11 nafar jamoaga setka tuzish
1- davra 2- davra 3- davra G’olib
Yutilgandan so’ng chiqib ketish tizimining yutug’i shundan iboratki, musobaqaga qatnashuvchi jamoalar sonining ko’pligiga qaramay, qisqa vaqt ichida g’oliblar aniqlanadi. Ammo bu tizimning muhim kamchiligi — uchrashuvchi jamoalar jufti qur’a tashlash natijasida aniqlanadi. Bu esa tasodifiy narsa, chunki eng kuchli ikki jamoa qur’a natijasida bir setkaga tushib qolishi mumkin. Shu ikkala jamoaning biri finalgacha musobaqani davom ettirmay, chiqib ketishi kerak. Buning natijasida finalga kuchsiz jamoa chiqadi.
Bu tizimda, odatda, birinchi uch o’rin aniqlanadi:
o’rin - final g’olibi.
o’rin - finalda mag’lubiyatga uchragan jamoa.
o’rin - yarim finalda mag’lubiyatga uchragan jamoalar uchrashuvi g’olibi.
MUSOBAQA NIZOMI
Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni aniq bo’lgach, musobaqa haqida Nizom tuzish kerak. Nizom qo’l to’pi federasiyasi yoki musobaqani o’tkazuvchi biror tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Musobaqa Nizomi yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Unda asosiy-tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo’ladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko’rishi yetarli vaqtga ega bo’lishlari nazarda tutilib, Nizom oldindan tasdiqlanishi va tarqatilishi kerak. Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan Nizomdan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi, aks holda ushbu musobaqani o’tkazayotgan tashkilotning obro’yiga putur yetkazishi va nizolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Musobaqa Nizomida qo’yidagilar aks ettirilishi lozim:
– O’tkazilayotgan musobaqaning maqsadi va vazifalari;
– Musobaqa kim tomonidan o’tkazilishi;
– Musobaqa o’tkazish muddati va shartlari;
– Musobaqaga qo’yiladigan jamoalar soni va nomi qatnashuvchilar soni;
– Musobaqa o’tkaziladigan o’yin tizimi (davrali, turli, aralash tizim);
– Hisobga olish tizimi va jamoalarning egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi;
– Jamoalarni va musobaqa qatnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, shakli, o’yinchilarga talabnomalar berish va qayta talabnoma berish;
– O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish va uni qarab chiqish, o’yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish va hokazolar orqali Nizom masalalarini ko’rib chiqish tartibi;
– Musobaqa o’tkaziladigan joy va unga qo’yiladigan talablar;
– G’oliblarni mukofotlash hamda oxirgi o’rinlarni egallagan jamoaning keyingi shu xildagi musobaqada qatnashish shartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |