Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Download 1,06 Mb.
bet100/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

Birinchi yo‘nalish vakillari o‘z kasblari mohiyatini ijtimoiy harakat, deb tushunganlar. Bular asosan o‘z mijozlarining uy-joy muammolari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar bo‘lganlar. Ular insonlar o‘z maqsadlariga erisha olishlari uchun jamiyat o‘zgarishi zarur, deb hisoblaganlar. Ammo ularning ishlaridagi asosiy yo‘nalish, baribir, bugungi kunda biz keysvork jarayoni kabi ta’riflaydigan individual yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri kelgan.
Ikkinchi yo‘nalish ko‘p jihatdan birinchi yo‘nalish vakillari qarashlarini to‘g‘ri, deb tan oluvchi guruhli xodimlardan tashkil topgan, ammo ushbu guruh vakillari aynan guruhlarni insonlarga hayot qiyinchiliklarini yengishda yordam ko‘rsatuvchi asosiy manba, deya hisoblaganlar. Uchinchi yo‘nalish mablag‘lar to‘plash va xizmatlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan tashkil topgan, bu fuqarolik tashkilotlari ishlarining ilk namunasi bo‘lgan. O‘ttizinchi yillar boshlariga kelib uchta yo‘nalish – keysvork, guruhli ish va fuqarolik tashkilotlari – nazariy mazmunda farq qilishlariga qaramay birlashtiriladi.
1955-yilda mana shu uchta birlashtirilgan yo‘nalishlar Ijtimoiy ish xodimlari Milliy Assotsiatsiyasi tashkil etilganidan so‘ng kasb sifatida rasman tan olingan, u o‘sha davrda alohida ishlaydigan yettita tashkilotdan tashkil topgan. Shu bilan bir qatorda, yagona axloq kodeksi, o‘xshash qadriyatlari, bilimlarning umumiy bazasi va ko‘nikmalarning asosiy to‘plamiga ega bo‘lishiga qaramasdan, ixtisosliklardan har biri saqlab qolinadi va alohida tan olinadi.
Birinchi qarashda yuqorida ko‘rsatilgan evolyutsiya jarayoni yengil va tekis ko‘rinsa ham, bularning barchasi ko‘plab kelishmovchiliklar, tortishuvlar bilan davom etgan. Misol uchun, Abraxam Fleksner 1915-yilda ijtimoiy ishni kasb sifatida tan olmaydi va tortishadi, chunki u ma’lum shartlarga javob bermagan (Austin, 1983). Keyingi 25 yil davomida ijtimoiy xodimlar ijtimoiy ish mavqeyini ko‘tarish yo‘lida ko‘pgina ishlarni amalga oshirdilar. Tibbiyot amaliyotidan olingan tashxis modelining qabul qilinishi eng tortishuvli vaziyatlardan biri bo‘lgandir. Freyd va boshqa mualliflarning ishlari mijozlarni yaxshiroq tushunish uchun go‘yo nazariy asosni berardi. Tashxis maktabi shifokor kasallikning sababini aniqlagani kabi asosiy e’tiborni mijozlarda qiyinchiliklar yuzaga kelishiga olib kelgan o‘ziga xos sabablarni aniqlashga qaratadi. Inson xulqini tushuntirishga uringan nazariyalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borgan bo‘lsa ham yana mijozning muammolarini “tashxis qilishga” asosiy e’tibor qaratiladi.
Tashxis maktabi nazariyotchilari o‘z g‘oyalarini rivojlantirar ekanlar funksionalizm nomini olgan boshqa bir maktab paydo bo‘ladi. Otto Renk ishlariga asoslangan funksionalistik maktab Ijtimoiy ish bo‘yicha Pensilvaniya Maktabi dekani Djessi Taft g‘oyasiga juda o‘xshab ketadi. Karl Rodjers kabi ko‘plab nazariyotchilar ushbu maktabga qo‘shiladilar292. Ijtimoiy ish inson rivojlanishi bo‘yicha Freyd g‘oyasiga qiziqish bilan mashg‘ul bo‘lgan bir davrda funksionalistik maktab tashxisiy yondashuvga qarshi chiqadi.
Funksionalizm inson shaxsi faqatgina erta bolalik taassurotlari bilan deyarli to‘la shakllanishi g‘oyasini rad etadi. Ushbu qarashlarda mijoz bemor me’yordan cheklangan sifatida emas, balki ko‘proq maxsus o‘ziga xos xizmatlarga muhtoj inson sifatida qaraladi293.
Funksional maktab qisqa vaqt davom etadigan aralashuvlar bilan shug‘ul-langan, ular ushbu agentlik vazifalariga aniq moslikka ega bo‘lgan. Ijtimoiy ish xodimi va mijozning hamkorlikdagi ishlari maqsadi mijoz foydasiga ma’lum maqsadlarga erishish uchun yo‘naltirilgan bo‘lgan. Funksional maktab “ijtimoiy ish xodimining vazifasi o‘z shaxsiy xususiyatlaridan foydalanib, mijoz o‘zini yangidan kashf etishi yoki o‘z shaxsi rivojlanishi impulsini takroran tasdiqlashi yoki hech bo‘lmaganda o‘zida atrofdagi ijtimoiy muhitda o‘zining muammolarini hal qilishi uchun unga yordam bera oladigan shaxsiy sifatlarini topishga yordam bera oladigan o‘zaro aloqalarni ta’minlashi hisoblangan294” rivojlanish modeli sifatida tushunil-gan. Bu yerda mijozlar o‘zgarish va o‘sish qobiliyatlariga egalar deb hisoblangan. Ushbu yo‘nalish bugungi kunda ijtimoiy ishda foydalaniladigan kuchli tomonlarga yondashuvlarida rivojlanib bordi.
Funksional yondashuvning tashxis maktabiga nisbatan xavfi, ayniqsa, ko‘pchilik ijtimoiy xodimlar uchun mos kelmas edi. Natijada funksional maktab vakillarini konferensiyalarga taklif qilmay qo‘ydilar va ularni amalda ijtimoiy-ilmiy hayotdan chetga chiqarib, ularning maqolalarini ilmiy jurnallarda nashr ettirmasdilar295.
Individual va tashxisiy-tibbiy modeliga freydistcha urg‘u berish mijozning vaziyatiga ular ham ta’sir ko‘rsatadigan boshqa omillarni o‘rganish uchun kam o‘rin qoldiradi. Ba’zi mualliflar bunday model ijtimoiy ishni hamjamiyatdagi uning asoslaridan chetlatdi va uning e’tiborini ijtimoiy harakat va ijtimoiy adolatga yo‘naltirganligini ko‘rsatadilar296. Bugungi kunda ijtimoiy ish amaliyotida ham tashxisiy, ham funksional yondashuv xususiyatlarini ko‘rish mumkin. Biroq bugungi kunda mijozning o‘z shaxsiy ehtiyojlarini qondirish va o‘z intilishlarini amalga oshirish qobiliyatlariga ta’sir ko‘rsata oladigan va ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy muhit umumiy tan olingan hisoblanadi. Mijozning ijtimoiy xodimlar bilan hamkorlikdagi ishiga yordam beradigan uning kuchli tomonlari ham muhim, deb tan olinadi. Shu bilan birga, faqatgina qandaydir kamchiligini tuzatishga va mijozning alohida muammolarini hal qilishga qaratilgan kamchilikni yo‘qotish modeli zararli va samarasiz hisoblanadi.
Jahonning barcha mamlakatlarida ham ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bir xil tushunilmaydi. Ko‘p hollarda ushbu atamaga turlicha mazmun beriladi. Misol uchun, Finlyandiyada “Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish qonuni”da (1982) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish deb “ijtimoiy ta’minotni mustahkamlashga hamda alohida inson, oila, hamjamiyat rivojlanishiga xizmat qilishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlar, yashash uchun mablag‘lar bilan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar va ular bilan bog‘liq xatti-harakatlar yig‘indisi”297 tushuniladi.
R.Barkerning “Ijtimoiy ish lug‘ati”da “ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga boshqa individlarga qaram bo‘lgan va o‘zi haqida g‘amxo‘rlik qila olmaydigan insonlar normal rivojlanishi uchun zarur ehtiyojlarini qondirish uchun aniq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish”298, ‒ degan ta’rif berilgan.
Ijtimoiy xodimlar Milliy Assotsiatsiyasi ijtimoiy ishni “insonlar, guruhlar yoki hamjamiyatlarga ijtimoiy faoliyatlari uchun imkoniyatlarini oshirish yoki tiklash masalasida va ushbu maqsadlarni bajarishga imkon beruvchi ijtimoiy sharoitlarni yaratishda ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ijtimoiy faoliyat”299, ‒ deya ta’riflab, Barkerning tushunchasini biroz kengaytiradi. Ushbu tushunchadan ijtimoiy xodimlar faqat alohida insonlarga emas, balki butun bir tizimlarga yordam ko‘rsatishi kelib chiqadi. Ijtimoiy xodimlar kamida ikki turdagi insonlar bilan ishlaydilar, degan aniq tushuncha ham mavjud: hayotlarini ancha sog‘lom davrga qaytarishga yordam ko‘rsatish kerak bo‘lganlar (qayta tiklash) va o‘zining hayotiy sharoitlarini mustaqil yaxshilashga qodir bo‘lganlar (oshirish).
Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Axloq kodeksining kirish qismida ijtimoiy ishning vazifasi haqida, yuqorida keltirilgan fikrlar bilan bog‘liq ammo biroz farq qiluvchi qarashni beradi. Ushbu hujjatda “ijtimoiy ishning asosiy vazifasi inson farovonligini oshirish va ijtimoiy zaif, jabrlanuvchi hamda nochor hayot kechiruvchi aholi guruhi ehtiyojlariga va ta’minlanishlariga alohida e’tibor bilan asosiy insoniy ehtiyojlarini qondirishda yordam ko‘rsatish”300 ekanligi ta’-kidlanadi.
1994-yilda Kolomba shahri (Shri-Lanka)da Ijtimoiy ish xodimlar Xalqaro Federatsiyasi umumiy yig‘ilishda “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va nazariyasi” nomli hujjat qabul qilindi. Bu hujjat ikki qismdan iborat. “Ijtimoiy ish tamoyillarining xalqaro deklaratsiyasi” va “Ijtimoiy xodimlarning xalqaro axloqiy standartlari”. Bu hujjatlarning qabul qilinishi Federatsiya tomonidan uzoq yillar davomida orqaga surib kelindi, bunga ajablanmasa ham bo‘ladi. Bu tashkilotga a’zo bo‘lgan yuzlab mamlakatlar a’zoligi bo‘yicha juda xilma-xil. Ularni yo‘llagan davlatlar o‘zlarining tuzilishi, boshqaruv shakllari, madaniyati bo‘yicha xilma-xil bo‘lib, o‘zlarining an’analariga va ijtimoiy ishning shakllanish tarixiga ega. Qizg‘in munozaralardan keyin umumiy xulosaga kelishga muvaffaq bo‘lindi, shuning natijasida ularoq “Ijtimoiy ishning axloqiy tamoyillari deklaratsiyasi” dunyoga keldi. Deklaratsiyada quyidagi tamoyillar bayon qilingan:
1. Har bir individ noyob hodisa bo‘lib, unga axloq nuqtayi nazaridan e’tibor berilishi;
2. Har bir individ o‘z ehtiyojlarini qondirishda boshqalarning huquqlariga zarar yetkazmasdan harakat qilish huquqiga ega va u jamiyat farovonligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shishi;
3. Har bir jamiyat boshqaruv shaklidan qat’iy nazar, o‘zining har bir fuqaro-sining maksimum darajada noz-ne’matlar bilan ta’minlashga intilishi;
4. Ijtimoiy ish xodimlari ijtimoiy adolat tamoyillariga dahildorligi;
5. Ijtimoiy ish xodimi o‘zining bilimlarini, ko‘nikma va malakalarini alohida individlar, guruhlar, jamoa va jamiyatlar taraqqiy etishi uchun, shaxsiy-ijtimoiy nizolarni hal qilishi, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun sarf qilinishi lozimligi;
6. Ijtimoiy ish diskriminatsiyani rad etish asosiga qurilishi. Bunda u mijozlarning jinsi, yoshi, millati, diniy e’tiqodi, tili, siyosiy e’tiqodlari, jinsiy yo‘naltirilganligidan qat’iy nazar amalga oshirilishi;
7. Ijtimoiy ish xodimlari har bir mijoz va ijtimoiy guruh huquqlarini, uning mustaqilligi va sha’nini hurmat qilar ekan, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari xartiyasi” va boshqa xalqaro hujjatlarga asoslanishi;
8. Ijtimoiy ish mijozlarning daxlsizligini himoyalash tamoyiliga asoslanishi, bunda tanlov erkinligi va kasbiy sir, mijozning o‘z huquqlari va shaxsiy yig‘ma jild ishi mohiyatini tushuntirib berishga bo‘lgan huquqi ham kirishi;
9. Ijtimoiy ish xodimlari kasbiy sir saqlashi belgilangan, hatto u amaldagi qonunchilikka zid bo‘lsa ham. Ijtimoiy ish mijozning ishtiroki va u bilan hamkorlikka asoslanadi. Ijtimoiy xizmatchilar o‘zlari duch keladigan har qanday murakkab vazifani hal qilishda mijozlar bilan hamkorlik qilishlari lozimgi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ijtimoiy ish xodimlari xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslar o‘z muammo-larini hal etishda juda faol ishtirok etishlari lozim. Mijozlar har doim ijtimoiy ish xodimi tomonidan ana shu birlikdagi harakatlarning maqsadi va oqibatlari haqida ma’lumot olishlari zarur.
Ijtimoiy ish mijozlarining ixtiyoriyligi tamoyiliga asoslanadi. Demak, u har qanday majburiylikni minimum darajaga tushirish uchun yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ijtimoiy ish o‘z fuqarolarini ezadigan, terrorizm, qiynoqlari, va shunga o‘xshash shafqatsiz vositalardan foydalanadigan biror shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoki hokimiyat tuzilmalari qo‘llab-quvvatlashga mutlaqo zid.
Ijtimoiy soha xizmatchisi o‘zining bilimlarini, ko‘nikma va malakalarini alohida individlar, guruhlar, jamoa va jamiyatlar taraqqiy etishi uchun, shaxsiy-ijtimoiy nizolarni hal qilish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun sarf qilishi lozim.
Ijtimoiy ishning xalqaro axloqiy standartlari”da ijtimoiy ish xodimining axloqiy va kasbiy munosabatlari besh guruhga ajratib ko‘rsatilgan:
♦ ijtimoiy ish xodimining axloqiy xulq-atvor standartlari;
♦ ijtimoiy ish xodimining mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar;
♦ ijtimoiy ish xodimining agentlik, muassasa va tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar;
♦ ijtimoiy ish xodimining hamkasblar bilan o‘zaro munosabatlar;
♦ ijtimoiy ish xodimining kasbga munosabati.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish