Samarqand davlat universiteti o. E. Toshmurodov, B. B. Kipchakov, A. T. Umarov kurash turlari va uni


 Texnik harakatlarni amalga oshirishning umumiy asoslari



Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/94
Sana28.10.2022
Hajmi2,8 Mb.
#857898
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
Bog'liq
95fc08e918c3d8f031fad631963f00d9 KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH METODIKASI

 
5.2. Texnik harakatlarni amalga oshirishning umumiy asoslari 
Kurash texnikasi bu musobaqa qoidalarida ruhsat etiladigan 
usullar, qarshi usullar va himoyalanishlar yig‘indisidir. 
Usullar bu maqsadga yo‘naltirilgan hujum harakatlari bo‘lib, ular 
yordamida kurashchi raqibidan ustunlikka erishadi. Har bir usul ikki 
qismdan iborat. Birinchi qism - usul qo‘llash uchun ushlab olish. Ushlab 
olishlar yuqoridan, pastdan, orqadan, oldindan, yon tomondan va boshqa 


77 
ushlab olishlarga bo‘linadi. Ushlash usulni muvaffaqiyatli bajarishda 
katta ahamiyatga ega. Butun usullarni bajarish sifati ushlab olishning 
qay darajada oqilona amalga oshirilganligiga bog‘liq. Ikkinchi qismda 
turli xildagi harakatlar: tashlashlar, chalishlar, uloqtirishlar bo‘lishi 
mumkin. 
Milliy kurashda usullarni amalga oshirish paytida bir vaqtning 
o‘zida oyoqlar bilan turli harakatlar ham bajariladi, ya’ni chalishlar, 
qoqishlar, ilishlar, oldindan ilib otishlar, orqadan ilib otishlar. Bu 
harakatlarning ko‘pchiligi orqadan, oldindan, yondan, ichkaridan, 
tashqaridan bajarilishi mumkin. 
Bir xildagi ushlash bilan bir qator harakatlarni bajarish mumkin va 
aksincha, bir xil harakatning o‘zi turli ushlashlar bilan bajarilishi 
mumkin. Masalan, qo‘ldan va gavdadan ushlab tashlashni, zarba bilan 
ag‘darishni amalga oshirish mumkin. Lekin raqibni egilib qo‘l, gavda, 
qo‘l va bo‘yindan ushlab tashlash ham mumkin. 
Kurashchi har qanday usulni hujum va qarshi hujum uchun 
qo‘llashi mumkin. Usul yoki uning bir qismini aldamchi harakat sifatida 
qo‘llab, kurashchi haqiqiy niyatidan raqib diqqatini chalg‘itish va 
boshqa usul bilan hujumni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni 
tayyorlashi mumkin. 
Qarshi usullar raqib hujumiga javob tariqasida bajariladigan 
maqsadli harakatlar bo‘lib, ular yordamida kurashchi raqibi ustidan 
ustunlikka erishadi. 
Qarshi usullar murakkab texnik harakatlarga kiradi. Qarshi hujum 
uyushtirayotgan kurashchi bir zumda to‘g‘ri qaror chiqarishi va raqibi 
usulni amalga oshirishga ulgurmasligi uchun o‘z harakatlarini hujum 
qilayotgan raqib harakatlari bilan aniq moslashtirishi lozim. 
Himoyalanishlar raqibning usullarni (qarshi usullarni) bajarishiga 
to‘sqinlik qiluvchi maqsadli harakatlardir. 
Himoyalanishlar dastlabki va bevosita himoyalanishlarga ajratiladi. 
Dastlabki himoyalanish oldindan, ya’ni raqib usulni amalga oshirishdan 
avval bajariladi. Bevosita himoyalanish raqib hujumini to‘xtatishga 
qaratilgan. Bunday himoyalanish samaradorligi uning o‘z vaqtida 
bajarilishiga bog‘liq. Bevosita himoyalanish usul boshida, usulni 


78 
bajarish davomida yoki usulni bajarish oxirida amalga oshirilishi 
mumkin. 
Hamma texnik harakatlar kurashchilar tomonidan tik turgan 
holatdan turib bajariladi. 
Tik turish kurashchining holati bo‘lib, unda u oyoqlarda tik turadi. 
Tik turishlar o‘ng, chap va yalpi tik turishlarga ajratiladi. Ularning har 
biri, o‘z navbatida, baland, o‘rta va past bo‘lishi mumkin. Tik turishda 
kurashish yaqin, o‘rta va uzoq masofalarda olib borilishi mumkin. 

Download 2,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish