III BOB. TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI
. Voleybol bilan shug‘ullanishni endigina boshlagan 10-12 yoshli
bolalarda sakrovchanlik sifati etarli darajada tarqqiy etmaganligi hamda sakrash va yugurish ko‘nikmalari deyarli shakllanmagani kuzatildi. Joydan turib va yugurib kelib balandlikka sakrash natijalari orasidagi farq juda kam miqdori tashkil etdi. Ma’lumki, yugurib kelib vertikal sakrash joydan sakrash natijasidan ancha yuqori bo‘lishi kerak.
O‘tkazilgan pedagogik tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, BO‘SM dasturi asosida dastlabki o‘rgatish jarayonida shug‘ullanib kelgan 9-12 yoshli voleybolchilarda maxsus jismoniy sifatlar sezilarli darajada o‘zgarmadi. Aynan shu sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni va harakatli o‘yinlarni o‘z tarkibiga kiritgan mashg‘ulotlar tadqiqot guruhida jismoniy sifat ko‘rsatkichlarini samarali o‘sganligini ko‘rsatib berdi. Ilmiy adabiyotni tahlili shundan dalolat beradiki, voleybol mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish chog‘ida xalq harakatli o‘yinlari etarli darajada qo‘llanilmaydi,bu Respublikamizda esa
hanuzgacha muammo bo‘lib turmoqda. Xalq harakatli o‘yinlari hamma fazilatlar, qobiliyatlar, sifatlarni tarbiyalash bilan bir qatorda aqliy va harakat ko‘nikma hamda malakalarining shakllanishida asosiy o‘rinlarni egallaydi.Xalq harakatli o‘yinlari voleybol seksiyasida shug‘ullanuvchi 9-12 yoshli bolalarga mo‘ljallangan dasturidagi mashqlar bilan qo‘shib olib borilganda jismoniy sifatlar rivojlanishi aniqlandi. Voleybol mashg‘ulotlariga xalq harakatli o‘yinlarining kiritilishi o‘quvchilarni jonlantiradi, ular o‘yinlarni kata qiziqish va ehtiros bilan qabul qildilar.Adabiyotlar taxlilidan shunday tuxtamga kelish mumkinki, yosh voleybolchilarni uyin malakalari texnikasiga urgatishda faqat standart mashqlardan foydalanish bolalarni mashg‘ulotlarga bulgan qiziqishni sundiradi, natijada texnik mahorat jadal shakllanmaydi. Surovnoma natijalari shuni kursatdiki, yosh voleybolchilar mashg‘ulotlarida texnik mahoratni rivojlantiruvchi harakatli uyinlar deyarli qullanmas ekan. Utkazilgan pedagogik tajriba nazorat guruhida qullanilgan an’anaviy mashg‘ulotdar bolalar texnik mahoratini jadal shakllantirish kuchiga ega emas ekan. Aksincha, mashg‘ulotlarda uyin texnikasiga xos elementlardan iborat maxsus harakatli uyinlarni muntazam qullab borish yosh voleybolchilar texnik mahoratini samarali ustira olishi isbot qilindi. Mavzu doirasida tahlil etilgan ilmiy va uslubiy adabiyotlardan shu narsa ayon bo‘ldiki, yosh voleybolchilarni tayyorlashda, jumladan ularning texnik mahoratini shakllantirishda maxsus ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yinlarning amaliy ahamiyati beqiyosdir.
Voleybolchilar texnik tayyorgarligini rivojlantirishda harakatli o‘yinlar samaradorligi, ularning ahamiyatini aniqlashga qaratilgan savolnoma natijalariga ko‘ra, murabbiylarning aksariyat qismi texnik tayyorgarlik jarayonida harakatli yoyinlarning ijobiy ahamiyatini to‘g‘ri baholay olmadilar. Demak, ularning professional faoliyatida harakatli o‘yinlardan foydalanish maromida emas va bu masalaga etarliga urg‘u berilmasligi kuzatildi.Tadqiqot davomida ishtirok etgan
bolalarning texnik tayyorgarli talabga javob bermasligi ko‘zga tashlandi.
Pedagogik tajriba natijalari yosh voleybolchilar texnik tayyorgarligini shakllantirishda maxsus ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yinlarning samarali ekanligini isbotladi va qisqa muddat davomida to‘p uzatish va zarba berish aniqligi hamda texnikasi qanchalik keskin shakllanishi mumkinligi namoyish etdi. To‘pni «Uzat-o‘tir», «To‘p uzatish estafetasi» va «Turli balandlikda osilgan to‘plarga sakrab zarba ber» kabi harakatli o‘yinlar yosh voleybolchilar texnik tayyorgarligini oshirishda uta samarali vosita ekanligini isbotlab berdi.YUqorida qayd etilgan maxsus harakatli o‘yinlarni voleybolchilar mashg‘ulotlariga tadbiq etish ularning texnik tayyorgarligiga ijobiy ta’sir etishga kafolat beradi. Demak yosh voleybolchilarni tayyorlash jarayoni kuzatuv va tadqiqot asosida hamda harakatli o‘yinlar ishtirokida tashkil qilinsa texnik mahoratni shakllanishi shunchalik tezroq muddatda va engil amalga oshirilishi mumkin va asta sekinlik bilan usib borayotgan avlodni tarbiyalab ruhan manaviy yetuv sportchi etib tarbiyalash kerak natijalardan ko’rinib turibtiki sportchilarni yoshlikdan tarbiyalab boorish ularda sportga qiziqishni uyg’otadi
XULOSA
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida qo‘yiladiganasosiy maqsad - sog‘iiqni mustahkamlash hamda yuqori sportnatijalariga erishish awalambor yoshlikdan boshlab umumiyjismoniy sifatiami rivojlantirish muhimligiga e’tibor qaratadi. Aksariyat olimlaming ta’kidlashicha, muayyan sport turi bo‘yicha muntazam o‘tkazib boriladigan hamda hajm va mazmun jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mashg‘ulotlar bolalar va o‘smirlar organiziniga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Lekin umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslangan va tor doirada ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan. Binobarin, dastlabki o‘rgatish bosqichida jismoniy va texniktaktik mashqlar nisbatini to‘g‘ri rejalashtirish bolalar sport mahoratini samarali shakllantirish imkoniyatini yaratadi voleybol sport turi yoshlarni jismoniy sifatlarini rivojlantiradi yoshlarni voleybolga qiziqtirish turli sport musobaqalarini tashkil qilish mamlakatimizda voleybol sport zallarini tashkil qilish yanada yuqori chuqqilarga olib chiqadi. Ammo bu, albatta, mutaxassisning bilimiga, kasbiy ko‘nikma va malakalariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun mutaxassislami tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv dasturining eng e’tiborli va asosiy bo‘limlaridan biri boshlang'ich o‘rgatish uslubiyati (texnologiyasi) bo‘lib hisoblanadi Yuqorida keltirilgan ma’lumot va o‘rgatish jarayonida e’tiborga olinadigan omillar ma’lum uslubiy tartibda asoslangan rejalashtiruv hujjatlaridan joy olishi kerak. Bundan tashqari, boianing ichki «sirli» imkoniyatlarini hamda mavjud omillami aniqlash tanlov dasturi va mashqiari yordamida amalga oshirilishi zarur. Olingan natijalar o‘rgatish uslublarini, bosqichlarini va texnologiyasini qo‘llashda tayanch ornil bo‘lib xizmat qilishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |