Muxokama uchun savollar:
1.
Toʻqima usuli nima?
2.
Xujayra usuli nima?
3.
Protaplast usuli deganda nimani tushinasiz?
29
SELEKSIYA JARAYONINING TEXNOLOGIYASI VA SELEKSION
MATERIALNI BAHOLASH USULLARI
Darsning maqsadi:
Kartoshka seleksiyasi jarayonini oʻrganish va seleksion
materiallarni baholash usullari bilan tanishsih.
Topshiriq:
1. Kartoshka seleksiyasidagi pitomniklar bilan tanishish.
2. Seleksion materilallarni baholashni oʻrganish.
Seleksiya jarayoni sxemasi. Bu jarayonda mavjud boʻlgan boshlangʻich
materialdan foydalanish, yangi shakllarni yaratish, eng yaxshi ota – ona shakllarini
baholash urugʻ koʻchatlarni, duragaylarni va klonlarni pitomniklarda tanlash
koʻzda tutiladi.
Ota – ona shakllarining pitomnigi. Bu yerda kartoshkaning yovvoyi va
madaniy turlari maxsus tuvaklarda (gorshokda), seleksion va mahalliy navlar, eng
yaxshi duragaylar esa dalada yoki issiqxonada oʻstiriladi. Dalada ota – ona
shakllari 70 x 40 yoki 70 x 35 sm qilib, har qaysi shaklning 20–40 tuganagi
ekiladi.
Yozgi plyonkali, dokali issiqxonada 100 – 110 namuna ekilib, har qatorda 10
tadan oʻsimlik joylashtiriladi. Yil davomida kasallangan oʻsimliklar, har xil
aralashmalar yulib chiqarib tashlanadi. Ota – ona shakllari pitomnigida
chatishtirish ishlari oʻtkaziladi. Issiqxonada oʻtkaziladigan chatishtirishda dalada
oʻtkaziladiganga nisbatan mevalarning tugʻishi ancha yaxshi boʻladi.
Birinchi yil urugʻ koʻchatlar pitomnigi. Bu pitomnikda urugʻ koʻchatlar
urugʻidan oʻstirib olinadi. Har qaysi urugʻ koʻchat alohida oʻrganiladi va negativ
tanlash oʻtkaziladi. Bahorda urugʻ koʻchatlar pikirovka qilishdan (koʻchirishdan
oldin) oldin fitoftoraga dala chidamligiga qarab baholanadi. Buning uchun
ommaviy sun‘iy zararlantirish oʻtkaziladi. Undan keyin sogʻlom oʻsimliklar tanlab
30
olinadi. Hosil kovlab olish jarayonida quyidagi koʻrsatkichlariga qarab brak
qilinadi: uzun stolonli, koʻk (siniy) rangli tuganaklar, fitoftora va parsha bilan
kasallangan oʻsimliklar. Eng yaxshi oʻsimlik tuplari toʻligʻicha yigʻib olinadi,
yomonlari esa brak qilinadi yoki tanlab olingan duragaylardan bittadan tuganagi
olinadi va kombisasiyalar boʻyicha qilib har qatoriga 10 tadan ekiladi. Vegetasiya
davrida fenologik kuzatishlar (unib chiqish, shonalash, gullash, palagining soʻlishi)
va barglarini kasalliklar bilan zararlanish darajasini aniqlash ishlari olib boriladi.
Duragay oʻsimliklar tubining xili, tuganakning shakli, poʻstining va magʻzining
(etining) rangi, koʻzlarini joylashish chuqurligi, tuganaklar soni, tuganaklarni
kompakt joylashishi, tuganaklarni kasallanishiga qarab baholanadi. Agar
seleksioner qandaydir duragaydan shubxalanib ikkilansa, u duragaydan qayta
ekish uchun bittadan tuganak olib qoʻyiladi. Eng yaxshi duragaylar – kelgusi
pitomnikda ekish uchun oʻtkaziladi. Bu pitomnikda 90 % gacha namunalar brak
qilinadi.
Ikkinchi yil duragaylar pitomnigi (klonlarning birinchi yili). Duragaylar bir
qatorli delyankalarda, 5 soniga nisbatan bir necha karra tuganak (10.15. 20 va
hokazo) qilib ekiladi (seleksioner ixtiyoridagi mavjud materialga qarab). Har 20–
50 duragaydan keyin standart navi joylashtiriladi. Bu pitomnikda duragaylarni
baholashda ilgarigi pitomnikda oʻtkazilgan baholashlarga qoʻshimcha qilib
quyidagilarga qarab baholanadi. Hosildorlik, ertapisharlik, (ekilgandan 60–65 kun
oʻtgandan keyin ikkitadan tup kovlab dastlabki olinadi), kraxmal miqdori
tuganagining kattaligi aniqlanadi. Bunda 70% gacha duragaylar brak qilinadi.
Dastlabki sinash. Duragaylarning har qaysisidan 60–180 tuganagi bir yoki
ikki qatorli delyankalarda qaytariqsiz yoki 2 – 3 qaytariqli qilib ekiladi. Duragaylar
va standart navlar ekilganda pishish muddatlariga qarab guruhlarga boʻlinib
joylashtiriladi. Kuzatishlar ilgarigi pitomnikdagidek oʻtkazilib, ularni baholashda
qoʻshimcha qilib: tuganaklarning tovarligi, ta‘mi, tuganak eti, rangining
oʻzgarmasligi, xom protein miqdori (agar seleksiya shu yoʻnalishda oʻtkazilsa),
palagining fitoftoraga chidamliligi (provokasiya usulida), rak kasalligiga va
31
nematodaga chidamliligi hisobga olinadi. Sinashdan oʻtkazilgan eng yaxshi
avlodlar, klonlar asosiy sinashga oʻtkaziladi.
Asosiy sinash.Sinash 1 – 2 yil davomida oʻtkaziladi. Denlyankalar 1 – 4
qatorli boʻlib har qatorda 30–60 tadan tuganak ekiladi. Standart navlar va
duragaylar har 8 – 10 nomer (duragay) dan keyin joylashtiriladi. Sinash to`rt
qaytariqli qilib oʻtkaziladi. Kuzatishlar ilgarigi sinashdaoʻtkaziladigandek
qoʻshimcha qilib barglari va tuganaklarning fitoftorozga dala sharoitida
chidamliligi (laboratoriya usulida, agar kuchli rivojlangan boʻlsa – dala), 2 yildan
keyin zararlanish darajasining oʻrtacha bahosi beriladi. Bu pitomnikdan eng yaxshi
avlodlar konkurs sinash, dinamik sinash, ekologik, ishlab chiqarish sinashga va
koʻpaytirish (seleksion) pitomnigiga oʻkaziladi.
Konkurs sinashi. Istiqbolli seleksion material 3 yil davomida sinaladi.
Delyankalar toʻrt qatorli, har qatorda 50 tuganakdan ekilib, toʻrt qaytariqli qilib
joylashtiriladi. (jami 800 tuganak). Konkurs nav sinashni keyingi ikki yil
davomida oʻtkazish uchun urugʻlik material seleksion koʻpaytirish pitomnigidan
olinadi. Bu sinash jarayonida rak kasalligiga chidamliligini baholashdan boshqa
asosiy sinashda bajariladigan kuzatish va baholashlar oʻtkaziladi. Bularga
qoʻshimcha qilib duragaylar infeksion (fon) sharoitda fitoftoraga chidamliligiga
qarab baholanadi. (Saxalin tayanch punktida), tuganaklar mexanik shikastlanishga,
qish davrida saqlanishga chidamliligi aniqlanadi. Parallel ravishda dinamik,
ekologik, ishlab chiqarish sinashlar oʻtkaziladi.
Dinamik sinash 3 yil davom etadi. Uning asosiy vazifasi – standart naviga
nisbattan tezpisharligi (pishish guruhini) aniqlashdir.
Buning uchun vegetasiya davrida 4 marta 15 tadan namuna turt qaytariqli
qilib kovlab olinadi (hammasi boʻlib 240 tub). Birinchi marta ertapishar standart
navda tuganak hosil boʻlishi boshlanishda, qolganlari har 10 kundan keyin.
Duragaylar tuganak hosili va palagining vazni, tovarliligi, tovar tuganaklarining
oʻrtacha vazni, kraxmal miqdori va ta‘miga qarab baholanadi.
Yer maydonidan samarali foydalanish maqsadida konkurs nav sinash bilan
dinamik sinashni birlashtiradilar. Buning uchun har qaytariqda 260 tuganak (4
32
qator 50 tuganakdan konkurs sinash uchun 15 tuganakdan davomiga va har
qatoriga dinamik sinash uchun ekiladi). Konkurs sinashda hosilini yigʻishtirish
paytigacha dinamik sinash namunalari kovlab olingan boʻladi va ularning oʻrnida
hosilni yigʻish mashinalariga (povorot) qaytarish uchun masofa ochilib, tayyor
boʻlib qoladi.
Ekologik sinash. Duragaylarning (plastik moslanuvchanlik qobiliyatini
aniqlash maqsadida 3 yil davomida ekologik sinash oʻtkaziladi) birinchi yili
dastlabki sinash, ikkinchi va uchinchi yillar – asosiy sinash uslubida oʻtkaziladi.
Originator – muassasalar tajriba stansiyalariga, mintaqalarga seleksion material
junatib, u yerda bu material birinchi yil ekilib sinaladi, ikkinchi, uchinchi yili esa
ularning uzlarida ustirilgan material asosida sinash oʻtkaziladi.
Seleksion koʻpaytirish pitomnigi. Konkurs nav sinashda boʻlgan
duragaylarni koʻpaytirish bilan shugʻullaniladi. Qaytariqsiz, delyankalarni
kattaligi 65 m
2
dan 1 gektargacha (mavjud material miqdoriga qarab)
joylashtiriladi. Bunda fenologik kuzatishlar, kasalliklar borligi 3 – 4 marta
kuzatilib hisobga olinadi, oʻtov va dastlab hosilni aniqlash ishlari oʻtkaziladi.
Pitomnik masofiy izolyasiya (uzoqlashgan) maydonda joylashtirilib, uning uchun
urugʻlik materal virusli kasalliklarni aniqlash maqsadida indeksasiya va serologik
analiz yakunidan keyin tanlanadi.
Ishlab chiqarish sinashi . Bu sinash seleksion muassasalarining tajriba
xoʻjaliklarida yoki fermer xoʻjaliklarining yerlarida oʻtkaziladi. Istiqbolli shakllar
ikki yillik konkurs sinovidan oʻtgandan keyin 0,25 – 0,5 gektar maydonda
joylashtiriladi. Standart sifatida tezpisharligi boʻyicha sinaladigan material bilan
bir guruhga kiradigan rayonlashtirilgan nav foydalaniladi. Ekish va oʻstirish,
parvarish qilish shu ekin uchun xoʻjalikda qabul qilingan yoki intensiv texnologiya
asosida qoʻllaniladi. Bunda hosilni aniqlash oʻtkaziladi.
Istiqbolli navlarning urugʻi asosiy sinash pitomnigidan boshlab, seleksion
pitomnikda koʻpaytiriladi. Sinashlar tugatilib, navga yakuniy baho berilib, Davlat
nav sinoviga topshirish uchun 5 tonna urugʻlik materiali tayyorlanishi kerak.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |