Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


-1944-yillarda Sobiq Ittifoqning Kavkazda yashovchi ko‘plab



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

1943-1944-yillarda Sobiq Ittifoqning Kavkazda yashovchi ko‘plab 
millatlari o‘z vatanidan quvg‘in qilinadi. Jumladan:
Qorachoy ASSRda (avtonom respublika) yashovchi qorachoylar 1943-yil 
12-oktabrda; 
Qalmiqiya ASSRda yashovchi qalmiqlar 1943-yil 27-dekabrda; 
Chechen-ingush ASSRda yashovchi chechenlar va ingushlar 1944-yil 29-
yanvarda; 
Bolqor ASSRda yashovchi bolqorlar 1944-yil 24-fevralda; 
Qrim ASSRda yashovchi qrim-tatarlar 1944-yil 10-mayda quvg‘in qilinadi. 
Yuqoridagi millatlarni quvg‘in qilib ham tinchimagan Beriya 1944-yil 24- 
iyul kuni Stalinga №7896-raqamli xat bilan murojaat qiladi: 
412
 https://kun.uz/32566502 


353 
“Bir necha yil davomida Turkiya bilan chegaradosh hudud aholisi 
chegaraning narigi tarafidagi Turkiya fuqarolari bilan qarindoshlik aloqalarini 
saqlab kelmoqda. Ayrimlari Turkiyaga muhojirlikka ketmoqda. Shuningdek, ular 
faol ravishda kontrabanda bilan shug‘ullanmoqda va turk josuslik idoralariga turli 
ma’lumotlar yetkazib berib, o‘zlari ham josuslik to‘dalarini tuzishda xizmat 
qilmoqda... 
NKVD Axalsix, Axalkalaki, Adigen, Aspindz va Bogdanovsk tumanlaridan 
hamda Ajariya ASSRning bir necha tumanidan 16 700 turk, kurd, xemshinli oilala-
rini ko‘chirish lozim deb hisoblaydi”. 
Stalin Beriyaning bu taklifini ham ma’qullaydi. 31-iyul kuni SSSR mudofaa 
ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi №6279-raqamli “mutlaqo maxfiy” qarorni qabul 
qildi. Qarorda Gruziya SSR janubida, Sobiq Ittifoqning Turkiya bilan chegara 
hududlarida yashovchi mesxeti turklari, kurdlar va xemshinlilarni O‘zbekiston, 
Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududiga badarg‘a qilish ko‘zda tutilgan edi. 
“Mutlaqo maxfiy” qaror 1944-yilning iyul oyida qabul qilingan bo‘lsa-da, 
Beriya negadir uni bajarishni noyabr oyigacha kechiktiradi. 14-noyabr kuni 
birdaniga Mesxetiyani NKVD xodimlari bosadi va mahalliy aholiga zudlik bilan 
uylarini tark etishi lozimligi, aks holda buyruqni bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda 
ayblanib, o‘sha joyning o‘zida otib tashlanishi mumkinligi aytiladi. 
Aholini zudlik bilan quvg‘in qilish ishlariga NKVD va xavfsizlik 
xizmatining 4 mingdan oshiq tezkor xodimi jalb etiladi. Odamlarga jo‘nash uchun 
bor-yo‘g‘i ikki soat vaqt beriladi. Mesxeti turklar zo‘rg‘a kiyim-kechak olishga 
ulguradi. 
Shundan so‘ng, 17-noyabr kuni mesxeti turklarni 25-eshelonda vagonlarga 
tiqib, Markaziy Osiyoga jo‘natishadi. Quvg‘in kuzning sovuq kunlarida 
boshlangan bo‘lsa-da, mesxeti turklar yuk vagonlarida manzilga dekabrning 
so‘nggi o‘n kunligida, qishning ayozida yetib borishadi. Ana shunday og‘ir 
sharoitda manzilga yetib borguncha surgun qilinganlarning 25-30 foizi halok 
bo‘ladi. 
Havo sovuq bo‘lgan kunlarda, yuk vagonlarda 5-6 haftalab uzoq yo‘l bosish 
mesxeti turklarni holdan toydiradi. Yuk vagonlaridagi og‘ir holat, kasallik va 
epidemiya tarqashiga sabab bo‘ladi, oqibatda ko‘pchilik halok bo‘ladi. 
Mesxeti turklarning omon qolgan qismi O‘zbekiston, Qozog‘iston va 
Qirg‘izistonga yetib kelganda qishning ayni avj pallasi edi. Ana shunday holatda 
ular sovuq baraklar, palatkalarda jon saqlashga majbur bo‘ladi. Bugun yurtimizda 
yoki boshqa yurtlarda yashayotgan keksa yoshdagi mesxeti turklardan o‘sha 
dahshatli kunlar haqida so‘rasangiz, ular gap boshlashdan avval, albatta, ko‘z yosh 
to‘kib oladi. Sababi, ularning aksariyati juda yosh bo‘lgan, uyidan, vatanidan quvib 
chiqarilgani yetmaganday, so‘nggi manzilga yetib kelguncha o‘z yaqinlarini ham 
yo‘qotgan. 
Quvg‘in qilinganlarning umumiy soni qariyb 120 ming nafar bo‘lgan. Ularni 
avvaliga maxsus baraklarga, palatkalarga joylashtirishadi. Keyinchalik mahalliy 
aholi yordamida ular uy-joy tiklab oladi. Quvg‘in qilinganlarga o‘zlari joylash-
tirilgan hududdan boshqa joylarga borish taqiqlanadi. 


354 
1953-yilning martida Stalin vafot etadi. Uning davrida nohaq qamalganlar 
bilan birga nohaq quvg‘in qilinganlar ishi ham qayta ko‘rila boshlanadi. Nihoyat, 
1956-yil 18-aprelda sobiq Ittifoq Oliy Soveti Prezidiumi boshqa millatlar qatori 
mesxeti turklari, kurdlar va xemshinlilarning quvg‘in qilinishi xato bo‘lgani haqida 
qaror qabul qiladi. Shundan so‘ng, boshqalar qatori mesxeti turklariga ham Sobiq 
Ittifoq bo‘ylab erkin harakatlanib, ko‘chib yurish huquqi beriladi. Ammo 
boshqalardan farqli o‘laroq, mesxeti turklariga tarixiy vatani Mesxetiyaga 
qaytishga ruxsat berilmaydi. Shu sababli ularning asosiy qismi surgun qilingan joyi 
– O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda yashab qoladi. Ozroq qismi 
RSFSRdagi Kabardin-Bolqor ASSRdan berilgan yerga ko‘chib boradi. 
Mesxeti turklari – oltoy tillari oilasining turk guruhiga kiruvchi, turk 
tillarining o‘g‘uz lahjasida gapiruvchi, turk, ozar va gagauz millatlariga yaqin 
bo‘lgan millat hisoblanadi. Ular o‘zlarini Ahiska turklari (Ahıska Türkleri) deb 
ataydi. Bugun dunyoda yarim milliondan oshiq mesxeti turklari bor. Ular dunyo 
bo‘ylab tarqalib ketgan. Mesxeti turklarining eng katta qismi Qozog‘iston, Rossiya 
va Turkiyada yashamoqda. Ularning aksariyati islom dinining sunniylik 
yo‘nalishiga, hanafiya mazhabiga amal qiladi. 
Bugun bu millatga Turkiya, Ozarboyjon katta e’tibor va yordam beryapti. 
Masalan, 2014-yilda Ukraina sharqida ayirmachilar bilan hukumat o‘rtasida qurolli 
mojaro kelib chiqqanida Turkiya hukumati mojaro ichida qolgan mesxeti 
turklariga boshpana berishini ma’lum qiladi va 400 nafarga yaqin mesxeti 
turklariga boshpana beradi. Qolaversa, Turkiyaga ko‘chib boradigan mesxeti 
turklariga ham ko‘plab imtiyozlar taqdim etiladi. 
O‘tgan asrning 80-yillari oxirida mustabid bir tuzum bo‘lgan Sobiq Ittifoq 
parchalanib ketish arafasiga kelib qoladi. Ana shunday vaziyatda mamlakatni 
tarqab ketishdan asrab qolishga ko‘zi yetmagan Sobiq Ittifoq rahbariyati turli 
hududlar bo‘ylab, turli millatlar o‘rtasida qonli nizolar uyushtira boshlaydi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish