Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti sport turlarini o



Download 3,27 Mb.
bet51/173
Sana13.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#784576
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   173
Bog'liq
Yengil atletika Majmua 2-kurs 2019

Estafeta yugurish turlari
Estafetali yugurish tomoshabinlarorasida katta qiziqish uyg‘otadi.Yengil atletikada estafetali yugurishning quyidagi turlari farqlanadi:
— stadionda o‘tkaziladigan estafetali yugurish. Bu yerga 4x100m, 4x400 m musobaqalar kiradi, ular klassik turlar hisoblanadi;
— har qanday masofalarga va har qanday miqdordagi bosqichlar bilan estafetalar, shuningdek, “shved” estafetalari, masalan, 800+400+200+100 (yoki teskari tartibda);
— stadiondan tashqarida, masalan, Shahar ko‘chalarida o ‘tkaziladigan estafetalar. Ular uzunligi va bosqichlar miqdori,qatnashchilari har xil toifadagi insonlar bo‘lishi bilan ajralib turadi(faqat erkaklar yoki aralash, ya’ni erkaklar ham, ayollar ham
yugurishlari mumkin).Oqilona texnika, maxsus mashg'ulot metodikasi, sportchilami
saralash tizimi va psixologik tayyorgarlik — buning hammasi yaxshiestafeta jamoasini yaratish uchun asosiy mezon hisoblanadi.Estafetalarda masofa bo‘y!ab yugurish texnikasi tegishli turlarningyugurish te x n ik a s id an farq qilmaydi. Estafetali yugurish
texnikasining o ‘ziga xos xususiyati — estafeta turiga mos holdaestafeta tayoqchasini yuqori tezlikda o’zatish texnikasidir.Estafeta jamoasining yaxshi natija ko‘rsatishida quyidagiomillar muhim sanaladi:
— sportchilarning tegishli masofalardagi individual ko‘rsatkichlari;
— estafeta tayoqchasini ishonchli o’zatish;
— jamoadagi sheriklarning muvofiq harakatlari;
— yagona jamoaning jipsligi.
Estafetali yugurish musobaqa qoidalariga muvofiq tayoqchani 20 m uzunlikdagi yoMkada o’zatish kerak. 4x100 m ga yugurishda II, III va IV bosqichlar yuguruvchilariga yo‘lak boshidan boshlab 10 m a tro fid a q o ‘shimcha yugurish beriladi, bu estafeta
tayoqchasini berish joyigacha yuqori tezlik olishga imkon yaratadi.Sportchilar yugurish va tayoqchani o’zatish zonalarini e ’tiborga olgan holda I bosqichda 110 m ni, II bosqichda — 130 m, III da - 130 m, IV da — 120 m masofani bosib o ‘tadilar. Shuning
uchun jamoa a ’zolarini bosqichlar bo‘yicha joylashtirayotganda ularning individual xususiyatlarini e’tiborga olish zarur.4x400 m ga estafetali yugurishda va boshqa hamma estafetalarda qo‘shimcha yugurish berilmaydi va ishtirokchilar 20 metrli yolakda
turgan holatlarida start oladilar. Bu estafetalarda yugurish tezligi pastroq va shu sababli qo‘shimcha yugurish berilmaydi.Estafetali yugurish quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:1) estafeta tayoqchasini biror joyga solib qo‘ymasdan; 2) estafeta tayoqchasini biror joyga solib qo'yib yugurish. Odatda birinchi usul qisqa masofaga estafetalarda sodir bo‘ladi, ikkinchi usul qolgan barcha estafetalarda foydalaniladi.Tayoqchaning samarali o’zatilishini ta ’minlash maqsadida yuguruvchilar estafeta tayoqchasini qabul qilib olishda start yugurishini aniq va o ‘z vaqtida boshlashlari uchun makonni his qilishlari, shuningdek, estafetani o’zatishda tayoqchani berish zonasida mumkin bo‘lgan maksimal tezlikni saqlab qolish, qabul qilib olishda esa o’zatish zonasining 15-metrida yugurish teziigini maksimal tez va barqaror tarzda osbirish u chun tezlikni his qiiish
sezgilariga ega bo‘lishlari juda muhim.Estafeta tayoqchasining yo‘lkada bo‘lgan vaqti uni o’zatish texnikasi samaradorligi mezoni bo‘lib hisoblanadi. Yuqori malakali
sportchilar uchun bu ko‘rsatkichlar erkaklarda o‘rtacha 1,80-1,90 s ni va ayollarda 2,05-2,15 s ni tashkil etadi. Sportchilar o’zatish zonasining 15-16-chi metrlarida eng yuqori tezlikka erishadilar.Estafeta tayoqchasini o’zatish texnikasi nooqilona bajarilgan bosqichda vaqt yo‘qotish o‘rtacha 0,1-0,3 s ni tashkil qiladi.4x100 m ga estafetali yugurish texnikasini ko‘rib chiqamiz.I bosqichda yuguruvchi past startdan turib 200 m ga yugurishdagi singari aylana yo‘lga start oladi. Estafeta tayoqchasi o‘ng qo‘lning uchta barmog‘ida ushlanadi, ko‘rsatkich va bosh barmoqlar tekislangan va start chizig‘i yonida yo‘lkaga tayanib turadi (36-rasm).



Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish