2.1Tasvir signaliga ta’rif.
Uzatiladigan tasvir to‘g‘risida batafsil ma’lumot to‘plagan elektr signali tasvir signali deb ataladi. Tasvir signali bir qutbli impulьs ko‘rinishidagi signallardan tashkil topgan (ularni qiymati vaqt o‘qiga nisbattan manfiy yoki musbat tomonga o‘zgarishi mumkin.) Bir qutbli signallar albatta doimiy qiymatga ega.
Tasvirni yoyish qonuniyatiga binoan bir satrdan ikkinchi satrga va bir kadrdan ikkinchi kadrga o‘tish davrida, pardada halaqit beruvchi tasvir ifodalanmasligi uchun, tasvir signaliga so‘ndiruvchi impulьslar kiritiladi. Bunday yig‘indi signallar to‘liq tasvir signali deb ataladi.
Fotoelektr o‘zgartirgichning chiqishidan olinayotgan videosignalning qiymati vaqtning funksiyasi hisoblanadi va uzatilayotgan tasvir elementlarining yoritilganligiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, masalan 1-rasmda ko‘rsatilgan oq-qora tasvir uchun eng yuqori sath oq rangga, quyi sathi esa qora rangga, oq va qora ranglarning orasidagi ranglarga kulrangning gradatsiyalari mos keladi.
1-rasm. Videosignalni shakllantirish.
a – uzatilayotgan tasvir, b – a-a satrni yoyishdagi signal shakli.
Qabul qilingan signal orqali tasvirni tiklash uchun to‘liq tasvir signadidan tashqari sinxronlovchi impulьslar talab qilinadi.Ular satr va kadr sinxroimpulьslardan iborat.
Satr va kadr sinxron impulьslar yig‘indisi sinxrosignal bilan biriktirilib to‘liq televizion signalni tashkil qiladi. To‘liq tasvir signali vaqt o‘qining bir tomonida joylashadi, ikkinchi tomoniga esa sinxrosignal joylashtiriladi. To‘liq televizion signal, satr tashlab yoyish rejimida yana murakkablashadi. Kadr ko‘rinishi vaqti oralig‘ida, kadr sinxroimpulьslari oldida va orqasida qo‘shimcha tekislovchi impulьslar joylashtiriladi. Bundan tashqari kadr sinxroimpulьsiga qirqib oluvchi impulьslar joylashtiriladi.
Bir kadr davomiyligi Tk, orqaga qaytish vaqti βTk, (kadr yoyish vaqti uchun β=τkgi/Tk) satr aktiv vaqtida (1-β)Tz ga teng (bizda qabul qilingan standart bo‘yicha Tz=N=64 mks, β=0,1875), kadr sinxroimpulьs doimiyligi τk, satrniki esa τg (standart bo‘yicha τk=3N=192 mks, τg=4 mks) ga teng deb olingan. Tekislovchi va qirqib oluvchi impulьslar chastotasi 2ƒz, davomiyligi τg deb belgilanadi.
Televizion signali quyidagi qismlardan tashkil topgan:
Video (ravshanlik) signali.
Satr va kadr so‘ndirish impulьslari (SSI’ va KSI’).
Satr va kadr sinxroimpulьslari (SSI i KSI).
KSI dagi ikkilangan satr chastotali qirqimlar.
Muvozanatlovchi impulьslar.
1. Ravshanlik signalining o‘zgarmas tashkil etuvchisi.
Satr va kadr davrlari uchun to‘liq televizion signalning shakli 2-rasmda keltirilgan.
2-rasm. Satr (a) va kadr (b) davrlari uchun to‘liq televizion signalning shakli.
To‘liq televizion signalning amplitudasi 1 volьtga teng, bundan 0,7 volьt tasvir signal amplitudasi, sinxrosignal uchun esa 0,3 volьtni tashkil qiladi. So‘ndiruvchi sathga nisbatan signalning qora sathi 5 % baland olinadi va bu oraliq qo‘riqlovchi oraliq deyiladi.
Signalda tasvir to‘liq ifodalansa, uni uzatishda imkon boricha shovqin va buzilishlar kiritilmasa, hamda yoyish tezligi doimiy saqlansa uning sifati tasvir signalining tiklanishida sezilarli darajada saqlanadi. Tasvirni elektr signalida to‘liq ifodalash uchun optik tasvirni signalga va signalni optik tasvirga aylantirgichlarning amplituda va chastota tavsiflari chiziqli ravishda o‘zgarishi lozim. O‘qish va yoyish aperturalarining o‘lchami iloji boricha kichik bo‘lishi signalning buzilishlarsiz tiklanishini ta’minlaydi. YOyilishda bir xil tezlik va masshtab bo‘lishi shart. Apertura o‘zgargan sayin signaldagi keskinlik pasayadi, tasvir mayda qismlari signalining amplitudasi xaqiqiy qiymatidan pasayadi, o‘ta kichik (apertura o‘lchamining yarmiga teng va undan kichik) qismlardagi signal o‘zgarmas yoki o‘zgarishi shovqin qiymati bilan teng bo‘lgan doimiy qiymatga aylanadi.
Barcha turdagi signallar qatori televizion signal ham o‘zining spektriga ega. TV signal spektri diskret chiziqli spektr bo‘lib, uning atrofida yon chastota polosali signallar ko‘rinishida etarlicha qisqa satr chastotasining garmonikalari to‘plangan ( 3-rasm), ular rasmda pasayib boradigan vertikal yoyilmani va tasvir detallarining harakatini tashkil etadi.
Bunda uzatilayotgan tasvir haqida ma’lumot eltuvchi diskret energiya zonalari hosil bo‘ladi, bu zonalarning energiyasi satr chastota garmonikalari tartibining ortishi bilan kamayib boradi. 3-rasmda videosignalning spektri keltirilgan.
3-rasm. Videosignal spektri.
Do'stlaringiz bilan baham: |