2-ma`ro’za. 2-soat
Mavzu: Yengil аtlеtikаning jismоniy tаrbiya tizimidаgi o’rni.
Оmmаviy spоrt tadbirlaridа yengil аtlеtikаning аhаmiyati
Reja:
1. Yengil аtlеtikаning jismоniy tаrbiya tizimidаgi o’rni.
2. Оmmаviy spоrt tadbirlaridа yengil аtlеtikаning аhаmiyati
3. Sport mashg’ulotlari tamoyillari
Har tomonlama jismoniy rivojlanish, sog’likni mustahkamlash va sportda muvaffaqiyat qozonmoq uchun, jismoniy va ma’naviy sifatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash zarur. Ana shu jismoniy va ma’naviy – irodaviy sifatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash yengil atletikachilar mashg’ulotlarining muhim qismidir.
Yengil atletikachilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish (jismoniy tayyorgarlik) – eng avvalo sportchining har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlanish jarayonidir. Shunga ko’ra jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo’linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik deganda yengil atletikachining gormonik rivojlanishi, ya’ni harakat muskulaturasini rivojlantirish, organizm organlari va sistemalarini mustahkamlash, ularning funksional imkoniyatlarini oshirish, boshqara olish qobiliyatini yaxshilash, kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni oshirish, qomat va tana to’zilishidagi kamchiliklarni to’zatish nazarda tutiladi. Bunga erishish uchun turli xil harakat faoliyatida qatnashuvchi organizm organlari va sistemalari bilan hamma tana qismlariga jismoniy mashqlar yordamida muntazam ta’sir etib turish zarur.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun nima talab etilishiga qarab, sportchi organizmining hamma funksional imkoniyatlarini, hamma organlar va sistemalarni yuqori darajada rivojlantirishga qaratilgan. Buning uchun tabiiyki tanlab olingan yengil atletika turining mashqlari va maxsus mashqlaridan foydalaniladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun qo’shimcha umumiy ta’sir ko’rsatadigan mashqlardan, maxsus tayyorgarlik uchun esa aniq maqsadga yo’naltirilgan mashqlardan foydalaniladi. Lekin umumiy jismoniy tayyorgarlikda ham jismoniy rivojlanish, tana to’zilishi, qomat rasoligi va shunga o’xshashlardagi kamchiliklarni yo’qotish uchun aniq yo’naltirilgan mashqlar qo’llanadi.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar asosiy rol o’ynaydi. Xuddi shu sifatlarda yengil atletikachining butun organizmidagi organlar va sistemalar ish qobiliyatiga asoslanib, uning harakat qilish imkoniyati aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |