Uchish fazasi.
Depsinishdan keyin, sakrovchi ballistik egri chiziq bo‘ylab u. o. m. traektoriyasini hosil qilib uchish fazasiga o‘tadi. Gorizontal tezlik vertikal tezlikdan ancha ortiq ekani sakrovchining uchib chiqish burchagi eng yaxshi (45° ga yaqin) bo‘lishiga to‘sqinliq qiladi. Jahondagi eng kuchli sakrovchilarda bu burchak ayrim paytda 25° gacha etadi. Ko‘pincha esa u 17—23° ga teng bo‘ladil
Sakrashning uchish fazasini, ko‘tarilishga, uch usuldan biriga mansub bo‘lgan harakatlar bilan («oyoqlarni bukib»,«ko‘krak- kerib» va «qaychi») uchishni davom ettirishga va erga tushishga ajratsa bo‘ladi.
Ko‘tarilish uzunlikka sakrashning barcha usulida asosan bir xildir. Depsinishdan keyin depsinuvchi oyoq bir oz orqada qoladi, keyin esa sonning bldinga ko‘tarilishi va boldirni orqaga harakati natijasida bukila boshlaydi.Shu bilan bir vaqtda silqinch oyoq sonning pastga va boldirning inersiya bilan oldinga harakati natijasida yozila boradi.
5-rasm. Yugurib kelib uzunlikka sakrashda depsinish dinamogrammasi
Ko‘tarilib chiqqanzahoti gavda, taxminan,depsinishdan keyingi holatda bo‘ladi.Qo‘llar sal pastga tushib, muvozanat saqlanadi; Bunday o‘tish holati«uchish qadami» deb atalib, sakrovchi ko‘tarilib chiqqan zahoti shunday holatda bo‘ladi.
6-rasm. Yugurib kelib uzunlikka sakrashda depsinish sxemasi
Buning davom etishi sakrash o’zoqligining chorak qysmidan nari o‘tmaydi. Uchish qadami «qaychilash» bilan, ko‘krak kerish yoki oyoqlarni bukish bilan tugaydi. Sakrash usuliga qarab (aniqrog‘i, uchish fazasidagi harakat qanday ekaniga qarab) uchish qadamida ba’zi bir xususiyatlar bo‘lishi mumkin. Lekin «qadam» harakatining asosiy strukturasi bir xildir. Sakrashning qanday usuli bo‘lmasin sakrovchi, uchish qadamida boshlagan boshqa harakatlar bilan birgalikda, tosni oldinga chiqarishi kerak. Shunday qilib, barcha uzunlikka sakrash usullaridan uchib chiqqandan keyin gavda orqaga engashadi. Depsinishning yakunlovchi holatida gavdani shiddat bilan oldinga tashlash gavda oldinga aylanib ketishiga va muvozanat yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish uchun, sakrovchi depsinib bo‘lgan zahoti tezda gavdani orqaroq tashlab, bir yoki ikkala qo‘lini yuqrilatib orqaga harakatlantirishi, silkinch oyoqni oldinga cho‘zib to‘g‘rilashi, undan keyin esa pastga tushirishi kerak. Agarda mana shunday harakat odat tusiga kirib qolsa, muvozanatni yo‘qotmay sakrash va erga barvaqt. tushib qolmaslik mumkin buladi. Keyinchalik orqaga engashishni, ikki qo‘lni va silkinch oyoqni uchish fazasi boshida to‘g‘ri harakatlantirishni bilib olgandan keyin, dadilroq depsinaversa bo‘ladi. Bunda sakrovchi muvozanat yo‘qotish g‘amink emaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |