Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat


 Zamonaviy raqobat nazariyasining bozor konsepsiyasi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

15.3. Zamonaviy raqobat nazariyasining bozor konsepsiyasi 
Zamonaviy raqobat nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan biri raqobatning 
bozor konsepsiyasidir. Raqobatning bozor konsepsiyasi dastavval nomukammal 
raqobat modelidagi bozorlar uchun strategik rejalashtirish sanoatni tashkil qilish 
negizida ishlab chiqilgan. Ushbu konsepsiyaga muvofiq kompaniyaning bozordagi 


235 
holati raqobat afzalliklari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shu bois 
kompaniyaning samarali strategiyasini tanlash bozor tipi va mavjud resurslarga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Raqobatning bozor konsepsiyasini rivojlantirishda eng sezilarli hissa 
qo‘shgan iqtisodchi M. Porterdir. Aynan M.Porter raqobat nazariyasini birinchi 
bo‘lib tizimlashtirishga harakat qilgan. M.Porterning modeli raqobatning eng 
muhim uchta jihati – tarmoqdagi raqobat kuchlar, raqobat strategiyalari va raqobat 
ustunligini o‘zida birlashtirgan bo‘lib, uning fikricha har qanday tarmoqda raqobat 
izchilligi va foydaning kutilayotgan miqdori tarmoq tuzilmasini shakllantiruvchi 
raqobat kuchlarini ajratib ko‘rsatdi. M.Porterning fikricha, raqobat kurashida 
firmalarning muvaffaqiyati raqobat strategiyalari (xarajatlar bo‘yicha ustunlik, dif-
ferensiasiya va fokuslashgan) tarmoqdagi vaziyatga bog‘liq holda tanlanishiga 
bog‘liq. 
Raqobat 
strategiyasi 
asosida 
raqobat 
afzalliklari, 
ularni 
mukammallashtirish yotadiki, bu strategiya bozorda mustahkam mavqyega ega 
bo‘lish va yuqori moliyaviy natijaga erishish imkonini beradi. M.Porter 
nazariyasining eng muhim jihati shubhasiz firmaning raqobat ustunligini va 
tarmoqdagi raqobat kuchlarini faoliyat davomida samarali qo‘llash va tashqi muhit 
omillarining o‘ziga xos xususiyati, firmalarning ichki imkoniyatlarini e‘tiborga 
olgan holda firmaning biznesdagi muvaffaqiyatini ta‘minlashga yo‘naltirish 
mumkinligini isbotlab berganligidir.
M. Porter raqobatning global tus olishini, yirik transmilliy kompaniyalar va 
xorijiy investisiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlarning strategiyasi mavjud raqobat 
ustunligidan foyda ko‘rishga asoslanganini isbotladi. U raqobat ustunligini to‘rt 
yo‘nalishga bo‘ladi: korporativ boshqaruv ustunliklari; ishlab chiqarish omillari 
ustunligi; mamlakatdagi talab hajmi; ko‘makchi va qo‘shimcha tarmoqlarga 
bog‘liq ustunlik. 
M.Porter ushbu omillar sintezini ―raqobat afzalliklari brillianti‖ deb 
nomlaydi va ular kapitalni chetga chiqarishning muvaffaqiyatini kafolatlashini 
nazarda tutadi. Qo‘shimcha omillar sifatida esa davlatning oqilona siyosati va 
―omadli vaziyatlar‖ni keltiradi. Shuningdek, olim mamlakatda o‘zaro bog‘liq 
ishlab chiqarish tarmoqlari mavjudligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar 
qabul qiluvchi mamlakat uchun katta raqobat ustunliklari va imkoniyatlarini 
yaratishini isbotlaydi. 
M. Tresi va F. Virsema raqobatga nisbatan moddiy-resurs yondashuvini 
ishlab chiqdilar. Bunda firmaning raqobat ustunligi firmalar uchun mukammal 
qadriyatlar tizimidan iborat bo‘lib, ular mukammal qadriyatlarni shakllantirish 
uchun quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi: 

operasion faoliyat va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish; 

mahsulotni takomillashtirish, 

mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. 
Raqobat kurashida muvaffaqiyatga erishish uchun firmalar o‘z qadriyatlar 
tizimini uzoq muddatli strategiyasiga moslashtirishlari lozim. 
Bozor muhitining o‘zgaruvchanligi va noaniqliklariga moslashish asosida 
raqobat ustunligiga erishish raqobatning moddiy-resurs konsepsiyasida o‘z aksini 


236 
topgan bo‘lib, bu nazariya B. Vernerfelt, E. Pentrouz, R.M. Grant, S. Montgomeri, 
R. Ramelt, K.K. Praxalad, G. Hamellar tomonidan rivojlantirildi. Ushbu 
yondashuvga ko‘ra tarmoqdagi intensiv o‘zgarishlar kelgusida tarmoq va undagi 
firmalarning o‘z ahamiyatini yo‘qotishiga olib keladi. Bunda ichki resurslarning 
ahamiyati ortib boradi. Tadqiqotchilar ushbu farazdan firmalarning raqobat 
ustunligi ular foydalanayotgan mukammal tabiiy va mehnat resurslari, nusxa olib 
bo‘lmaydigan texnika va texnologik jarayonlarga bog‘liq degan fikrga kelishdi. 
Bunday mukammal resurslarga ega bo‘lish, ularni yaratish, takomillashtirish va 
ulardan samarali foydalanish kelgusida firmalarning raqobatbardoshligi omilidir. 
Bunda asosiy e‘tibor malakali mehnat resurslari, ularning bilimi va ko‘nikmasi, 
tarmoqda to‘plangan bilimlar, muhim axborotlarga ega bo‘lishlik, boshqaruv 
tizimidagi korporativ madaniyatga qaratilgan. Aynan ushbu resurslar nomoddiy 
xususiyatga ega bo‘lib, ularni his etish, nusxa ko‘chirish imkoniyati yo‘q. Bu 
resurslar tarmoqqa kirishga harakat qilayotgan firmalar uchun to‘siq vazifasini 
o‘taydi.
J.F.Mur, A.M. Brandenburger va B.Dj. Neilbafflar firmalarning raqobat 
ustunligi va raqobat kurashiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlari natijasida ko-
raqobat (co-opetition, cooperation) va ko-evolyutsiya nazariyalari paydo bo‘ldi. Bu 
shuni anglatadiki, iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch faqatgina raqobat emas, 
balki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamkorligi hamdir. J.F.Mur biznes 
subyektlarini ekotizimning ajralmas elementi sifatida qaraydi va tabiat-jamiyat 
kuchlariga birgalikda qarshi kurashish orqali ham evolyusiyani saqlab qolish 
mumkin deb hisoblaydi. Yangi sharoitlarda tashkil etilgan va o‘z faoliyatini yo‘lga 
qo‘ygan har qanday firmaning raqobat ustunligini ta‘minlashga qaratilgan 
strategiyalari samarasiz bo‘lib, ular raqobat kurashida tirik qolish uchun 
ekotizimning qolgan elementlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi va tizimning 
evolyusiyasini ta‘minlashlari muhim hisoblanadi.
Zamonaviy sharoitlarda biznes yuritish shartlari va sharoitlari o‘zgarishi 
bilan ko‘p sonli firmalar mahalliy yoki mintaqaviy darajada bir turdagi va o‘xshash 
tovarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadilar va ular ishlab chiqarishdan 
sotishgacha bo‘lgan barcha juda katta miqyosdagi kooperasiya, texnopolis yoki 
sanoat hududlariga aylanadi. Buning natijasida ushbu tuzilma ichida ishlab 
chiqaruvchilar, innovasion texnologiyalar va mahsulotlar o‘rtasida raqobat 
saqlanib qoladi. Bu o‘z navbatida firmalarning transaksion xarajatlarining 
kamayishiga, a‘zo firmalarning innovasion rivojlanishiga, mauyyan sohani 
rivojlantirishga qaratilgan soliq imtiyozlari, maxsus qonunchilik xujjatlari, arzon 
va malakali ishchi kuchi va tadbirkorlik muhitidan samarali foydalanadilar.
Ushbu nuqtai nazardan kelib chiqib A.M.Brandenburger va B.Dj.Neilbafflar 
zamonaviy iqtisodiy munosabatlarda raqobat kurashi barham topadi va bozor 
ishtirokchilari o‘zaro nafli hamkorlik munosabatlariga asoslangan konsepsiya 
asosida faoliyat yuritadi. Firmalarning samarali strategiyasi esa raqobat va 
hamkorlikka, ya‘ni ko-raqobatga asoslanadi. 
U Chan Kim va R. Mobornlar tomonidan ishlab chiqilgan ―dengiz qa‘ri 
(moviy dengiz) strategiyasi‖ raqobat nazariyasining o‘ziga xos yo‘nalishi bo‘lib, 
ularning fikricha raqobat kurashida yutib chiqish uchun raqobatlashishga barham 


237 
berish kerak. Bu o‘ziga xos ―dengiz qa‘ri‖ni yaratib bilan bog‘liq bo‘lib, firmalar 
bugungi kunda mavjud bo‘lmagan tarmoqni va mutloqo band bo‘lmagan bozor 
nishasini zabt etadilar. Bunda o‘z-o‘zidan raqiblar mavjud bo‘lmaydi. Bu 
nazariyaga ko‘ra firmalar o‘z strategiyasini mutloq yangi bo‘lgan tarmoqni yaratish 
va innovasiyalarga asoslangan holda yangi bozor nishalarini egallashlari zarur 
bo‘ladi. 
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi tadbirkorlarni 
shiddatli raqobatning yanada samarali bo‘lgan usullaridan foydalanishni yoki 
g‘irrom raqobat usullari (Kartel bitimlari)dan foydalanishni taqozo etmoqda. 
Iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy sharoitida biznes ishtirokchilari uchun 
raqobatlashish quyidagi sabablarga ko‘ra yanada murakkablashib bormoqda: 
– bir jinsli va o‘xshash tovarlarning haddan ortiq ko‘pligi. Vaqt o‘tgan sayin 
tovar va xizmatlarning murakkab iste‘mol xossasini namoyon qilishga intilish 
ularning bir-biriga juda o‘xshab qolishiga sabab bo‘lmoqda. Bunda mahsulot va 
xizmatlarning raqobatlashuvchi farqini ajratish juda mushkul. Ularni ishlab 
chiqarish uchun qo‘llanilayotgan texnologiyalar juda yuqori darajada bo‘lib, juda 
qisqa vaqt davomida amal qiladi. Har kuni yangi texnologik jarayonlar joriy 
etiladi, modernizasiyalashadi, iste‘molchilar uchun aksariyat tovarlar bir jinsli yoki 
bir-birini to‘ldiruvchi bo‘lib xizmat qilmoqda; 
– xaridorlarning ajrata olish qobiliyatining ortib borishi. Zamonaviy 
xaridorlarni kundan-kunga aldash, xarid qilishga undash, ularga ruhiy ta‘sir 
ko‘rsatishning samarasi pasayib bormoqda. Shu sababli zamonaviy xaridorlar narxi 
eng arzon bo‘lgan tovarlarni xarid qilishga harakat qiladi. Natijada tadbirkorlar 
narxni tushirishga, past rentabellik bilan ishlashga yoki zarar ko‘rib ishlashga 
majbur bo‘lmoqda.
E.R. Vayntraub umumiy muvozanat nazariyasiga asoslangan holda ―talab va 
taklif muvozanatini ta‘minlovchi muvozanat narx mavjud degan fikrlar ham yo‘q 
emas, aksincha aynan talab va taklifning muvozanati muvozanat narxni vujudga 
keldiradi. E.R. Vayntraub muvozanatning qanday vujudga kelishini tushuntirib 
bermagan va: «tizim muvozanat holatidan chetga chiqgudek bo‘lsa, dinamika 
qonunlariga muvofiq holda oldingi holatiga qaytadi‖ deb hisoblaydi. Ammo 
muvozanat holatini buzishga olib keluvchi dinamik kuchlar bu yerda aniq ko‘rsatib 
berilmagan
148
.
Yu.B. Rubin bozor raqobatini tadqiq etish orqali uni boshqaruv obyekti 
sifatida olib qaraydi va tadbirkorlikning usullari, strategiyalari, taktikasi, raqobatli 
hatti-harakati deb izohlaydi. Bundan tashqari Yu.B.Rubin ―raqobat zamirida 
iqtisodiy manfaatlarning obyektiv qarama-qarshiligi yotadi‖ deb hisoblaydi
149
Yu.V. Taranuxa raqobatning tabiati va raqobat jarayoniga alohida e‘tibor 
qaratadi. U eng avvalo ― raqobat, va bellashuv mustaqil holda o‘z ahamiyatini 
butkul yo‘qotadi‖ deb hisoblpydi. Raqobat alohida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lib, 
148
Петрищев Максим Викторович .Методология и теория конкуренции, еѐ процессы и результаты в 
современных рыночных структурах. Диссертация на соискание ученой степени доктора экономических 
наук. Тверь-2014 

394 стр 
149
Рубин Ю.Б. Конкуренция: упорядоченное взаимодействие в профессиональном бизнесе. 2-е изд. М.: 
Маркет ДС, 2006. С.10. 


238 
uning mohiyati shunda namoyon bo‘ladi. Bu bellashuv boshqa sotuvchilarning 
mahsulotiga talabning bir zumda qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi
150
.
Iqtisodchilarning raqobat masalalariga bag‘ishlangan ilmiy qarashlarini 
tahlil qilish natijasida shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Har qanday bozor 
yoki iqtisodiyotda dastlab sog‘lom raqobat muhiti shakllanadi. Sog‘lom, yoki 
mukammal raqobat bu o‘ziga xos etalon bo‘lib, undan chetlanish salbiy holat deb 
baholanadi.
Raqobat nazariyasining doimiy rivojlanib borishi, shundan tushunchaga olib 
keladiki, raqobat va monopoliya shu darajada bir-biriga chatishib ketganki, har 
qanday vaziyatda raqobat yoki monopoliyaning ma‘lum darajadagi xususiyatlari 
namoyon bo‘ladi.
Shubhasiz XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlanib kelayotgan 
zamonaviy 
raqobat 
nazariyasi 
globallashuv, 
jahon 
iqtisodiyotining 
integrasiyalashuvi va raqobat nazariyasining uzoq davr davom etib kelgan 
evolyusiyasi samarasi bo‘lib, ishlab chiqilgan ilmiy nazariyalar mavjud bo‘lgan 
nazariyalar va zamonaviy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlariga mutloqo qarama-
qarshidir. Xo‘jalik yuritishga integrasion yondashuvlar iqtisodiyot, menejment, 
marketing va strategik boshqaruvning barcha sohalarini qamrab oldi. Bu o‘z 
nazbatida tadqiqotchilarga raqobat munosabatlarini tadqiq etish, raqobat kurashi 
olib borish va raqobatbardoshlikni ta‘minlashga samarali va o‘ziga xos usullarni 
ishlab chiqishni taqozo etadi. 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish