Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

1.3.1-jadval 
Funksional yondashuv asosida raqobatning mohiyatini yoritishga qaratilgan 
turli mualliflik tariflari 
Muallif 
Tarifi 
A. Smit 
Bozor ishtirokchilari faoliyatini tartibga solib turuvchi 
―Ko‘rinmas qo‘l‖ 
Y. Shumpeter 
Iqtisodiyotni eskilik sarqitlaridan holos etuvchi, yangi 
tovar(texnologiya) yaratilishga olib keluvchi dinamik jarayon 
F. Xayek
17
Bilimlar almashinadigan va olinadigan jarayon 
A. Shastitko
18
Bozor 
subyektlarining 
o‘zgarib 
borayotgan 
vaziyatga 
moslashish usuli 
Raqobatni qo‘llab-quvvatlash siyosatini olib borish raqobatning o‘z 
funksiyalarini to‘laqonli amalga oshirishiga imkon yaratadi. Buning natijasida
– raqobat ta‘sirida innovasiyalar kiritiladi – tovar va xizmatlarga nisbatan 
texnik taraqqiyot tez joriy etiladi; 
– raqobat ta‘sirida adaptasiya vujudga keladi –korxonalar raqobat ta‘sirida 
bozor konyunkturasi va iste‘molchilar xulq-atvoriga moslashishga harakat qiladi. 
Fridrix fon Xayek (1899—1992) neoliberalizmning yirik nazariyotchilaridan 
biri bo‘lib, iqtisodda maksimal erkinlik, raqobat,
 
erkin tadbirkorlik, bozor 
mexanizmining ishiga davlatning mutlaqo aralashmasligi tamoyillarini ilgari surdi. 
Bozor mexanizmiga nisbatan u ―katallaktika‖ degan maxsus atamani qo‘lladi. 
F.Xayekning fikricha, kishilik jamiyatida ilmiy bilimning o‘sishi erkin raqobat, 
fuqarolarning shaxsiy tashabbusi va ijodiy tavakkalchiligi asosida bozor 
iqtisodiyotining rivojlanishiga mutlaqo tengdir. 
F. Xayekning fikricha raqobat kurashida kimning g‘olib chiqishi oldindan 
aniq bo‘lganda u mazmunsiz bo‘lgan bo‘lur edi. Raqobat shunisi bilan 
ahamiyatliki, uning natijasi va oqibati hyech kimga ma‘lum emas, unga har bir 
ishtirokchi ongli ravishda intiladi yoki intilishga harakat qiladi.
Bundan tashqari raqobatning oqibatlari samarali bo‘lsada, muayyan kutilish, 
sa‘yi-harakat va ko‘ngilsizliklarga ham sabab bo‘ladi. Raqobatni oldindan empirik 
kuzatish orqali bilish ham mumkin emas. Eng asosiysi shundan iboratki, raqobatga 
17
Fridrix fon Xayek (1899—1992) avstriya iqtisodiy maktabining taniqli vakillaridan biri bo‘lib, zamonaviy pul 
nazariyasi asoschisi sifatida iqtisodiy nazariyaning 
neoavstriya maktabi
ga asos solgan. Iqtisod sohasida Nobel 
mukofoti laureati (1974 yil) 
18
Шаститко А.Е. Новая институциональная экономическая тео рия. — 3-е изд., перераб. и доп. 

М.: 
Экономический факультет. МГУ, ТЕИС, 2002. — 591 с 


16 
asoslangan jamiyatda oxir-oqibat ko‘zlangan maqsadlarga erishiladi. Buni 
insoniyat sivilizasiyasi ham tasdiqlab turibdi. 
Xayek, bozorda sodir bo‘layotgan jarayonlarning natijasini namoyon etishi, 
qanday axborotlar eng zarur ekanligini ko‘rsatib bermog‘i lozim. Jamiyatning 
qondirilishi zarur bo‘lgan ehtiyojlari aniq belgilangan sosializmdan farqli ravishda 
bozor munosabatlarida barcha jamiyat a‘zolarining faolligi va bilimi talab etiladi. 
Xayek mehnat taqsimoti mavjud bo‘lishi bilan jamiyatda axborot va bilimning 
taqsimlanishi sodir bo‘lishini, iqtisodiyotga davlat aralashiuvini zaruriy emas deb 
hisoblagan va markazlashgan rejalashtirish va boshqarishning samarasiz ekanligini 
ko‘rsatib bergan. Xayekning fikricha, markazlashgan tizim juda katta miqdordagi 
axborotlarni qayta ishlash yoki ular uchun qaror qabul qilish imkoniyatiga ega 
emas. Chunki axborotlar muayyan makon va zamonda vujudga keladi va qisqa 
vaqt ichida o‘z ahamiyatini yo‘qotib, kelgusida foydalanishga yaroqsiz bo‘lib 
qoladi. 
Olimni raqobatning axloqiy jihatlari ko‘proq qiziqtirgan. U ishonch bilan 
raqobatda erkinlik mavjud emas, biroq davlat tomonidan erkinliklarni cheklash 
sun‘iy to‘siqlar orqali emas, balki sosio-madaniyat evolyusiyasining o‘z-o‘zidan 
paydo bo‘ladigan axloqiy qoidalari (o‘zga mulkini o‘zlashtirish, umumlashtirish, 
ishlab chiqarishni kollektivlashtirish, xususiy mulkni umumiy mulkka aylantirish) 
natijasida namoyon bo‘ladi. Agarda ushbu axloqiy qoidalar amal qilgudek bo‘lsa 
iqtisodiy raqobat ―hamma uchun, lekin hyech kim uchun emas‖ tamoyiliga 
almashinadi.

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish