Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Mukammallikka intilish yo‘lida ma’naviy o‘sish



Download 1,06 Mb.
bet85/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

Mukammallikka intilish yo‘lida ma’naviy o‘sish. Har bir insonning qadri, haq-huquqlari, erkinligi, burchi, mas’uliyati, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayon-lardagi o‘rnini, uning jamiyat, atrof-muhit va boshqa kishilarga ta’siri, hayotdagi mavqeyi, axloqiy qiyofasi, qiziqishlari, talab va ehtiyojlari bilan bog‘liq ma’naviyat shakllarining shaxsiy (alohida, yakka) darajada namoyon bo‘lish xususiyatlarini ifodalaydigan tushunchadir.
Ma’naviy o‘sish, inson zuvalasining tarkibiy qismlarini (komponentlarini) birlashtiruvchi, ularni yakdil tarzda amal qilishini ta’minlovchi fenomen hisoblanadi. U doimiy tarzda kamol topishga molikdir. Shu sababli, birinchi navbatda individual ma’naviyat dinamik mazmun kasb etishini nazarda tutib, ta’lim-tarbiya jarayoni uni kamolot sari harakatini ta’minlovchi, qo‘zg‘atuvchi hisoblani-shini inobatga olish tavsiya etiladi. Turli darajalarda insonni kamolotini ta’minlash mavzusi falsafiy, teologik, psixologik, etnografik, tibbiy, huquqiy, antropologik, iqtisodiy va sotsiologik kabi ilmiy ta’limotlarning asosini tashkil etadi. Kamolot, psixologik jarayon sifatida alohida faoliyat turlarini tarkibiy qismlarini shakllanishi va almashinuvini mujassam etishi bilan birga, mustaqil tarzda ma’rifiy faoliyat yuritishni ham qamrab oladi. Bu jarayonda alohida insondagi son ko‘rsatkichi, ya’ni idrok etilgan ma’lumot, axborot, tajriba namunasi kabilar, sifat ko‘rsatkichiga, ya’ni aniq fazilatni o‘zlashtirish, maqbul bo‘lgan shaxsiy sifatni o‘zgartirib, biron bir xulq namunasini o‘zlashtirishda namoyon bo‘ladi. Buni anglash uchun faqatgina psixo-metrik uslublardan vositasi sifatida foydalanish lozimki, buning uchun psixologni ko‘magidan foydalanish tavsiya etiladi.
Ikkinchi navbatda, alohida insonda ma’naviyatni tarkibiy qismlaridan qaysi biri dominantlik qilsa, individual ma’naviyatning tipologiyasi namoyon bo‘ladi. Bunda ota-onalar va ustoz-murabbiylar namuna, ibrat, yo‘naltiruvchi va ta’min-lovchi sifatida ishtirok etadilar. Shu sababli, ota-onalik vazifalari va majburiyati, ustoz-murabbiyllikning burchi va mas’uliyati masalasiga e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi.
Ma’lumki, odam ‒ bir kichik olamdir. Insonning ana shu betakror dunyosi ma’naviyatning shaxsiy darajada namoyon bo‘lish xususiyatlari bilan uzviy bog‘langan. Ma’naviy o‘sish tizimida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
a) har bir insonning tabiiy-tarixiy qadriyatlari;
b) axloqiy qiyofasi, nafosati va go‘zalligi;
d) mehnat va iqtisodiy madaniyati;
e) individual kamoloti va ijtimoiy mavqeyi;
f) qobiliyati va iste’dodi;
g) dini, e’tiqodi, his-tuyg‘ulari.
Inson ma’naviyatining tabiiy-tarixiy jihati uning biologik jonzot, tirik vujud sifatidagi yashashi, sihat-salomatligi, hayot kechirish davrlari, bolalik, o‘smirlik, yigit va qizlik, erkak va ayol, qarilik onlari bilan bog‘liq namoyon bo‘ladi. Bunday tabiiylik har bir tirik vujud kabi odam zotining har qanday avlodi, qavmi, millat va elatiga tegishlidir. Shu ma’noda tabiiy-tarixiy asosga ega bo‘lmagan shaxs ma’naviyatini uchratish qiyin, har bir kishi, el, xalq, millat va qavm uchun bunday asosning mavjudligi ijtimoiy zaruriyatdir.



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish