnologik
jarayonlarning keng tarqalgan elementlarini modellarini yaratish usullari
bilan tanishtirishdir.
Darslik 5320400-Kimyoviy texnologiya bakalavr ta‟lim yo„nalishi
uchun mo„ljallangan “Kimyoviy-texnologik jarayonlarni matematik
modellash” dastur asosida yozilgan. Unda massa almashinuvi, energiya
almashinishi,
sorbsiya jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar kinetikasini
matematik modellash va ular asosida hisoblashlarga alohida e‟tibor
qaratilgan. Olingan natijalarning kimyoviy-texnologik jarayonlarni
7
loyihalashda qo„llanilishi bo„yicha tavsiyalar berilgan.
“Kimyoviy-texnologik jarayonlarni matematik modellash” darsligi
5320400-Kimyoviy texnologiya bakalavr ta‟lim yo„nalishi talabalari
uchun mo„ljallangan bo„lib, undan 5A320400-Kimyoviy
texnologiya
magistri mutaxassisligi bo„yicha ta‟lim oladigan talabalar ham
foydalanishi mumkin.
Darslik birinchi marta o„zbek tilida yozilganligi uchun xato va
kamchiliklardan holi emas. Darslikni mazmuni va sifatini yaxshilashga
qaratilgan har qanday taklif va mulohazalar
mualliflar tomonidan
mamnuniyat bilan qabul qilinadi (
m_nurali@mail.ru
, 140104,
Samarqand sh., “Universitet” xiyoboni, 15, Fizikaviy va kolloid kimyo
kafedrasi).
Do'stlaringiz bilan baham: