Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti sport turlarini o


Nayzani uloqtirish texnikasiga o‘rgatish



Download 3,27 Mb.
bet52/173
Sana13.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#784576
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   173
Bog'liq
Yengil atletika Majmua 2-kurs 2019

Nayzani uloqtirish texnikasiga o‘rgatish

Nayzani uloqtirish texnikasiga o‘rgatish uslubi granata uloqtirish texnikasiga o‘rgatishga o‘xshashdir.Lekin, anjomlar ularning og‘irligi, xususiyati va anjomni o‘qiga (nayzaga «tushish») kuchlanishni kerakligi bilan ajraladi. SHuning uchun ko‘proq e’tiborni ikkinchi vazifaga - «Turgan joyida nayzani uloqtirish texnikasi»ga qaratiladi.


Uloqtirish maxsus snaryadlarni uzunlikka irg‘itish va uloqtirish mashqlaridir. Ularning natijalari metr va santimetrlarda aniqlanadi. Uloqtirish asab-mushak kuchlanishi qisqa vaqtda maksimal bo‘lishi bilan xarakterlidir. Bunda qo‘l, elga kamari va tana mushaklarigina emas balki oyoq mushaklari ham faol qatnashadi. Engil atletika snaryadini o’zoqqa uloqtirish uchun kuch, tezlik chaqqonlik yuqori darajada rivoj topgan bo‘lishi va o‘z kuchini bilmoq zarur.Engil atletikadagi uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga bo‘linadi.Bosh ortidan uloqtirish (nayza, granata).

  1. Aylanib uloqtirish (disk, bosqin).

  2. Itqitish (yadro).

Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarning shakli va og‘irligiga bog‘liqdir. Engil ushlash o‘ng‘ay bo‘lgan snaryadlarni to‘g‘ridan yugurib kelib, bosh ortidan boshlab o’zoqqa uloqtirish mumkin, og‘irroq snaryadlarni aylanib uloqtirish o‘ng‘ayroq maxsus tutgichi bo‘lmagan og‘ir snaryad yadroni esa itqitish o‘ng‘ayroq.
5. Ko‘pkurash: yugurish, sakrash va uloqtirish ishining har xil turlari o‘z ichiga oladi. Ko‘pkurash tarkibidagi muhtoriga qarab nomlanadi: to‘rtkurash, beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, o‘nkurash.
Ko‘pkurashning asosiy turlari: erkaklar uchun o‘nkurash va ayollar uchun beshkurash va o‘spirinlar uchun oltikurash va sakkizkurash.Musobaqalarni yengillashtirish uchun engil atletikani bunday og‘ir turlaridan musobaqalar ikki kunda o‘tkaziladi. Ko‘pkurashning asosiy turlari: ko‘pkurash bo‘yicha shug‘ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli bo‘lishlaridan tashqari, sprinterlardek tezkor, uloqtiruvchilardek kuchli, o‘rta masofalarga yuguruvchilardek chidamli bulishlari kerak.
Ko‘pkurash programmasini to‘la bajarish esa umuman a’lo darajada chidamli bo‘lishni, yuqori darajada rivojlangan irodaviy fazilatlarni talab qiladi.
Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish - engil atletika bilan endigina shug‘ullana boshlovchilar uchun har tomonlama jismoniy rivoj topishining eng yaxshi yo‘lidir. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish sportchilar organizmiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish bilan engil atletikaning alohida turi maxsus mashg’ulot qilish uchun ham yaxshi zamin yaratib beradi.
Ko‘pkurash natijasi sportchining ko‘pkurash tarkibidagi har bir turda ko‘rsatilgan natijasi uchun olgan ochkolar yig‘indisi bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus ochkolar jadvalidan foydalaniladiSportcha uloqtirishdan maqsad - uloqtiruvchi harakatini chegaralovchi ma`lum qoidalarga rioya qilib, asbobini mumkin qadar o’zoq masofaga tashlashdir.
Uloqtirish-g’ayrisiklik mashq bo`lib, uloqtiruvchidan katta asab-muskul kuchini va yaxshi jismoniy tayorgarlikni talab qiladi. Busiz Yuqori sport natijalariga erishish mumkin emas.
Sport snaryadalarining o’zoqroqqa borib tushishi sportchi uloqtirish texnikasini bilishiga anchagina bog’liqdir.Snaryadning uchishi va uloqtirish texnikasi mexanikaning umumiy qonunlariga bo’ysunadi.Lekin sport snaryadlarining konstruktsiya xususiyatlariga va musobaqa qoidasiga qarab, uloqtirish texnikasi bir-biridan farq qiladn,
Har qanday jismning uchishi masofaning o’zoqligi uning borejag’ich uchish tezligiga, uchib chiqish burchagiga va havo muhitining qarshiligiga bog’liq.
Shunday qilib, uloqtiruvchi, aylanayotganda, tanasining aylanish tezligi o`zgartirmasdan, snaryadni aylanish markazidan o’zoqlashtirish hisobiga xarakat miqdorini oshirishi mumkin. Bunday imkoniyatni to’liq ishga solib bo`lgandan keyin, burchak tezligini oshirishga intilish mumkin. Bunday xulosaga kelish sababi-gavdaning aylanish tezligi maksimalga yaqinlashuvi bilan harakatni nazorat qilish juda qiyinligidadir. Shuning uchun uloqtiruvchi o`zining vestibulyar apparatini juda ham yaxshi chiniqtirgan bo`lishi va muskullarini bushashtirshni boshqara bilishi zarur.
Aylanish vaqtida uloqtiruvchining aylanish tezligi ortib, snaryadning (boskon, disk) aylanish radiusi kamaysa, snaryadning harakat tezligi pasayishi mumkin. Shuning uchun ham boskonni dastlabki silkitishni, aylanishni va oxirgi kuch berishni boskon sharini aylanish o’qidan maksimal o’zoqlashtirib bajarish maqsadga muvofiqdir. Garchi disk uloqtirishda ilgarilab boruvchi boruvchi harakatning aylanma harakatga nisbati boskon uloqtirishdagidan katta bo`lishiga qaramay, bunda ham xuddi shunday qilaverish kerak.
Yugurib kelishni aniq bajarganda snaryad bilan harakatlanayotgan uloqtiruvchining tezligi uloqtirishning boshlang’ich fazasidan oxirgi fazagacha tobora o’sib borishi kerak. Lekin bu tezlikning usishi o’zluksiz va tekis bo’la olmaydi, chunki Yugurib kelish mobaynida depsinish sharoiti o`zgarib boradi (yakka tayanch, kush tayanch va tayanchsiz fazalar). Uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlarining harakat tezligi uloqtirishning turli fazalarida anchagina farq qiladi, ammo snaryadning jila borish tezligi uning uchib chiqish paytida maksimalgacha yetishi kerak.
Snaryad bilan harakat qilayotgan uloqtiruvchi massasining olg’a siljishi oxirgi kuchlanish oldidan sekinlashuvi uloqtirish o’zoqligiga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Bunda snaryadning uchib chiqish tezligi (shu bilan birgalikda uning o`zoqqa borishi ham) taxminan joydan turib uloqtirishdagiga teng bo’ladi. ya`ni oxirgi kuch berish qanchalik mukammal bajarilmasin, Yuqori natijaga erishib bo’lmaydi. (Masalan, joydan turib itkitish bilan Yugurib kelib (irg’ib) itkitishda yajroning o’zoqqa borishidagi farq o`rta hisobda 1-1,5 m ga. disk uloqtirishda 6-8 m ga, nayza uloqtirishda 20-25 m ga etadi.)
Snaryadni qo’ldan chiqarib yuborish, har doim oyoqlar yerga tayangan vaqtga to’gri kelishi kerak. Bu esa harakat sekinlashadigan payt demakdir.
Oxirgi kuch berishga tayorlanshi, oxirgi kuch berish va to’xtatish fazasi. Oxirgi kuch berishga tayorlanish turli xil uloqtirishda turli buladi, ammo barcha xollarda uloqtirish oxirida snaryad harakati tezligini oshirish katta ahamiyatga ega.
Shu bilan birga oxirgi kuch berishni bajarmoq uchun uloqtiruvchi shunday holatda turishi kerakki, u xolat oxirgi fazani snaryad eng katta tezlik bilan uchib chiqadigan qilib bajarishga imkon bersin.
Uloqtirishning ko’pchilik turlarida uloqtiruvchining snaryadni ayni qo’ldan chiqarishgacha bo`lgan oraliq xolatlarining umumiy jihatlari ko’p. Bu oraliq holatlar uchun uloqtirayotganda gavda, oyoq mushaklaridan to’liq foydalanish maqsadida u.o.m. bir qancha pastga tushishi xarakterlidir. U.O.M. oxirgi kuch berish oldidan oyoqlarni ma`lum kenglikda va bukib qo’yilshi hisobida pasayadi. Bu paytda snaryad mo’ljaldagi uchib chiqish nuqtasidan mumkin qadar o’zoqda bo`lishi (uning harakat yo’li bo’ylab) juda muhim. Snaryad uchib chiqish nuqtasidan va oldingi tayanch nuqtasidan eng ko’p o’zoqlashtirmoq uchun, snaryad tutgan qo’l bilan birga gavdani uloqtirish yo`nalishiga qarama-qarshi tomonga engashtiriladi yoki aylantirib buriladi. Gavda qismlarining bunday turishi uloqtiruvchi kuchining snaryadga ta`sir etish yo’lini o’zaytirishga imkon beradi. Oxirgi kuch berish ordindan oyoqlarni snaryadga nisbatan sezilarli ildamlatishdan maqsad ham shu. Uloqtirishga tayorlanishda Yugurib kelish tartibi bo’zilmasa, uloqtirish tomon umumiy olg’a intiluvchi harakat saqlab qolinsa, shundagina uloqtirishga tayorlanish eng to’g’ri bajarilgan bo’ladi.
Oxirgi kuch berishga tayorlanish jarayonida va snaryadni qo’ldan chiqarish paytida uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlari siljish tezligining o`zgarish harakteri umumiydir. Buni sxematik tasavvur etsa ham bo’ladi. (T.E.Vasil’ev fikricha);
1. Uloqtiruvchining snaryad bilan birga dastlabki tezligi (Yugurib
kelishga tayorlanish va Yugurib kelish).
2. Tezlikning umumiy oshirilishi (tezlashib yugurib kelish).
3. Uloqtiruvchi gavdasining yuqori qismiga va snaryadga nisbatan
gavdaning pastki qismlari tezligini oshirish (oxirgi kuch berishga
tayorlanish).
4. Gavdaning pastki qismlari siljishini sekinlatib, gavdaning yuqori
qismlari bilan snaryad harakatini tezlatish (uloqtirish holatiga o’tish va
oyoqlarni keskin to’g’rilab uloqtirish).
5. Olg’a intiluvchi va aylanma harakatlarning to’liq to’xtatilishi.
Oxirgi kuch berishdan to’la foydalanish uchun muskullarning elastiklik xususiyatidan foydalanish imkoniyatini ham nazarda tutish kerak. Uloqtirishni bajarayotganda muskullar elastikligidan bilib foydalanish, sportchilarga iroda kuchi sarflash bir xil ekanida ham snaryadga ko’proq kuch bilan ta`sir etish imkonini beradi. Muskullarning elastshslik xususiyatidan foydalanish ayniqsa yakunlovchi fazada muhimdir.
Oxirgi kuch berishda kuchning snaryadga ta'siri uloqtiruvchi kush tayanch holatda ekanidagina eng zur bo’lishi mumkin. Bunda chap oyoq gavda bilan snaryadni ma`lum burchak ostida Yuqoriga siljishiga yordam bershi kerak. Chap oyoqni yerga qo’yib bir qo’llab uloqtirishda shu oyoq sal bo’lsa ham bukiladi. Oyoqkning bukilish miqdori uloqtiruvchining olg’a intiluvchi xarakatining tezligiga va uning muskullaridagi kuchga bog’liq.
Uloqtirishda sportchi oyoqlarining qanchalik tez va kuchli to’g’rilanishi xamda buni gavda va qo’l harakatlari bilan moslay bilish himoyaga ega. Uloqtirish vaqtida avval yirik muskul gruppalar, keyin esa tez qisqarish qobiliyatiga ega bo`lgan kichik muskul gruppalari ishga tushsagina gavdani eng tez to’g’rilash mumknn.
Oxirgi uch berishda kariyb hamma vaqt olg’a tomon Yuqorilab yo`nalgan eng tez xarakat bilan bir paytda ko`krak ham uloqtirish tomoniga buriladi. Uloqtirishning turi va usuliga qarab yelka kamari bilan tos xarakatidagi munosabatda ba`zi bir farqlar bo’ladi.
Yakunlovchi kuch berishni yerga tayanib turganda bajarish foydalidir. Sakrab oyoqlarni aktiv almashtirib bir qo’llab uloqtirishda tayanchsiz xolda ham snaryadga unchalik katta bo’lmagan yakunlovchi kuch ta`sir ettirish (masalan, panjani ezish bilan snaryadga ta`sir etish) mumkin.
Agar uloqtiruvchi yakunlovchi kuch berish paytida katta tezlik xosil kila olmasa va oyoqlari bilan aktiv depsina olmasa, sakrab oyoqlarni almashtirishni bir-biriga mos keltirib b’lmaydi.
Snaryadning uchib chiqishi va uchishi. Snaryadning uchib chiqish nuqtasining balandligi va uning uloqtiruvchiga nisbatan qaysi joyda bo’lishi turli xil uloqtirishda turlichadir. Chunonchi, yadaro, nayza va granataning uchib chiqishi qo’lning eng Yuqori ko’tarilgan nuqtasiga to’g’ri kelishi bilan birga yadro itkitishda qo’lning to’la to’g’rilanishiga ham to’gri keladi. Aylanib uloqtirishda (disk, boskon) snaryadni yelka bug’iniga yakin balandlikdan, ya`ni qo’l (yoki qo’llar) gorizontal holatga yaqinlashayotganda chiqarib Yurish foydaliroq. Snaryadni oldinroq yoki kech chiqarib yuborish, uning uchish yo`nalishini o`zgartiradi va odatda snaryad borib tushadigan masofani kamaytiradi.
Havoda harakat qilayotgan har qanday jism muayyan qarshilikka duch keladi. Bu qarshilik harakatdagi jismning tezligiga, katta-kichikligiga, shakliga va shu jismning havo oqimi yo`nalishiga nisbatan qanday turganiga bog’liq.



Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish