Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Download 1,06 Mb.
bet92/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

Zo‘ravonlik muammosi. Dunyodagi barcha davlatlarning milliy qonun-chiligida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususan shaxsning hayoti, sog‘ligi, sha’ni va qadr-qimmatini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilishga alohi-da ahamiyat berilgan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida “insoniyat oila-sining hamma a’zolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligi”286 e’tirof etilgan.
Zo‘ravonlikdan erkaklar ham jabrlanishi mumkin, lekin xotin-qizlarning zo‘ravonlikdan jabrlanish ehtimoli yuqoriligi, zo‘ravonlik turlari, og‘irlik darajasi va kelib chiqadigan oqibatlar keskin farqlanishini inobatga olgan holda, so‘nggi islohotlar aynan ularni himoya qilishga qaratilgan. Mazkur muammo(latentligi)ning yuqoriligi shundaki, jabrlanuvchilar o‘zlariga yetkazilgan zararni normal hayot deb tushunishi, oilasining siri ovoza bo‘lib ketmasligi yoki oila buzilib ketmasligi, ota-onasi yoxud turmush o‘rtog‘ining obro‘sini to‘kmaslik uchun hech qayerga murojaat qilmaydilar. Zo‘ravonlikning ko‘rinishlari turlicha bo‘lib, O‘zbekiston Respublika-sining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunida zo‘ravonlikning to‘rt asosiy turi belgilangan.
Jismoniy zo‘ravonlikka quyidagilarni kiritish mumkin:
shapaloq tortish, tepish, turtkilash, musht bilan urish;
zarb bilan itarib yuborish;
turli o‘tkir buyum va narsalarni otish;
qurol bilan xavf solish yoki yaralash;
uydan chiqishga jismonan yo‘l qo‘ymaslik;
kechasi uxlashga qo‘ymaslik va boshqalar.
Ruhiy zo‘ravonlikka quyidagilarni kiritish mumkin:
hissiyot va his-tuyg‘ularni tan olmaslik;
uning fikrlari ustidan kulish;
jazo chorasi sifatida jabrlanuvchining hissiyotlariga e’tibor bermaslik;
yolg‘on so‘zlar aytib, undan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish;
uning do‘stlari va qarindoshlariga xavf yetkazaman deb qo‘rqitish va ular bilan aloqa qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
jabrlanuvchi bilan ommaviy joylarga chiqishdan bosh tortish;
qarindosh-urug‘lar orasida sharmanda qilish;
uydan ketishini aytib qo‘rqitish;
kasal yoki homilador bo‘lganda, unga yordam berishdan bosh tortish, tibbiy yordam olishiga qarshilik ko‘rsatish;
doimiy ravishda tanqid qilish, xafa qilish, g‘azabga keltirish, ya’ni (sen juda semizsan yoki ozg‘insan, axmoqsan, eng bo‘lmag‘ur onasan, to‘shakda bo‘lmag‘ur sheriksan) va hokazo.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish