2.2.1-rasm. Bozorda hukmronlikning kuchayish jarayoni
Monopol hukmronlik – monopolistlar tomonidan bozorni nazorat qilish
darajasidir. Mazkur tushuncha angliyalik iqtisodchi A.P. Lerner
29
tomonidan
kiritilgan bo‘lib, quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bunda, L – monopol hukmronlik darajasi yoki Lerner indeksi;
R
m
– monopol narx;
MS – chegaraviy xarajatlar(optimal xarajatlar)
Chegaraviy xarajatlar – qo‘shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarishga
29
Abba Ptaxiya Lerner (1903-1982)
angliyalik iqtisodchi, monopoliya konsepsiyasi va monopol hukmronlik(The
Concept of Monopoly and the Measurement of Monopoly Power, Review of Economic Studies)ni ifodalovchi
Lerner indeksini fanga kiritgan.
Mukammal
raqobat
Monopolistik
raqobat
Oligopoliya
Mutloq
monopoliya
37
yoki mahsulot sotish hajmi o‘zgarishi bilan bog‘liq xarajatlar bo‘lib, qo‘shimcha
mahsulot birligi ishlab chiqarilishi bilan chegaraviy xarajatlar kamayib boradi,
aksincha qo‘shimcha mahsulot birligi soni kamayishi bilan chegaraviy xarajatlar
ortadi. Lerner indeksining iqtisodiy mohiyati shundan iboratki, monopol narx va
chegaraviy xarajatlar o‘rtasidagi tafovut qanchalik katta bo‘lsa, monopol
hukmronlik darajasi shunchalik kuchli bo‘ladi.
Mukammal raqobat sharoitida narx (R) chegaraviy xarajatlar(MS)ga teng
bo‘ladi. Demak, bunday sharoitda monopol hukmronlik darajasi nolga teng, ya‘ni
R – MS = 0. Aksincha monopoliya sharoitida narx (R
m
) chegaraviy xarajatlar
(MS) dan yuqori. Shunga ko‘ra lerner indeksining qiymati 0 bilan 1 oralig‘ida
yotadi.
Agarda kasrning surati va maxrajini sotilgan mahsulot miqdori (Q)ga
ko‘paytiradigan bo‘lsak, yalpi foyda miqdori kelib chiqadi. Bu nisbat sotilgan
mahsulot hajmida foydaning ulushi qancha ekanligini aniqlab beradi. U holda
Lerner indeksi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
(
)
Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, foyda qanchalik yuqori bo‘lsa monopol
hukmronlik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi, yoki yuqori foyda monopoliya
belgisi.
Monopoliya sharoitida bozorda monopol narx o‘rnatiladi. Bu narx chegeraviy
xarajatlardan yuqori bo‘ladi, ya‘ni R
m
> MS. Mutloq monopoliya firmaning
foydasini oshiradi va bir vaqtning o‘zida jamiyat daromadlarini kamaytiradi.
Monopol narx har doim raqobat narxidan yuqori bo‘ladi.
Monopol yuqori narx - tovar bozorida ustun mavqyeni egallab turgan xo‘jalik
yurituvchi subyekt tomonidan belgilanadigan, tovarni ishlab chiqarish va
realizasiya qilish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori,
tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan
darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narxdir.
Ishlab chiqarishning konsentrasiyalashuvi– monopoliyaning vujudga
kelishiga asosiy sababchidir. Ishlab chiqarish ko‘lamining konsentrasiyalashuv va
markazlashuv natijasida o‘sishi quyidagicha amalga oshiriladi (2.3.2-rasm):
38
Do'stlaringiz bilan baham: |