Yerga tushish.
Yerga- to‘g‘ri tusha bilishning o’zoqroqqa sakrashdagi ahamiyati juda katta. Erga tushishi yaxshibo‘lmagani uchun yaxshi natijaga erisha olmaydigan sakrovchilar ozmuncha bo‘lmaydi.
Har qanday usulda sakraganda ham, erga tushishdan sal ilgari ozroqqina bukik oyoqlari olg‘a tomon «uloqtirib» yuborib, tovonlari tosdan ozgi.na pastda qoladig-an darajagacha yuqori ko‘tarish kerak (11- rasm). Gavda haddan tashqari oldinga bukilmasligi kerak, chunki bunda oyoqlarni yuqoriga faol ko‘tarish qiyinlashib qoladi.
Uzunlkkka sakrashning hamma usullarida ham erga tu-shish bir xil bo‘ladi. Sakrovchining tovoni qumgatekkan zahoti oyoqlar bukila boshlaydi bu erga tushishni mayinlashtiradi va sakrovchi tayanchdan o‘tib ketguncha u. o. m. ni pastlatib olg‘a suradi.
11-rasm. Uzunlikka sakrovchining erga tushish oldidagi harakterli holatlari
Erga «cho‘qqayib» tushish variantida (12-rasm, a) sakrovchi tushishga tayyorlanayotganda gavdasini oldinga kamroq engashtiradi, lekin oyoqlarini faolroq yuqori ko‘taradi. Sakrovchining buxarakati u. o. m. o‘zining dastlabki uchib chiqish darajasigacha, ya’ni depsinish tugayotgan paytdagi balandligi darajasiga qaytgan paytda boshlanadi. Erga tushishga yaqinlashayotganda sakrovchi tos-son bo‘g‘imini yoza borib, tosni va oyoqlarni oldinga chiqaradi, gavdani esa orqaga olib qochadi. Sakrovchi tosni sal oldinga chiqarib, oyoqlarni. olg‘a «uloqtirib» yuborsa, o‘z u. o. m. traektoriyasining er bilan kesishadigan joyiga yaqinroqda qumga tushishi mumkin.
G‘ujanak bo‘lib qo‘nish variantida (12-rasm, b) sakrovchi oyoqlarini yuqori ko‘tarish bilan birgalikda gavdani oldinga engashtiradi.
Sakrovchining gavdasi oldinga qanchalik ko‘p engashsa, oyoq-larni- gorizontalgacha ko‘tarish shuncha qiyinlashadi. Shunday qilib, sakrovchi g‘ujanak bo‘lib erga tushganda, nazariy mumkyn bo‘lgan nuqtaga eta olmaydi (V.M.Dyachkov hisobicha 25 sm cha beriga tushadi).
Erga tushgandan keyin oldinga chiqib ketishning uchta asosiy usuli bor: 1) judaham past cho‘nqayib, qo‘llarni shiddat bilan harakatlantirish; 2) oyoqlarni elka kengligida kerib erga tushishbunda gavdani o‘ngga yoki chapga burib, ikki tizza orasiga ko‘proq engashish hisobiga u. o. m. ni yanada pastroq tushirishga imkon qosil bo‘ladi,
12-rasm. Erga o‘tirib (a) va g‘ujanak bo‘lib (b) tushishning sxemasi.
3) bu usul birinchi usulga o‘xshash, lekin bunda erga tushgandan keyin, tesni ilgarilatib va biron yonga yiqilaturib tayanch ustidan o‘tiladi; sakrovchi pastga yiqilishni (bunda u. o. m. yanada past tushadi), binobarin ildamlashni davom ettirib orqaga yiqilish mumqin bo‘lgan kritik suqtadan oldinga o‘tib oladi. Bu usullardan eng mukammali mana shu uchinchisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |