111
Nekrasovning butun ijodi osha "kizil ip" boʻlib oʻtadi. Uning
lirik qahramoni xalqning
ayanchli ahvolda turmush kechirayotganini koʻrib iztirob chekadi, bu xalqni baxtsaodat
manzillariga olib borishga, milliy taraqqiyot dovonlari sari yetaklashga ojizlik kilishini se-zib,
yanada eziladi. Lirik qahramon kechinmalaridagi ana shu ojizlik ohangi shoirning xastaligi
ogʻirlashgan sayin tobora kuchayib borgan. Nikolay Alekseyevich Nekrasovning rus mumtoz
sheʼriyatining boshqa buyuk namoyandalaridan birinchi navbatda xalqchilligi, ijodida
xalqning umumlashgan obrazi ustuvorlik kilishi bilan farqlanadi.
U xalq deganda dastavval
mulkdorlar zulmi tufayli xorzor yashayotgan mujiklarni nazarda tutadi, ular hayotining
noxush man-zaralarini tasvirlaydi. Ammo shu bilan birga 19-asr oʻrtalarida shakllana
boshlagan ilgʻor rus ziyolilarining ijtimoiy qarashlarini ham asarlariga singdirishga, bu
ziyolilarni shu xalqning kamchil, ammo peshqadam qismi ekanligini koʻrsatishga
urinadi.Sovet davrida Nikolay Alekseyevich Nekrasovning ijodida, bir tomondan, 19-asrdagi
rus jamiyati hayotidagi salbiy tamoyillar —"turmush prozasi"
tasviri ustuvorlik qilgani,
ikkinchi tomondan, dekabristlar va ular xotinlarining obrazi katta mexr bilan yaratilgani
uchun shoir hayoti va ijodiy faoliyatini oʻrganishga alohida eʼtibor berildi. Ayni paytda na-
faqat rus, balki qardosh xalqlar sheʼriyatida ham Nikolay Alekseyevich Nekrasovning
anʼanalarining davom ettirilishi va rivojlantirilishi talab etildi. Oʻzbek shoirlari shunday
sharoitda Nikolay Alekseyevich Nekrasovning ijodiga xos faqat bir fazilat — xalqchillikdan
ibrat olishga harakat qildilar. Nikolay Alekseyevich Nekrasovning asarlarining oʻzbek
tiliga
asosiy tarjimoni Mir-temir shu masalada rus shoiri anʼanalarini rivojlantirib, oʻzbek
sheʼriyatining milliy oʻziga xosligini taʼminlashga ulkan hissa qoʻshdi. Nikolay Alekseyevich
Nekrasovning asarlari oʻzbek tiliga Mirtemir, Zulfiya va boshqa shoirlar tomonidan tarjima
qilingan
.
Taniqli rus shoiri Nikolay Alekseevich Nekrasovning bolalik yillari Volga bo‘ylarida – o‘zi
tug‘ilib o‘sgan joylarda o‘tgan edi. Shoirning yoshlik tarbiyasida oqila onasining roli katta
bo‘lgan. Shu bois u keyinchalik “Ona” poemasini onasiga bag‘ishlab yozgan edi. O‘g‘lining
dehqon bolalari bilan o‘ynashi, yayrab yurishini xohlagan ona – Yelena Andreevna bo‘lajak
shoirning xalqparvarlik ruhida tarbiyalanib o‘sishiga munosib hissa qo‘shgan edi.
Bugina emas, Nekrasovning enagasi ham hayot va xalq ijodi ruhi bilan sug‘orilgan ajoyib
ertaklar aytib, bo‘lajak shoir xayolotini qanoatlantirar edi. Shu-shu Nekrasov ertaklarni
juda sevib qoldi. O‘z Vatanining dala va o‘rmonlariga, qor va sovuqlariga, bahorgi “yashil
shovqiniga” muhabbat bog‘ladi.
Nekrasov dehqon bolalari bilan hamisha hamnafas bo‘lganligi uchun dovyurak,
botir va
jasoratli bola bo‘lib o‘sdi. Bo‘lajak shoir 10 yoshga to‘lganda uni Yaroslavl gimnaziyasiga
o‘qishga berishadi. O‘qituvchilar bilimga havasmand, iste’dodli bolaga durust saboq bera
olmadilar. Natijada u gimnaziyani tashlab, mustaqil o‘qishga berilib ketadi. Otasi uning
ofitser bo‘lib yetishishini istar edi. Shuning uchun ham uni Peterburgdagi kadetlar korpusiga
o‘qishga yuboradi. Lekin ilm-fan cho‘qqilarini egallashga intilgani tufayli Peterburg
universitetiga o‘qishga kiradi. Ammo otasi o‘g‘lining o‘zboshimchaligidan tajang bo‘lib,
moddiy yordam bermay qo‘yadi. Biroq maqsad yo‘lida
sobitqadam Nekrasov moddiy
mahrumliklar sharoitida yashash va olg‘a harakat qilishga intiladi. Ana shu yillarda oddiy
odamlar turmushi og‘ir ekanligini sezadi va umrining oxirigacha ular haqida to‘lib-toshib
kuylaydi.Nekrasov dehqonlar to‘g‘risida, ayniqsa, ko‘p she’rlar yozadi. Bu she’rlarni o‘qir
ekansiz, go‘yo dehqonlarning o‘zlari o‘z og‘ir mehnatlari va qayg‘u-alamlari haqida so‘zlab
berayotganday tuyuladi. Nekrasov ularning hayotini shunchalik yaxshi bilar, ularni o‘ziga
shunchalik yaqin tutardi. Nekrasovning she’rlari go‘zal, ohangdor, juda boy va ayni
zamonda juda sodda tilda yozilgan edi. Bu tilni u Yaroslavl gubernasidagi qishloqda