54
–
raqobatning kuchlari ta‘siri va ularning muhimliligini aniqlashga kompleks
yondashish imkoni mavjud;
–
barcha pog‘onadagi menejerlar faoliyatini kompaniya maqsadi va unga
erishish yo‘llariga yo‘naltirish.
–
kompaniya faoliyatining shaffofligiga erishish. M.Porterning fikricha
raqobat strategiyalari hyech qachon yashirin tusga ega bo‘lmasligi, raqiblar
kompaniya strategiyasidan xabardor ekanligi ahamiyatga ega emas. Biroq
menejerlarning bu boradigi harakatlari muhim hisoblanadi.
–
intuitiv yondashish muhimligining ko‘rsatib berilganligi. Raqobat
kuchlariga qarshi turish intuitiv tusga ega bo‘lishi va ko‘p jihatdan spontan
bo‘lmog‘i lozim.
–
vaqt bo‘ylab o‘zgaruvchanlikning ta‘minlanganigi. Raqobat kuchlari
tasodifiy xarakterga ega va muayyan vaqt oralig‘ida tuzatib turilishi talab etiladi.
M. Porter raqobatning barcha darajalarida ijobiy va salbiy raqobat
tushunchalarini qo‘llaydi. Ijobiy raqobatga misol qilib muntazam ravishda tovar va
xizmatlarning sifatini yaxshilab boruvchi kompaniyalarni keltirishimiz mumkin.
―Raqobat strategiyasini ishlab chiqish mohiyatan kompaniyaning qanday
raqobatlashuvi, uning maqsadi va bunda qaysi vositalar va tadbirlardan
foydalanishini aniq belgilab olishdan iboratdir‖. M.Porter shuningdek klaster
nazariyasini ommalashtirgan olim hamdir. U kompaniyalar raqobatbardoshligi
ko‘p jihatdan klaster ichidagi bazaviy shart-sharoitlarga va iqtisodiy muhitga
bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berdi. M.Porter ta‘limotining asosiy xarakterli jihati
bozor munosabatlari sharoitida kompaniyaning mustaqilligini ta‘minlash,
bozordagi hukmronlikka chek qo‘yishdir. Bu kompaniyalar tomonidan bozordagi
strategiyani va faollikni ta‘minlab, ―tirik qolishini‖, ijobiy samaraga erishishini,
muntazam ravishda o‘zgarib turuvchi tashqi muhitga moslashuvchanligiga
yo‘nalganlikni ta‘minlaydi. Kompaniyalar xavotirsiz ishlashda davom etadilar va
bozorda xavfsizlikni ta‘minlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirish bilan
shug‘ullanadilar. Shuningdek, M.Ye.Porter bozor munosabatlari sharoitida
kompaniya atrofida har doim raqiblar yoki dushmanlar bo‘lmasligini, xo‘jalik
yurituvchi subyektlar o‘zaro bog‘liq holda iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish
kerakligini ilgari suradi. Bundan, kompaniyalarning o‘zaro hamkorlikni yo‘lga
qo‘yishi nafaqat ular faoliyatining yakuniy natijasiga, balki yangi qiymat yaratish
maqsadida hamkorlikni ko‘zda tutuvchi ijobiy raqobatlashuv yoki vayronakorlikka
olib keluvchi salbiy raqobatlashuvga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu bilan bozor
subyektlari nafaaqat yuqori foyda olish va o‘zaro raqobatlashuvi, balki tarmoqdagi
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini ham e‘tiborga olishi shartdir.
Do'stlaringiz bilan baham: