Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti sport turlarini o


Sport mashg’ulotlarining asosiy vositalari va uslubiyatlari



Download 3,27 Mb.
bet38/173
Sana13.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#784576
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173
Bog'liq
Yengil atletika Majmua 2-kurs 2019

Sport mashg’ulotlarining asosiy vositalari va uslubiyatlari.

Sport texnikasini o’rgatish, sport taktikasini o’rgatish, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, ma’naviy va irodaviy fazilatlarni tarbiyalash va nazariy bilimlar berishdan iborat besh xil o’zaro o’zviy bog’liq jarayon sportchini mashq qilish yagona jarayonning besh tomonini tashkil etadi.


Yengil atletikachining yoshiga va tayyorgarlik darajasiga, yengil atletika turning xususiyatlariga, mashg’ulotning qaysi davri va bosqichi ekaniga qarab, mashg’ulotning ayrim tomonlariga ko’proq, ayrim tomonlariga esa ozroq e’tibor beriladi. Masalan; endi shug’ullanishni boshlayotgan sportchi yengil atletika va boshqa mashqlar texnikasini o’zlashtirishga ko’proq e’tibor berishi, umumiy jismoniy tayyorgarlikni yaxshilab olishi kerak bo’lsa, sport ustasi ko’proq yuqori taktik mahoratga va maxsus jismoniy tayyorgarlikka ahamiyat berishi kerak. Tayyorlov davrida umumiy va maxsus asos hosil qilishga ko’proq vaqt ajratilsa, musoboqalashish davrida maxsus mashg’ulotga ko’proq vaqt beriladi.
Bir xil mashqni bajara turib, tayyorgarlikning turli tomonlarini bilib olish mumkin, lekin qysidir bir tomonini ko’proq bilib olinadi. Masalan; sport texnikasi o’rgatilayotgan jismoniy va irodaviy sifatlar rivojlanadi va tarbiyalanadi. Bu misoldagi mashqdan asosiy maqsad o’rgatish bo’lgani uchun sportchining harakatni boshqara bilish imkoniyatlariga ko’proq talab qo’yiladi. Demak bu mashq ko’proq o’rgatishga qaratilgan ekan.
Mashg’ulotni rejalashtirish va o’tkazish paytida mashqlarning faqat asosiy ta’sirini emas, balki qo’shimcha ta’sirlarini ham nazarda tutish kerak.
Texnikani, taktikani, jismoniy va irodaviy fazilatlarni takomillashtirishga mashg’ulotning bosh vositalari bo’lib xizmat qiladigan jismoniy mashqlarni sistematik bajarib turish yo’li bilan erishiladi. Jismoniy mashqlar uchta asosiy guruhga bo’linadi:
1. Sportchi yengil atletikaning qaysi turidan ixtisos olayotgan bo’lsa, shu turga va shu turning barcha elementlari va variantlariga xos mashqlar (masalan, qisqa masofaga Yugurishdan ixtisos olayotganda, yengil atletikaning bu turiga hamma qisqa masofalarga Yugurish, estafetali Yugurish, tezlanishli Yugurish, sur’atni o’zgartirib Yugurish, yurib kelib Yugurishga o’tish va hokazo).
2. umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar. Bular ikkita kichik guruhga bo’linadi:
a) boshqa sport turlaridan olinib, (gimnastikadan, yengil atletika turlaridan, og’ir atletikadan, sport o’yinlaridan va boshqalardan) umumiy jismoniy rivojlantirish uchun qo’llaniladigan mashqlar. Bunda o’z sport turning xususiyatlari ham hisobga olinadi.
b) turli buyumlar (tayoq, arg’amchi, cho’qmorlar, gantellar va boshqalar) bilan yoki buyumsiz umumiy jismoniy rivojlantirish uchun qo’llanadigan tayyorlov mashqlari. Bunga engashish, burilish, tebranish, aylanish, oyoq – qo’lni bukish, sakrash kabi juda ko’p harakatlar kiradi.
Umumiy rivojlantiruvchi tayyorlov mashqlari birinchi navbatda yangi boshlayotgan va oz tayyorlangan yengil atletikachilarni umumiy jismoniy rivojlantirishga mo’ljallangan. Shuningdek, ular bo’g’imlardagi harakatchanlikni oshiradi. Bu sportchi o’z harakatlarini boshqara olishini yaxshilaydi. Bu mashqlardan qomat rasoligini va jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni to’zatishda ham foydalaniladi.
3. Tanlab olingan sport turiga moslab jismoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirishga, shuningdek, texnika va taktikani o’rgatishga mo’ljallangan maxsus mashqlar. Taqlid mashqlar ham maxsus mashqlarga kiradi. Tanlab olingan sport turini takror ijro etish bilan kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni, bo’g’imlar harakatchanligini, chaqqonlikni maxsus mashqlardagidek darajada rivojlantirib bo’lmaydi.

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish