Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Ratsionallik va “mantiqiy egoizm” (xudbinlik)



Download 1,06 Mb.
bet86/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

2. Ratsionallik va “mantiqiy egoizm” (xudbinlik)
Bilish jarayoni, bu – to‘laligicha ratsional, faqat aqlga bo‘ysunuvchi, formal, quruq jarayon emas, chunki u tirik kishilar tomonidan amalga oshiriladi, shu sababli bilish emotsional elementlarni – iroda, niyat, istaklarni o‘z ichiga oladi. Shu muno-sabat bilan aytish joizki, narsalar, atrofdagi voqelik hodisalari subyektning nazariga tushgan, nimasi bilandir uning diqqatini tortgan, u bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan, uning tomonidan jami boshqa predmetlar va jarayonlardan ajralib olingan taqdir-dagina bilish obyektiga aylanadi262. Shu ma’noda subyekt obyektni shakllantiradi, shuning uchun ham obyektsiz subyekt bo‘lmaganidek subyektsiz obyekt ham bo‘lmaydi, deydilar.
Agar biz sezgilar vositasida hodisalar olamini aks ettirsak, sezgi bilan idrok etib bo‘lmaydigan mohiyatni aql bilan bilib olamiz. Aql bizning sezgi a’zolarimiz tashqi olamdan olgan axborotlarga asoslanib, hodisalar mohiyatini xiralashtiruvchi va yashiruvchi tashqi, tasodifiy holatlardan abstraktlashib hodisalar dunyosini tashqi, nomuhim xususiyatlar va aloqalardan xalos qiladi. Muhimni nomuhimdan farqlantira va ajrata olmaydigan sezgilardan farqli o‘laroq, aql hodisalardan hamma narsani emas, balki faqat eng muhimini, barqarorini, qonuniyatlisini oladi. Shuning uchun abstraksiyalar hissiy bilish uchun g‘oyat harakaterli bo‘lgan yorqinlik, bevositalik va yaqqollikdan mahrumdir.
Ratsionalizm (lot. rationalis, ratioaql) ‒ aqlga odamlarning bilish va xulqi-ning asosi, deb qaraydigan falsafiy yo‘nalish263. Ratsionalizm atamasi XIX asr o‘rtalarida falsafaga kirib keldi. Ratsionalizm an’analari qadimgi yunon faylasuflariga borib taqaladi. Masalan, Parmenid bilimni aql vositasida olingan “haqiqiy” bilimga va sezgilari orqali olingan bilimlarga ajratdi; aqlga haqiqatning mezoni sifatida qaradi. Yangi zamon tabiatshunosligining taraqqiyoti natijasida ratsionalizm gnoseologik qarashlar tarkibiga kirdi. XVII-XVIII asrlar klassik ratsionalizm o‘rta asr sxolastikasi va diniy dogmatizmga zid ravishda (Dekart, Spinoza, Leybnits) butun olamning sababiy bog‘langanligi g‘oyasini ilgari surdi. Ratsionalizm prinsiplaridan materialistlar (Spinoza) ham, idealistlar (Leybnits) ham foydalandilar. XVII-XVIII asrlar ratsionalizm insonning faoliyati va bilishda aqlning birlamchiligi g‘oyasini ilgari surishi bilan jamiyatning mafkurasi bo‘lib qoldi. Aqlni ulug‘lash, madh etish tendensiyasi XVIII asr fransuz materialist (Lametri, Gelvetsiy, Didro, Golbax)lariga ham xos edi. Ratsionalizm sensualizmga qarama-qarshi holda haqiqiy ilmiy bilimlarni, haqiqatning asosi va mezoni sifatida namoyon bo‘ladigan aql orqali hosil qilish mumkin, deb hisobladi. Ratsionalizm ilmiy bilishning yagona asosini aqlda deb biladi va bundan hissiyotlardan xoli (Leybnits) fikrlash qobiliyati yoki tug‘ma g‘oyalar (Dekart) mavjudligini ta’kidlaydi. Dunyoni bilishda hissiy qabul qilish rolining kamaytirilishi obyektiv reallikni bilishda fikrlar tarqoqligiga olib keldi. XVIII asrdagi ko‘plab ratsionalistlar olamning mohiyati yoki ibtidosini bilish mumkin emasligini (Kantning “narsa o‘zida”sini) tan oldilar. Bilish jarayoni (Gegeldagi kabi) aqlning o‘z-o‘zini bilishga qaratilishi, obyektiv olamning rivojlanishi esa, sof mantiqiy, ratsionalistik jarayon sifatida kursatadi.
XIX-XX asrlar G‘arb falsafasida aqlning cheksiz kuchiga bo‘lgan ishonch yo‘qolib (pozitivizm, neopozitivizm va b.), insonning hech narsa bilan cheklanmagan aqliy faoliyati va aqlning kuch-qudrati kabi ideallarni himoya qiluvchi klassik ratsio-nalizm keskin tanqid qilindi. Bu tanqid irratsionalizm (freydizm, intuitivizm, prag-matizm va ekzistensializm) tomonidan hamda “cheklangan” ratsionalizm ruhida olib borildi. Obyektiv olamni bilishda aqliy va hissiy bilishning dialektik birligini tan olish bilan bog‘liq bo‘lgan bilish jarayonini tahlil qilish asosida ratsionalizm va sensualizm o‘rtasidagi ziddiyatlar hal etila boshlandi.
Umuman olganda, ratsionallik zamirida bilimlarning ontologik birikmasi mu-jassamlashgan bo‘ladiki, ularni quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish