Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Generativ urugʻlaridan kartoshka yetishtirish texnologiyasi



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/71
Sana20.06.2023
Hajmi1,98 Mb.
#952606
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
Generativ urugʻlaridan kartoshka yetishtirish texnologiyasi 
Kartoshkani botanik urugʻidan oʻstirish texnologiyasining elementlari 
koʻpchilik olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Ma‘lumotlariga qaraganda kartoshkani botanik urugʻidan oʻstirishning 
urugʻni toʻgʻridan-toʻgʻri dalaga ekish va urugʻkoʻchat usulida parnikda 
urugʻlardan koʻchat oʻstirib ularni dalaga oʻtqazish orqali yetishtirish mumkin.
Ular orasida koʻchat ekini sifatida oʻstirishning afzalliklari boʻlib, bu usul 
baquvvat oʻsimliklar olish va dalada yuqori hosil toʻplash imkonini beradi. 
Koʻchatlarni ma‘lum shaklga kirguncha oʻstirish imkoni yaratiladi va dalada 
vegetasiya davri 30-40 kunga kam boʻlib, tutuvchanligi yuqori boʻladi, hosil 
toʻplash qobiliyati ham yuqori boʻladi. Urugʻdan oʻstirishning koʻchat, gidrovisev, 
granulalangan urugʻdan ekish usullari 1985-1990 yillar mobaynida Samarqand 
viloyatida professor T.E.Ostonaqulov tomonidan kartoshkani koʻchat ekin sifatida 
oʻstirish texnologiyasini ishlab chiqilgan.
Subtropik sharoitlarda kartoshka botanik urugʻdan bevosita (toʻgʻri-toʻgʻri) 
dalaga va koʻchat oʻtqazish yoʻli bilan ekilganda ham yuqori hosil olish 
mumkinligi toʻgʻrisida ma‘lumotlar bor.
Botanik urugʻidan kartoshka yetishtirishning agrotexnik masalalari 
O‘zbekistonda koʻpgina olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Tajribalarida Samarqand viloyati sharoitida bu usulda yetishtirish uchun mos 
duragay populyasiyalarini toʻgʻri tanlab koʻchat ekin sifatida oʻstirib gektaridan 
18-20 tonna urugʻlik hamda tovar tuganaklar olish mumkinligi isbotlangan.
Urugʻni toʻgʻridan-toʻgʻri dalaga ekib koʻchat oʻstirish juda murakkab, urugʻ 
unib chiqish energiyasini noqulay tuproq sharoitida saqlab qololmaydi. 
Qurgʻoqchilik va hashoratlar bilan zararlanish tufayli tup son kamayishiga olib 
keladi. Dastlabki rivojlanish davrida koʻchatlarning sekin oʻsishi, oʻsuv davrida 
kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishi, bu usulni qoʻllashning 


111 
chegaralovchi omillardan boʻlib hisoblanadi. Lekin, shunga qaramasdan Perudagi 
Xalqaro kartoshka markazida urugʻni bevosita dalaga ekkanda hosildorlik 
gektaridan 210-320 sentnerni tashkil etgan. Shu usul bilan Angliya, AQShning 
shimoliy rayonlarida va Xitoyda oʻstirish mumkin. Ammo ekinni yetishtirishning 
samarali texnologiyasi muayyan tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 
ishlab chiqishga bogʻliq. 
Rossiya sharoitida oʻsimliklarning vegetasiyasi davri qisqa boʻlganligi 
uchun koʻchatlar toʻligʻicha tovar tuganaklar toʻplay olmaydi. Shu sababli bunday 
sharoit uchun ba‘zi olimlar generativ urugʻlaridan kartoshka yetishtirishni ikki 
yillik ekin sifatida foydalanishni taklif etadilar. Ya‘ni, birinchi yil dastlabki 
koʻchatlarda mayda tuganaklar ekmalar (sevkalar) olinadi va kelgusi yil esa 
ulardan xoʻraki kartoshka yetishtirish uchun urugʻlik material sifatida 
foydalaniladi.
Generativ urugʻlaridan yetishtirib kartoshkadan ikki yillik ekin sifatida 
oʻstirish borasida bir qator olimlar izlanishlar olib borishgan.
Respublikamiz sharoitida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida ayrim 
koʻchatlardan 470-530 g oʻstirish sharoitiga qarab 1-3 kg gacha hosil olish 
mumkinligi aniqlangan. Ularning tuganak reproduksiyalarining hosildorligi esa 
gektaridan 19-23 sentnerni tashkil etgan. 
Kartoshkalarni urugʻdan yetishtirishning samaradorligini turli tuproq-iqlim 
sharoitlarida oʻrganish kerakligini ta‘kidlaydilar. Perudagi xalqaro kartoshka 
markazida kartoshkani botanik urugʻidan yetishtirishning texnologik elementlari 
urugʻlar ekish, issiqxonadan dalaga oʻtqazish, dala tuprogʻi, qum va torf 
aralashmalari tayyorlash; urugʻni nishlatib ekish, koʻchat oʻtqazish chuqurligi va 
koʻchatlar boʻyi koʻchatlarni ildizlari bilan yoki qisman tuproq bilan oʻtqazish,
madanli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish muddatlari, oʻsimlikning oʻsuv davrida turli 
xil pestisidlardan foydalanish, yerni ekishga tayyorlash va koʻchat oʻtqazilgandan 
keyin ishlash va boshqa ekinni yetishtirish texnologiyasi elementlarini ishlab 
chiqish borasida izlanishlar olib borilmoqda. Ba‘zi olimlar generativ urugʻlarni 
dalaga ekilganda oʻsimliklarning unib chiqishni himoya qilib turuvchi bosma 


112 
(perfonirovanniy) qogʻozni tavsiya etadilar. Bunday tadbir tuproqdagi namlikni 
ushlab turishiga va begona oʻtlar oʻsishini sekinlashtirishga yordam beradi. 
Afsuski, ushbu qogʻoz hozir ishlab chiqilmaydi.
Urugʻ ekilganda qator ustini torf bilan mulchalash koʻchat hosildorligini 40-
5% ga oshiradi. Eng ma‘qul moʻlchalash materiali torf hisoblanadi. Polietiliyen 
plyonkalardan foydalanilganda va goʻng bilan moʻlchalanganda past hosil olingan, 
chunki goʻng tuproq yuzasida tezda qurib namlikni yoʻqotadi.
Olimlar tomonidan keyingi yillarda urugʻlarni seyalkalar yordamida yoki 
suv bilan (gidrovusev) ekishni mexanizasiyalashtirishga imkon beruvchi texnik 
jarayonlarini va qator oralariga ishlov berish masalalari ishlab chiqilgan.
Masalan, kartoshka urugʻlarini piyoz ekish uchun moʻljallangan SLN-8A 
seyalkasini oʻzgartirilgan markasini taklif etishadi. Tadqiqotlarni koʻrsatishicha
urugʻlarning unuvchanligi ekish oldi tayyorlash texnologiyasi va ekish usullariga 
bogʻliq.
Urugʻni unuvchanligini oshirish uchun oʻstiruvchi stimulyatorlar, mikro 
element va fungisidlar bilan ekish oldidan ishlov berish shart. Yuqori natijaga 
oʻstiruvchi stimulyatorlar mikroelementlar va fungisidlar aralashmasi bilan 12 soat 
davomida ishlaganda dala unuvchanligi 73,3-90,4% gacha oshadi. Urugʻni ekishga 
tayyorlashda 2-3 kun suvda ivitib ekish ham yaxshi natija beradi.
Kartoshka urugʻlarini unib chiqishini tezlashtirish uchun 2-3 kun suvda 
saqlash yoki 24 soat gibberillin yeritmasida ivitib, qisman quritib soʻngra ekishni 
tavsiya etadi. Suvda saqlanganda unuvchanligi 6-kun 91-94 %, gibberillinda 
ishlaganda esa 89-90% ni tashkil etgan. Ma‘lumotlarga koʻra, duragay 
populyasiyalarning generativ urugʻlaridan yetishtirish uchun mosligini belgilovchi 
asosiy mezonlaridan biri dala unuvchanligi 52,4-67,5 % va tutuvchanligi 92-100% 
boʻlgan (GP-32, GP-1652; GP-1150; GP-30; GP-11; GP-28 va P-3) duragay 
populyasiyalari tanlab olingan. 
Urugʻni (gidrovisev) suv orqali maxsus vakum idish orqali ekish usulini 
V.O.Kuchumov (1985) taklif etadi. Bunda ekish normasi urugʻni unuvchanligiga 


113 
qarab belgilanadi. Urugʻ ekish oldidan nishlatilib suv bilan birga ekiladi. Bu usulda 
ekilganning 10-14 kuni oʻsimliklarning unib chiqish boshlanadi.
Urugʻlarning eng yuqori dala unuvchanligi rezavor meva yigʻishtirib 
olingandan keyin ikkinchi yil ekilganda kuzatilgan. Bunday natijalarni mualliflar 
rezavor mevadagi ingibitor moddalar ta‘sir etishining tugashi bilan bogʻliq oshadi. 
Olimlar tomonidan kartoshkani botanik urugʻlari koʻchat ekin sifatida turli tup 
qalinliklarida oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta‘siri oʻrganilgan.
Koʻchatlarni 70x30 sxemada har bir uyaga 1,2,3,4,5 ta oʻsimlik va 70x10 
hamda 70x6 sxemada oʻstirib samaradorligini oʻrganilgan. Ularning tajribalarida 
variantlar boʻyicha hosildorlik 196,4 dan 306,7 s/ga gacha oʻzgargan va eng yuqori 
koʻrsatkich 70x30 sm sxemada har bir uyada 2 ta (306,7 s/ga) va 70x30 sm da har 
bir uyada 3 ta (280,3 ga/s) oʻsimlik oʻtkazilganda 243-47 x Anoka duragay 
kombinasiyasidan olingan. Ushbu varianlarda har bir tupda shakllangan tuganaklar 
soni 18,6-22,2 donani tashkil etgan. 70x30 sm sxemada bir uyada 5 oʻsimlik 
oʻtqazilganda hosildorlik 251,6 ga/s va tuganaklar soni esa 28,1 dona, tuganaklar 
oʻrtacha vazni esa 16,8 g ni tashkil etgan. Koʻpayish koeffisenti 70x30 sm ekish 
sxemada uyada 3 ta oʻsimlik ekilgan tajriba variantida 14,2-14,3 donani tashkil 
etgan.
Maydon birligidan yuqori miqdorda urugʻlik tuganaklari olish uchun 
koʻchatlarni 70x30 sm sxemada ekishni va gektaridan olingan hosil bilan 16 
gektarni urugʻlik bilan ta‘minlash mumkinligini qayd etadilar. Bu usulda 
yetishtirilgan urugʻlik tuganaklarning oʻrtacha vazni 15-20 g ni tashkil etgan.
Ekish sxemasini toʻgʻri tanlangan holda 1 uyadagi koʻchatlar sonini 2-3 ta 
oshirish umumiy hosildan urugʻlik tuganaklar chiqimini oshiradi. O‘z 
tadqiqotlarida Lvovyanka x Zareva; Lvovanka x 800174; Movka x Dobro; Mavka 
x Zareva duragay kombinasiyalarini 70x30-1, 70x30-2, 70x30-3 sxemalarda 
ekilganda tajriba variantlari boʻyicha kombinasiyalarda har bir oʻsimlikda 
shakllangan tuganaklar chiqimi 17,4-23,2 donagacha oʻzgarishi mumkinligini 
aniqlaganlar.


114 
Ya‘ni, odatdagi 70x30 sxemada esa 440 ming donaoʻrnigatup qalinligi 
oshirish hisobiga gektaridan 760 ming dona tuganaklar (ekma) olingan.
Kartoshkani botanik urugʻidan yetishtirishning texnologik elementlarini 
oʻrganish borasida O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda keyingi yillardagi 
tadqiqotlarda urugʻni ekishga tayyorlash, ekish chuqurligi, tutuvchanligini oshirish 
maqsadida TUR preparatini turli dozalarda qoʻllash, koʻchatlarni turli oʻtkazish 
sxemalarida ekish, mineral va organik oʻgʻitilarning turli normasida oziqlantirish, 
sugʻorish rejimi va soni kabi texnologik elementlari oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar 
oʻtkazilgan.
Urugʻlarning parnikka ekishning optimal muddati mahalliy sharoitda fevral 
oyining ikkinchi yarmi boʻlib, har 1 m

maydonga 0,8-0,9 g urugʻ sarflanganda 
koʻchatlarning qora ildiz chirish va rizoktoniz bilan kasallanishi 26,3 % kamaygan 
va standart koʻchatlar chiqimi oshganligi kuzatilgan. Urugʻlarni ekish oldi 
oʻstiruvchi stimulyator va mikroelementlar arlashmasida 12 soat davomida ishlash, 
unib chiqish energiyasini 94,4-98,6 % gacha oshirishi, urugʻlarni ishlov berish 
muddatini oshirishi urugʻlarning unuvchanligini pasaytirishi aniqlangan. Bunday 
natijalarni mualliflar gibberilinni uzoq muddat ta‘siri esa ingibitor kabi ta‘sir 
qilishi bilan izohlashgan.
O‘simliklarga TUR preparatining turli dozalarda koʻchatlarning turli 
fazalarida qoʻllanilib ulurning tutuvchanligiga ta‘siri tekshirilganda, bu koʻrsatkich 
97,1-99,2 % gacha oshganligi, koʻchatlarni unib chiqqandan keyin 25-30 kuni 
ishlaganda esa, koʻchatlarni parnikda boʻyiga oʻsishi sekinlashishi standart 
koʻchatlar chiqimining oshganligi kuzatilgan.
Koʻchatlardan yuqori miqdorda urugʻlik tuganaklari olish uchun (70x10, 
70x20, 70x30 sm) tup qalinligida uchta duragay populyasiyalar hosildorligi 
oʻrganilgan.
O‘rganilgan duragay populyasiyalarda koʻchat oʻtkazish sxemasi 70x20 sm 
boʻlib, koʻchatlarni tutuvchanligi oziqlanish maydoniga bogʻliq emasligi qayd 
etilgan. Xalqaro kartoshka markazida koʻchatlarni har bir uyada 5 donadan 
ekilganda kamida 3 tasi tutuvchan boʻlishi aniqlangan. Ba‘zi olimlar bir uyaga 4 


115 
donadan urugʻ ekish koʻchat koʻkarib chiqqandan soʻng turli qalinlikda (yagona) 
siyraklashtirib mahsuldorligini kuzatilganda optimal qalinligi 1 m
2
uchun 96 ta 
oʻsimlik deb topilgan. Bunday tup qalinligida koʻchatlarni Sank-Peterburg 
sharoitida 70x25, 70x10 sm sxemalarda ekib taqqoslanganda 1m
2
maydondan 
tuganaklar chiqimi oʻrtacha 23 donani 70x25 sm sxemada 60 donani, 70x10 sm 
sxemada esa 129 dona, nazorat variantida esa 32 donani tashkil yetgan. 
Rossiyaning Tambov viloyatida urugʻlarni namiqtirib dalaga 70x15 va 70x25 sm 
sxemalarda ekilganda 1m

maydondan tuganaklar chiqimi muvofiq ravishda 169 
donadan 174 donagacha, shu sharoitda koʻchatlar 70x10 sm sxemada ekilganda 
tuganaklar chiqimi 163 donani, 70x25 sm sxemada esa 74 donani tashkil yetgan. 
Boshqa mualliflar tomonidan olingan tuganaklar yuqori sifatli urugʻlik materiali 
boʻlib, keyingi tuganak reproduksiyalarida yuqori hosil olishni ta‘minlanganligini
ta‘kidlashgan. 
Koʻchatlarni muqobil oziqlanish maydoni 70x10-15 sm boʻlib, gektaridan 
200-500 s/ga gacha hosil olingan. Yuqori miqdorda urugʻlik tuganaklar chiqimi 
ya‘ni, koʻchat oʻtkazish sxemasi 10x10 sm variantida koʻchatlar qalinligi 1 m
2
maydonda kuzatilgan kamida 100 dona tuganak olingan. Hosil miqdori esa, 1 m
2
da 4-5 kg tashkil etgan. Koʻchatlardan har biridan oʻrtacha 4-5 dona tuganak 
oʻsimliklarni 6-7 sm oraligʻida ekilganda olingan.
Keltirilgan ma‘lumotlarga qaramasdan, Markaziy Osiyo sharoitida, 
jumladan O‘zbekistonda kartoshka botanik urugʻidan oʻstirilganda koʻchatlar 
oʻtkazish sxemasi va tup qalinligining tovar hosil va urugʻlik tuganaklar chiqimiga, 
urugʻlik sifatiga ta‘siri yetarli darajada oʻrganilmagan.

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish