3-Ma’ro’za – 2 soat
Mavzu: Musоbаqа mаqsаdi vа vаzifаlаri.Yengil atletika musobaqalarining tаsnifi.
Reja
1. Musоbаqа mаqsаdi vа vаzifаlаri.
2. Yengil atletika musobaqalarining tаsnifi
3. Sportcha yurish da umumiy og‘irliq markazini harakati
Sportcha yurish texnikasining asoslari
Qadamlar urish va ugurishning asosiy elementi bo‘lib hisoblanadi (2-rasm). Ular qo‘l va gavda harakatlari bilan bog‘liq bo‘lib, bir xil holda ko‘p marta takrorlanadi (siklik harakatlar). Harakat sikli ikkilangan qadamdan o‘ng va so‘l oyoqlar harakati vaqtida, har biri tayanch va siltanish vazifasini bajaradi. Tayanch davri, oyoqni erga qo‘yish vaqtida boshlanib, undan o’zilishi bilan tugallanadi. Siltanish davri, oyoqni erdan ko‘tarish vaqtidan boshlanib, qo‘yish vaqti bilan yakunlanadi.
Har bir davr (tayanch va siltash) ikki fazaga bo‘linadi, bularning chegarasi bo‘lib vertikal davri hisoblanadi, yoki gavdaning og‘irlik markazi tayanch maydonining o‘rtasida bo‘ladi.
Yurish va yugurishda sportchining harakatlanuvchi kuchi bo‘lib, mushaklarni kuchlanishi hisoblanadi. Yurish va yugurishda, eng ahamiyatli fazasi depsinishdir, chunki shu orqali kishini gavdasi oldinga yuradi.
Yurish va yugurish texnikasi samaradorligi umumiy og‘irlik markazini bir chiziqda va tekis ko‘chishiga bog‘liqdir.
Yurish va yugurishning tezligi qadamlarni uzunligiga va chastotasiga bog‘liq.
Yuguruvchining masofadagi faoliyati quyidagilar bilan xarakterlanadi:
1. Startdagi holat.
2. Startdan chiqish va yugurishning boshlanishi.
3. Masofadagi yugurish.
4. Yugurishning tugashi yoki marraga kelish.
5. Finish chizig‘idan o‘tib to‘xtash.
Yurish – insonning joydan–joyga ko‘chishidagi oddiy usul bo‘lib, turli yoshdagi kishilar uchun yaxshi mashq hisoblanadi.O’zoq va bir tekis yurganda organizmdagi hamma muskullar ishlaydi, yurak–qon tomir, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyati kuchayadi, natijada modda almashinuvi ortadi.
Oddiy yurish dan tashqari, yurish ning boshqacha xillari ham bo‘ladi: poxodda yurish , sodda yurish va sportcha yurish.Sportcha yurish texnika jihatdan qiyin, lekin foydalidir. Tezligi oddiy yurish ga nisbatan ikki-uch marta ortiqdir. Sportcha yurish intevsiv ish bajarishni talab qiladi. Shuning uchun sportcha yuruvchidan ish qobiliyati mustahkam, kuchli, chidamli va irodali bo‘lishni talab qiladi.
Yugurish joydan-joyga ko‘chishning tabiiy usulidir. Yengil atletikaning eng ko‘p tarqalgan turidir.Yugurish futbol, basketbol, qo‘l to‘pi, tennis va boshqa bir qancha sport turlarini asosiy tarkibini tashkil etadi.
Yurish paytida organizmning ishlashiga katta talab qo‘yiladi, badandagi muskullarni hammasi ishga tushadi, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyati kuchayadi, modda almashinish ancha oshadi.
Yugurish har tomonlama rivojlanishning asosiy vositasidir.Hamma sport turlarida shug‘ullanish jarayonida yugurish mashqlariga ko‘proq etibor beradilar. Bundan tashqari faol dam olishda, ish faoliyatini yaxshi saqlab qolishda ham keng vosita sifatida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |